Bizning sharoitimizda sho`rlangan tuproqlarda kaltsiyningyetishmasligi kuzatiladi. U Ca2+ holida hujayraga o`tadi. Shuning uchun sho`rlangan tuproqlarga kalsiy berish tavsiya qilinadi.
Magniy. O`simlik to`qimalarida magniy kaliy, azot va kaltsiydan so`ng to`rtinchi o`rinni egallaydi. Uning o`simliklar hujayralaridagi miqdori 0,02-3,1% atrofida. Ayniqsa uning miqdori qisqa kun o` simliklarida-makkajo`xorida, javdarda, kartoshkada, lavlagida, tamaki va dukkakdoshlar oilasi vakillari hamda g`o`zada boshqa o`simliklarga nisbatan yuqoridir.
Magniy xlorofill tarkibiga kiruvchi asosiy elementdir. Boshqa hech qanaqa element magniyning o`rnini bosa olmaydi. Shuningdek u xlorofillning hosiladori bo`lgan protoporfirinning sintezi uchun zarurdir.
Muhitdagi magniyning yuqori miqdorlarida o`simliklar tarkibidagi organik va anorganik fosfor birikmalarining miqdori ortadi.
Bir qancha fiziologik faol moddalarning (efir yog`lari, vitamin A, C va kauchuk) hosil bo`lishida ishtirok etadi.
Magniy ionlari uning raqobatchilaridan bo`lgan Ca va Mn ionlaridan, marganetsning o`simliklarga zaharli ta`siridan saqlaydi.
O`simliklar Mg2+ ionlari yetishmasligiga ko`proq qumli tuproqlarda duchor bo`lishadi.
O`simliklarda Mg + ionlarining yetishmasligi uning miqdori 100 gr tuproqga nisbatan 2 mg dan kam bo`lgan hollardagina kuzatiladi. Shuningdek Mg2+ ionlarining o`simliklar tomonidan o`zlashtirilishiga tuproq muhiti pH ham katta ta`sir qiladi. Masalan tuproq muhit pH ko`rsatkichining nordon tomonga so`rilishi o`simliklarga Mg + ionlarining kam yutilishiga olib keladi.
O`simliklarga Mg2+ ionlari yetishmaganda barglar tomirlari o`rtasida och-yashil tusdagi dog` paydo bo`lib keyinchalik u sariq ranga o`tadi. Barg plastinkasining qirralari sariq, qizg`ish, qizil yoki qung`ir qizil tus oladi. Barglardagi xloroz holati Mg2+ ionlari yetishmasligining asosiy belgisidir. O`simliklarga magniy yetishmasligi avvalo qari barglarda, so`ngra esa yosh barglarda kuzatiladi. Shuningdek uzoq davom etgan kuchli yorug`lik miqdori ham Mg2+ ionlari yetishmasligi salbiy holatini kuchaytirishi mumkin.