Agrologistika


ishlab chiqarish munosabatlari bog‘lab turadi (tovar



Yüklə 280,22 Kb.
səhifə8/56
tarix16.12.2023
ölçüsü280,22 Kb.
#181719
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   56
Microsoft Word 13. Ma\'Ruzalar matni-fayllar.org

ishlab chiqarish munosabatlari bog‘lab turadi (tovar-pul munosabatlari bilan 
bog‘langan makrodarajadagi logistik jarayon ishtirokchilaridan farqli ravishda).
Ishlab chiqarish logistikasida ko‘riladigan logistik tizimlar, ichki ishlab chiqarish 
logistik tizimlari nomi bilan yuritiladi. Ularga: sanoat korxonalarini, ombor 
inshootlariga ega ulgurji savdo korxonalarini, xo‘jalik hamda fermer xo‘jaliklarini va 
boshqalarni kiritish mumkin.
Ichki ishlab chiqarish logistik tizimlarini mikro va makro darajalarda ko‘rib 
chiqish mumkin.
Makrodarajada ishlab chiqarish logistik tizimlari makrologistik tizimlarning 
unsurlari sifatida namoyon bo‘ladilar. Ular moddiy oqimlar manbalari bo‘lib, ushbu 
tizimlar ishining bir tekis borishini ta'minlaydilar. Makrologistik tizimlarni tashqi muhit 
o‘zgarishlariga moslashuvi, ularning ichidagi ichki ishlab chiqarish logistik tizimlari 
ishlab chiqaradigan mahsulotning assortimenti va miqdorini tez o‘zgartira olish
qobiliyatiga bog‘liq.
Mikrodarajadagi ichki ishlab chiqarish logistik tizimlari, bir-biri bilan o‘zaro 
munosabatda va aloqalarda bo‘lib, ma'lum birlikni, butunlikni vujudga keltirgan 
tizimchalar qatoridir. Bu tizimchalar: xaridlar, omborlar, zaxiralar, ishlab chiqarishga 
xizmat ko‘rsatish, transport, axborot, sotish va kadrlardir. Ular moddiy oqimni tizimga kirishi,
undan o‘tishi va chiqib ketishini ta'minlaydilar. Logistika konsepsiyasiga muvofiq ichki ishlab
chiqarish logistik tizimlarining yaratilishi, korxona ichidagi ta'minot, ishlab chiqarish va sotish
bo‘g‘inlarining rejalari va ishlarini doimiy ravishda o‘zaro kelishilishi va to‘g‘rilanib borishi



imkoniyatini ta'minlashi lozim.


3.2. Ishlab chiqarishni tashkil etishning an'anaviy va logistik konsepsiyalari 
Ishlab chiqarishni tashkil etishning logistik konsepsiyasi quyidagi asosiy holatlarni o‘z
ichiga oladi:
- ortiqcha zaxiralardan voz kechish;
- asosiy va transport-ombor operatsiyalarini bajarish uchun ortiqcha vaqtdan voz
kechish;
- iste'molchi buyurtmasi bo‘lmagan mahsulotlarni ishlab chiqarishdan voz kechish;
- uskunalar to‘xtab turishini yo‘q qilish;
- sifatsiz mahsulotlarni yo‘q qilish;
- xo‘jalik ichidagi noratsional tashishlarni yo‘q qilish;
- yetkazib beruvchilarni hamkorlarga aylantirish.
Logistikadan farqli o‘laroq ishlab chiqarishni tashkil etishning an'anaviy konsepsiyasi
quyidagilardan iborat:
-mahsulotni iloji boricha yirik partiyalarda ishlab chiqarish;
-«har extimolga qarshi» moddiy resurslarning maksimal katta zaxirasiga ega bo‘lish.
Konseptual hollarning mazmuni shundan dalolat beradiki, ishlab chiqarishni tashkil
etishning an'anaviy konsepsiyasi «sotuvchi bozori» sharoitlari uchun eng qulay bo‘lsa, logistik
konsepsiya «xaridor bozori» sharoitlari uchun eng qulaydir.
Talab taklifdan ko‘p bo‘lsa, hyech ikkilanmasdan aytish mumkinki, bozor
konyukturasini hisobga olib ishlab chiqarilgan mahsulot to‘liq sotiladi. Shuning uchun asosiy
ishlab chiqarish fondlari maksimal yuklash ustuvorlikga ega bo‘ladi. Shu bilan birga ishlab
chiqarilgan partiya qancha yirik bo‘lsa mahsulot birligining tannarxi shuncha kam bo‘ladi.
Mahsulotni sotish birinchi darajali muammo bo‘lmaydi.
Bozorga iste'molchi «diktaturasi» kelishi bilan vaziyat o‘zgaradi. Raqobat sharoitida
ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish vazifasi birinchi o‘ringa chiqadi. Bozor talabini muntazam
emasligi va oldindan bilib bo‘lmasligi sharoitida katta zaxiralar yaratish va saqlash maqsadga
muvofiq emasdir. Shu bilan birga, ishlab chiqaruvchi bitta buyurtmani ham qo‘yib
yubormaydi. Bundan, paydo bo‘lgan talabga tez javob qaytara oladigan, egiluvchan ishlab
chiqarish quvvatlariga ehtiyoj paydo bo‘ladi.

Yüklə 280,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin