Agrokimyo kirish


KALIYLI O’G’ITLARNI TUPROQ BILAN O’ZARO TA’SIRI



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə52/123
tarix27.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#199744
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   123
Agrokimyo kirish-fayllar.org

7.4. KALIYLI O’G’ITLARNI TUPROQ BILAN O’ZARO TA’SIRI
  1. Yengil tuproqlarda kaliyli o’g’itlarning nordonlashtiruvchi ta’siri ancha kuchli namoyon bo’ladi.


  2. Yengil tuproqlarda (qum va qumoq) o’rta va ayniqsa og’ir qumoq tuproqlarga nisbatan, odatda, kaliy kam fiksatsiyalanadi.


  3. Tuproqning qurishi va ayniqsa namligining qurishi (dala sharoitlarida tez uchraydigan holat), kaliyning fiksatsiyalanish jarayonini ancha kuchaytirishi mumkin, vaholangki, bu jarayon nam tuproqda sodir bo’ladi. Shuning uchun kaliyli o’g’itlarni yuqori qurib ketadigan qatlamga emas, balki haydaladigan qatlamning tubiga solish zarur.


  4. Kaliyli o’g’itlarning tuproqning yutilish kompleksi bilan ta’sirlanishi tuproq qatlami bo’ylab kaliyning migratsiyasi ancha sustligidan dalolat beradi, bu qoidadan qum va qumoq tuproqlar mustasno. Odatda, o’rta va og’ir mexanik tarkibli tuproqlarda o’g’it tarkibidagi kaliy— 40—60 sm qatlamdan pastki qismga ishqorlanmaydi, ya’ni amaliy jihatdan o’simlik ildizi joylashgan qatlamda va almashinuvli tuproq qatlamida qoladi hamda o’simlik tomonidan o’zlashtiriladi. Lizimetrik tajribalar ma’lumotlariga ko’ra noqoratuproq zonaning qumoq tuproqlardagi bir yilda K2O ning yuvilishi har gektar yerga 0,4—7 kg ni tashkil qilsa, qum tuproqlarda bu miqdor 12 kg gacha ko’payishi mumkin. Kaliyning ancha miqdorda yo’qolishi (bir yilda 1 gektar yerga nisbatan 40 kg gacha) qizil tuproqlarda kuzatiladi.


  5. Kaliyning migratsiyasi ni sustligini inobatga olib, kaliy o’g’itini tuproqning eng yuqori qatlamiga solish kerak enias, chunki ildiz tizirni namlikka intilib chuqurroq qatlamga qarab cho’zila boradi.


  6. Shunday ma’lumotlar; borki, tuproq pH ni kamaytirilishi tuproq tomonidan o’g’it tarkibidagi kaliyning fiksatsiyalanishini kamaytiradi, ohaklanganda esa oshiradi. Bunda agar tuproqning kalsiyga to’yinishi ohaklantirilganda 80% dan oshmasa, unda kaliyning ohaklantirish tufayli yuzaga chiqadigan harakati kuchayadi, agar 80% dan oshiq bo’lsa unda kamayadi.


  7. Uzoq vaqt surunkasiga kaliyli o’g’itlar solinganda va uning ijobiy muvozanati (ya’ni tuproqqa o’g’it tarzida solingan kaliyning miqdori hosil bilan tuproqdan chiqadigan miqdordan ko’p bo’lishi) da tuproqda kaliyning, harakatchan shakldagi, shuningdek uning almashinmovchi kislotada eruvchi shaklidagi miqdorlari oshadi. Bunda almashinuvchi kaliyning miqdorini suvda eruvchi kaliyga nisbatan oshishi ancha jadallashadi.


  8. Kaliyli o’g’itlarni uncha chuqurga solinmagani uchun ekin o’sib turgan vaqtda solish mumkin. Oziqlantirish uchun solinishi ekishgacha bir marta butun me’yorni solishdan kamroq bo’ladi.






Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin