Agrologistika


partiyada sifatsiz mahsulot bo‘lishi mumkin emas



Yüklə 280,22 Kb.
səhifə20/56
tarix16.12.2023
ölçüsü280,22 Kb.
#181719
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   56
Microsoft Word 13. Ma\'Ruzalar matni-fayllar.org


partiyada sifatsiz mahsulot bo‘lishi mumkin emas.
yetkazib beruvchi va xaridor orasidagi, «aniq muddatga» tizimini qo‘llash imkonini
beruvchi munosabatlar uzoq muddatli xo‘jalik aloqalari va shartnomalar asosida barpo
etiladi. Shundagina barcha masalalar bo‘yicha ikkala tomonni ham qoniqtiradigan
yechimlarni topish mumkin.
«Aniq muddatga» tizimi yetkazib beruvchilarni, oddiy ta'minot sharoitidagiga
nisbatan, kamroq zaxira bilan ishlashini ko‘zda tutadi. Demak, logistik jarayonning barcha
ishtirokchilariga qo‘yilgan talab yanada kuchayadi, shu jumladan transportchilarga ham.
Shuning uchun ham oddiy sharoitda tashuvchi tanlayotganda asosiy e'tibor tashish narxiga
qaratilsa, «aniq muddatga» tizimida tashuvchini belgilangan muddatga yetkazib bera olish
kafolatiga e'tibor beriladi.
«Aniq muddatga» tizimini qo‘llash ishlab chiqarish va tovar zaxiralarini keskin



kamaytirishga imkon yaratib, ombor quvvatlari va xodimlariga bo‘lgan talabni kamaytiradi.


Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotishda bu tizim quyidagi sxemalarning biri bo‘yicha
amalga oshadi:
❖ Chakana savdo korxonasi ombori - do‘kon
❖ Ulgurji savdo korxonasi ombori - do‘kon

Xo ‘j alik xo ‘j aligi - do‘kon
«Aniq muddatga» tizimini qo‘llash juda ham mashaqqatli ishdir. Uni qo‘llashdan
oldin, «aniq muddatga» tizimi uslubi bo‘yicha ishlash eng katta samara berishi mumkin
bo‘lgan ahamiyatli pozitsiyalarni aniqlash maqsadida, yetkazib berilayotgan tovar yoki
ishlab chiqarish resurslari assortimentini differensiatsiyalash kerak. Differensiatsiya quroli
sifatida turli tahlil usullarini qo‘llash mumkin.
«Aniq muddatga» tizimini qo‘llashdan olinadigan asosiy samarani quyidagicha
ifodalasak bo‘ladi:
- yetkazib berishlarning texnologik zanjiridagi bir qator operatsiyalar chiqarib
tashlanadi;
- joriy zaxiralar kamayadi, chunki mehnat buyumlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri sexga yoki
do‘konga borib tushadi;
- yaxshi ma'lum bo‘lgan yetkazib beruvchilar va tashuvchilar bilan uzoq muddatli
munosabatlar o‘rnatilishi hisobiga yetkazib berishlarning ishonchliligi oshadi, bu esa
sug‘urta xarajatlari kamayishiga olib keladi;
- yaqin masofada joylashgan yoki omborlari mavjud yetkazib beruvchilar bilan
ishlash natijasida yo‘l xarajatlari ham kamayadi;
- mahsuloti sertifikatlangan yetkazib beruvchilar bilan ishlash natijasida,
mahsulot sifati ham oshadi;
- «aniq muddatga» tizimini qo‘llashdan ikki tomonlama manfaat ko‘zlanadi, bu
esa yetkazishlar ishonchliligining oshishiga olib keladi.
«Aniq muddatga» tizimini qo‘llash oldida turgan ayrim muammolarga ham
to‘xtalib o‘tish lozim.

Yüklə 280,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin