KAPITAL QO`YILMALAR VA KAPITAL BOZORI Reja: 1.Kapital va uning turlari 2.Kapital bozori va uning tuzlishi 3.Investitsiyalar va ularni hisoblashda diskontlangan qiymat Asosiy kapitaldan uzoq muddatda foydalaniladi va u qayta takror ishlab chiqaradi, ya′ni u ishlatilishi davomida o`z qiymatini ma`lum qismini mahsulot qiymatiga o`tkazadi. Asosiy kapitaldan uzoq muddatda foydalaniladi va u qayta takror ishlab chiqaradi, ya′ni u ishlatilishi davomida o`z qiymatini ma`lum qismini mahsulot qiymatiga o`tkazadi. Kapitaldan foydalanish davomida u ham ma`naviy, ham jismoniy eskiradi. Jismoniy eskirish - bu kapitalning vaqt o`tishi bilan ishga yaroqsiz bo`lishi bo`lsa, ma`naviy eskirish uning unumdorligining kamayishi, ya′ni yangi ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalarga qaraganda unumdorligining pastligi, yoki umuman barcha ko`rsatkichlari bo`yicha (mahsulot sifati, foydalanishga qulayligi) yangi uskunadan orqada qolganligidir.
Kapital - bu uzoq muddatli oraliqda ishlatiladigan ishlab chiqarish resursi bo`lib, uning yordamida uzoq vaqt davomida mahsulot ishlab chiqariladi.So'zning keng ma'nosida kapital - bu ko'p miqdorda iqtisodiy foyda keltirish maqsadida yaratilgan har qanday resurs.
Kapitalning ikkita asosiy shakli mavjud:
Asosiy kapital (uzoq muddatda foydalaniladigan uskuna, texnologik liniya, bino, qurilma) Aylanma kapital (har bir ishlab chiqarish siklida o`z qiymatini tayyor mahsulot qiymatiga o`tkazadigan ishlab chiqarish resurslari, xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va h.k.)
Kapital bozori
Kapital bozori
kapitalga bo’lgan talab
Talab va taklifning o'zaro ta'siri natijasida investitsiya kapitalining narxi foiz shaklida shakllanadigan bozor.
Ssuda kapitali — vaqtincha foydalanib qaytarish, maʼlum foiz haq toʻlash sharti bilan qarzga beriladigan pul kapitali. Ssuda kapitalining iqtisodiy maʼnodagi oʻziga xos xususiyati shundaki, u foiz koʻrinishida foyda keltiradi Kapitlga bo’lgan talab
Kapital bozorida biznes kapitalni talab qiladi. Kapitalga bo'lgan talab - bu tadbirkorlar tomonidan investitsiya faoliyati uchun foydalanadigan qarz mablag'lariga (ssuda kapitaliga) talab.