chiqarish va shaxsiy iste'molga tayyorlangan holda yetkazib berishdir. Logistik tizim chegaralari ishlab chiqarish vositalarini aylanish sikli bilan belgilanadi. Oldin ishlab chiqarish vositalari xarid qilinadi. Ular moddiy oqim
ko‘rinishida logistik tizimga kelib tushadilar, omborga qo‘yiladilar, qayta ishlanadilar,
saqlanadilar, va keyinchalik, logistik tizimga kelib tushgan moliyaviy mablag‘lar evaziga, logistik tizimdan iste'molga chiqib ketadilar. 3. Ishlab chiqarish logistikasi 3.1. Ishlab chiqarish logistikasi tushunchasi Moddiy oqim, xom-ashyoning birinchi manbasidan oxirgi iste'molchigacha bo‘lgan yo‘lida qator ishlab chiqarish bo‘g‘inlaridan o‘tadi. Bu bosqichda moddiy oqimlarni boshqarish, o‘ziga xos xususiyatlariga ega, va ishlab chiqarish logistikasi deb
ataladi.
«Ishlab chiqarish» atamasining ma'nosini eslatib o‘tamiz. Ma'lumki jamiyat ishlab chiqarishi moddiy va nomoddiy qismlarga bo‘linadi (3.1-rasm). Ishlab chiqarish logistikasi, moddiy ishlab chiqarish sohasida yuz beradigan jarayonlarni ko‘rib chiqadi.
3.1- Rasm. Jamiyat ishlab chiqarishining tuzilmasi Ishlab chiqarish logistikasining maqsadi bu moddiy boyliklar yaratuvchi yoki saqlash, qadoqlash, joylash kabi moddiy xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalar ichidagi
moddiy oqimlarni optimizatsiyalashtirishdir. Ishlab chiqarish logistikasida o‘rganiladigan ob'ektlarning tavsifiy belgisi - bu ularning hududiy ixcham joylashishidir. Adabiyotlarda ularni «logistikaning orol ob'ektlari» deb ham atashadi. Ishlab chiqarish logistikasi doirasidagi logistik jarayon ishtirokchilarini ichki