Agrologistika


Xarid logistikasida «ishlab chiqarish yoki xarid qilish» masalasi



Yüklə 280,22 Kb.
səhifə16/56
tarix16.12.2023
ölçüsü280,22 Kb.
#181719
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   56
Microsoft Word 13. Ma\'Ruzalar matni-fayllar.org

4.3. Xarid logistikasida «ishlab chiqarish yoki xarid qilish» masalasi 
Xarid logistikasida «ishlab chiqarish yoki xarid qilish» kabi masalaga ikki xil alternativ
(muqobil) variantdan birini tanlash kiradi:
-
bevosita ishlab chiqaruvchidan tovar resurslarini sotib olib, mustaqil ravishda
assortimentni shakllantirish;
-
yirik partiyalarni maydalashtirish, keng assortimentni shakllantirish va
iste'molchilarga butun holda yetkazish bilan shug‘ullanadigan vositachilardan tovar
resurslarini sotib oli
4.2- 
Rasm. Ta'minot funksiyasini amalga oshirish bilan bog‘liq ishlar va 
masalalar 
Bevosita ishlab chiqaruvchidan ko‘ra vositachidan sotib olish qulay bo‘lgan hollarning
sabablarini ko‘rib chiqamiz.
1. Tovar resurslarini vositachidan xarid qilib, korxona, odatda, keng assortimentni
kichik partiyalar bilan olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Natijada, zaxiralarga, omborlarga
bo‘lgan ehtiyoj kamayadi, assortimentni ayrim turlarini ishlab chiqaruvchilar bilan ishlar hajmi
ham kamayadi.?
2. Mahsulotning vositachidagi narxi, ishlab chiqaruvchinikidan past bo‘lishi
mumkin. Faraz qilaylik, ishlab chiqaruvchi quyidagi narxlarda o‘z mahsulotini sotadi:
A) kichik hajmdagi xaridorlar uchun - 10 so‘m (bir birlik mahsulotga)
B) yirik hajmdagi xaridorlar uchun - 8 so‘m (bir birlik mahsulotga)
Vositachi, yirik partiyani 8 so‘mdan sotib oladi, va uni mayda xaridorlarga, ustiga
12% qo‘shib, 8so‘m 96 tiyindan sotadi. Vositachi bu ishni amalga oshirishi mumkin,
chunki u aynan yirik partiyalarni maydalashtirish bilan shug‘ullanadi. Ishlab chiqaruvchiga
esa bu ish qimmatga tushadi, va u 10 so‘mdan sotishga majbur.
3. Mahsulot ishlab chiqaruvchi, vositachidan ko‘ra uzoqroqda joylashgan bo‘lishi
mumkin. Bu degani transport xarajatlari ham qo‘shilib, narx orasidagi farq yanada oshib
ketadi.

Yüklə 280,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin