Agrokimyo kirish



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə24/123
tarix27.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#199744
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   123
Agrokimyo kirish-fayllar.org

3.6. TUPROQ ERITMASI
  1. Tuproq eritmasining muhiti (pH) doimiy emas. Tuproqda sodir bo’ladigan biologik, kimyoviy, fizik-kimyoviy ja rayonlar natijasida kislota yoki asoslar hosil bo’ladi, natijada tuproq eritmasining muhiti o’zgaradi. Darslikning o’tgan boblarida ta’kidlab o’tilganidek, tuproqda muntazam ravishda karbonat kislota, nitrifikatsiya jarayoni natijasida nitrat kislota hosil bo’ladi. Agar hecli bir kuch ta’sir ko’rsatmasa, mazkur kislotalar barcha tuproqlarni nordonlashishiga olib kelishi lozim edi. Shuningdek, tuproqqa kiritilgan o’g’itlar ta’sirida ham tuproq muhitining keskin o’zgarishi kutiladi, chunki ayrim o’g’itlar fiziologik nordonlik xususiyatiga ega bo’lsa, (ammoniy xlorid, ammoniy sulfat), ayrimlari fiziologik ishqoriydir (kalsiyli va natriyli selitralar). Tuproq muhitining keskin o’zgarishi tabiiyki, o’simliklarning rivojlanishi va mikroorganizmlarning faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Lekin tuproqda shunday bir qarshilik ko’rsatish mavjudki, yuqorida aytib o’tilgan salbiy holatlarning to’la ta’sir etishiga imkon bermaydi. Tuproqlarni eritma muhitining nordonlashuvi yoki ishqoriylanishiga qarshilik ko’rsatish qobiliyatiga ularning buferligi deyiladi.


  2. Tuproqning singdirish sig’imi qancha katta bo’lsa, uning buferligi shuncha yuqori bo’ladi. Gumusga boy, granulonietrik tarkibi og’ir qumoq va loyli tuproqlarning buferlik darajasi yuqoridir.


  3. Singdirilgan asoslar tuproqlarning nordonlashishiga qarshi buffer vazifasini o’taydi.




  4. Tuproqqa yuqori me’yorda go’ng kiritish ularning singdirish sig’imi, asoslar bilan to’yinganlik darajasi va mos ravishda buferlik qobiliyatini ham oshiradi.


IV bob. KIMYOVIY MELIORATSIYALASH

USULLARI
4.1. SHO’RTOBLI VA SHO’RTOB TUPROQLARNI

GIPSLASH
  1. Sho’rtobli tuproqlarni kimyoviy melioratsiyalash maqsadida gips berilishini tuproqni gipslash deyiladi. Sho’rtobli tuproqlar singdirish kompleksida natriy kationining ko’p bo’lishi bilan xarakterlanadi. Singdirilgan natriyning miqdoriga qarab tuproqlar quyidagi gumhlarga ajratiladi (I.A. Antipov — Karatayev bo’yicha) singdirilgan natriy tuproq singdirish sig’imini 3—5% ni tashkil qilsa, bunday tuproqlar sho’rtobsiz, 5—10% ni tashkil qilsa - kuchsiz sho’rtobli, 10—20% ni tashkil qilsa — sho’rtobli va 20% dan yuqori bo’lsa - sho’rtoblar deb aytiladi.


  2. Sho’rtobli tuproqlarda .suvda eriydigan tuzlar miqdori uncha ko’p bo’lmaydi (tuproq og’irligining 0,25%). Sho’rtobli tuproqlarning fizik, fizik-kimyoviy va biologik xossalarining yomonlashuvi asosan singdirilgan natriy kationi miqdori bilan bog’liq. Shu sababdan sho’rtobli tuproqlarning unumdorligi ham pasaygan bo’ladi. Tuproq mineral va organik kalloid zarrachalari natriy bilan to’yinganda (suvda eriydigan tuzlar bo’lmaganda) yengil parchalanib (nitrizatsiya) yuqori qatlamlarga qarab yuviladi va qattiq sho’rtob gorizont (qatlam) liosil qiladi. Agarda sho’rtob gorizont 7 sm pastda joylashsa, maydayoki qatqaloqli sho’rtob tuproq, agarda 7—15 sm pastda joylashsa, o’rta ustunchali sho’rtob tuproq, 15 sm va undan pastroqda joylashsa ehuqur ustunchali sho’rtob deb yuritiladi.


