4.1-
jadval
yet kazib beruvchining reytingini hisoblash
yetkazib beruvchini
tanlashning mezoni
Mezonning
ahamiyatlilik
darajasi
Berilgan yetkazib
beruvchida mezonni
baholash (10 ballik
shkala bo‘yicha)
Mezon bahosini
uning axamiyatlilik
darajasiga
ko‘paytmasi
1. yetkazib berishning
ishonchliligi
0,30
7
2,1
2. Narx
0,25
6
1,5
3. Mahsulot sifati
0,15
8
1,2
4. To‘lov shartlari
0,15
4
0,6
5. Rejadan tashqari
yetkazishlar imkoni
0,10
7
0,7
6. yetkazib beruvchining
moliyaviy ahvoli
0,05
4
0,2
Jami:
1,00
6,3
Bu ma'lumotlar yetkazib beruvchining moliyaviy ahvoli to‘g‘risida quyidagi
axborotlarni berishlari mumkin:
-
yetkazib beruvchi likvidligining qarz majburiyatlariga nisbati to‘g‘risida;
-
sotuvlar hajmini debitor qarzlarga nisbati to‘g‘risida;
-
sof foydaning sotuvlar hajmiga nisbati to‘g‘risida;
-
naqd pul harakati to‘g‘risida;
-
zaxiralar aylanmasi va boshqalar to‘g‘risida;
O‘zbekistondagi korxonalar, hozirgi kunda, yetkazib beruvchi tanlashda asosan o‘z
axborotlaridan foydalanadilar. Ko‘p yetkazib beruvchilar bilan ish olib boradigan
korxonada yaxshi ma'lum bo‘lgan, obro‘ qozongan yetkazib beruvchilar ro‘yxati mavjud.
Bunday yetkazib beruvchilar bilan tuziladigan shartnomalar tezda imzolanib ishlay
boshlaydi. Agarda notanish yetkazib beruvchi bilan shartnoma tuziladigan bo‘lsa, u holda
shartnoma tasdiqlanishi va to‘lov amalga oshirilishi, moliyaviy xavfsizlikni ta'minlovchi
chora-tadbirlar bilan, mukammallashadi. +ishloq xo‘jaligiga to‘xtaladigan bo‘lsak hozirgi
kunda bu ish umuman yo‘lga qo‘yilmagan, va barcha xo‘jaliklar mavjud yetkazib
beruvchidan (u odatda bitta) foydalanadilar xolos.
yetkazib beruvchi tanlash bo‘yicha misol keltiraylik.
Tasavvur qilamiz, bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi, ikkita xo‘jalik xo‘jaligi
mavjud (A va V). Ularning mahsulotlarini sifati ham bir xilda. Har ikkala xo‘jalik ham
yaxshi tanish va ishonchli. A xo‘jalikning kamchiligi shuki u iste'molchidan Vga nisbatan
200km yiroqroqda joylashgan (A xo‘jalikgacha 500km, V xo‘jalikgacha 300km). Ammo,
A xo‘jalik o‘z mahsulotini avtomobillar yordamida ortish-tushirish mumkin bo‘lgan
qadoqlarda jo‘natadi. V xo‘jalikning mahsulotini esa qo‘lda tushirish lozim. 500 km-ga
yukni tashish uchun har kilometriga 50 so‘m sarflanadi. 300 km-ga yukni tashish esa
qimmatroq bo‘lib har kilometriga 70 so‘mga teng.
A xo‘jalikning mahsulotini tushirish vaqti - 30 daqiqa, V xo‘jalikning mahsulotini
tushirish vaqti - 10 soat. Har bir ishchining tushirish uchun stavkasi soatiga 600 so‘mni
tashkil etadi.
Agarda faqat tashish xarajatlarini e'tiborga oladigan bo‘lsak V xo‘jalikni tanlash
lozim. Ammo ortish-tushirish ishlarini ham hisoblab A xo‘jalikni tanlash ma'qul ekanligini
ko‘ramiz. (4.2-jadval)
|