5. Taqsimot logistikasi 5.1. Taqsimot logistikasi tushunchasi «Taqsimot» so‘zi juda keng qo‘llaniladi, uning lug‘aviy ma'nosi - biror-bir narsani
kimlargadir (nimalargadir) bo‘lib berish, unda har biriga o‘ziga tegishli qismi taqdim
etilishi tushuniladi.
Iqtisodiyotdagi taqsimot - bu ishlab chiqarish jarayonining bir bosqichidir, oldin
moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish, keyin esa taqsimlash, ya'ni yaratilgan mahsulotdagi
har bir ishlab chiqaruvchining ulushini aniqlash, lozim. Bunda ushbu ishlab chiqarilgan
mahsulotga bo‘lgan egalik xuquqi taqsimlanadi. Mahsulotlarning o‘zi esa, masalan
ombordagi sabzavotlar, ishlab chiqarish jarayoni ishtirokchilari orasida taqsimlanmaydi.
Logistikada taqsimot deganda ushbu jarayonning buyumlashgan, seziladigan bir
ma'nosi tushuniladi. Egalik xuquqlari taqsimoti bilan bog‘liq qonuniyatlar ham e'tiborga
olinadi, ammo ular tekshirish va optimallashtirishning asosiy predmeti hisoblanmaydi.
Taqsimot logistikasida o‘rganiladigan asosiy predmet - mavjud materiallar zaxirasining
jismoniy taqsimot jarayonini ratsionallashuvidir. Mahsulotni qanday qadoqlash lozim,
qaysi yo‘nalish bo‘yicha jo‘natish kerak, omborlar tarmog‘i kerakmi (kerak bo‘lsa,
qanday?), qanday vositachilar kerak - aynan shu masalalarni taqsimot logistikasi yechishi
lozim bo‘ladi.
Logistika moddiy oqimlarning to‘liq boshqaruvini o‘rganadi va amalga oshiradi,
shuning uchun ham barcha bosqichlarda taqsimot masalalarini yechish, ya'ni nimanidir
kimlargadir bo‘lib berish zarur bo‘ladi:
❖ tovarlar xarid qilinganda yetkazib beruvchilar orasida buyurtmalar
taqsimlanadi;
❖
yuklar korxonaga kelib tushgandan so‘ng, ular saqlash joylari bo‘yicha
taqsimlanadi;
❖
ishlab chiqarishning har xil bo‘limlari o‘rtasida moddiy zaxiralar taqsimlanadi;
❖ savdo jarayonida moddiy oqimlar taqsimlanadi va hokazo.
Taqsimot logistikasi chegaralarini belgilab olish uchun, kapital ishlab chiqarish
jarayonining chizmasini ko‘rib chiqamiz (7.1-rasm), ma'lumki u uchta bosqichdan iborat.
Ishlab chiqarish vositalarini xarid qilish bosqichidagi moddiy oqimlar xarid
logistikasining o‘rganish va boshqarish ob'ekti bo‘lsalar, ishlab chiqarish bosqichidagi
moddiy oqimlar- ishlab chiqarish logistikasi ob'ekti hisoblanadi. Tayyor mahsulotlarning
taqsimoti va realizatsiyasi bosqichidagi moddiy oqimlar esa - taqsimot logistikasining
ob'ekti bo‘ladilar.