  3. Nam holatda sho’rtobli tuproq juda bo’kadi (shishadi), suvni qiyin o’tkazadigan yopishqoq massaga, quruq holatda esa zich va qattiq mexanik ishlov berish mumkin bo’lmaydigan massaga aylanadi. Sho’rtob gorizont o’simlik ildizini pastga qarab o’sishiga yo’l qo’ymaydi. Singdirilgan natriy bilan kalsiy bikarbonat yoki ko’mir kislotasi o’rtasida almashinuv reaksiyasi ketsa sho’rtobli tuproq eritmasi tarkibida natriyning bikarbonat yoki karbonat tuzlari paydo bo’ladi. Bu tuzlar gidrolitik ishqoriy bo’lganligi uchun tuproq eritmasida yuqori (pH 9 va yuqori) ishqorlik paydo qiladilar.


  4. Ishqoriy reaksiya sharoitida o’simliklarda modda almashinuvi buziladi, tuproqda kalsiy va magniyning fosforli tuzlarining temir, marganes, bor birikmalarining eruvchanligi va harakatchanligi kamayadi. Sho’rtobli tuproqlarda qishloq xo’jalik ekinlarining hosili kam va sifati juda past bo’ladi. Ayniqsa yangi sug’oriladigan zonada sho’rtobli tuproqlar ko’proq uchrab turadi.


  5. Tuproqlarning singdirish kompleksidagi singdirilgan natriy yo’qotilsagina tuproq eritmasidan sodani yo’qotish mumkin. Buning uchun singdirish kompleksidan yutilgan natriyni gipsdagi kalsiy bilan almashtirilsa tuproq eritmasida hosil bo’lgan natriy sulfatni suv bilan yuvib chiqarib yuborsa bo’ladi:


(TSK)Na+ + Ca SO4 = TCK Ca+2 + Na2 SO4


Na2CO3Na+ + CaSO4 = CaCO3 + Na2SO4

  1. Eritmada kam miqdorda natriy sulfatning hosil bo’lishi o’simlikka zararli ta’sir ko’rsatmaydi. Amnio singdirish konipleksida 20% dan ortiqroq natriy ioni singdirilgan bo’lsa, eritmada hosil bo’layotgan natriy sulfat miqdori katta bo’ladi va uni sug’orish jarayonida yuvib yuborishni rejalashtirish kerak.


  2. Tuproqqa solingan gips uni ishqoriy reaksiyasini neytrallashtiradi. Tuproq singdirish kompleksidagi natriyning o’rniga kalsiyni singdirilishi tuproq kolloidlarini koagulatsiya qiladi. O’simlik qoldiqlari chirishi natijasida hosil bo’lgan chirindi kalsiy ishtirokida tuproq zarrachalarini birlashtirib kleylaydi, tuproqning fizik xossalari, uning suv o’tkazishi aeratsiyasi yaxshilanadi. Tuproqqa ishlov berish yengillashadi. Fizik xossalarning yaxshilanishi o’simliklar, mikroorganizmlar va tuproq hayvonot dunyosining yashashiga sharoit yaratiladi. Demak, gips qo’llash bilan sho’rtobli tuproqlarda ularning fizik, fizik-kimyoviy va biologik xossalari yaxshilanadi, tuproq unumdorligi oshadi. Sho’rtobli tuproqlarda qishloq xo’jalik ekinlari o’sishi va taraqqiy etishi uchun kerakli sharoit paydo bo’ladi.






Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin