1.Bozor va uning tuzilishi. Hozirgi davrdagi bozor murakkab tuzilishga egadir. Bozorning ichki tuzilishi murakkab bo’lganligi sababli uni turkumlashga har xil mezonlar asos qilib olinadi. Bular bozorning etuklik darajasi, sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi, bozor sub’ektlari xususiyatlari, bozor miqyosi, iqtisodiy aloqalar tavsifi va boshqalar. Bozorning etuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor, klassik (erkin) bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlarga bo’linadi. Rivojlanmagan, shakllanayotgan bozor ko’’roq, tasodifiy tavsifga ega bo’lib, unda tovarni tovarga ayirboshlash usuli (barter) ko’’roq qo’llaniladi. Bozorning bu turi tarixan hali haqiqiy ‘ul kelib chiqmagan davrga to’g’ri keladi. Lekin hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlarda ‘ul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yo’qotgan, bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan davrlarda ham bu bozor amal qilishi mumkin. Erkin (klassik) bozor-tovar va xizmatlarning har bir turi bo’yicha juda ko’’ ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, ya’ni sotuvchilar va sotib oluvchilardan iborat bo’lib, ‘ul orqali ayirboshlash jarayonida ular o’rtasida erkin raqobat kelib chiqadi, narxlar talab va taklif o’rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanadi, raqobatning turli usullari qo’llaniladi, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalanadi. Hozirgi zamon rivojlangan bozori — bunda davlat ham bozor ishtirokchisi bo’lib, bozor ancha tartiblashtiriladi va boshqariladi, turli xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar rivojlangan bo’ladi, raqobat kurashlari aholining tabaqalashuvi yumshatilib, ularning daromadlari darajasi o’rtasidagi farqlar kamayadi.
Bozor hududiy jihatdan ham turlicha bo’lishi mumkin. Bular mahalliy bozorlar (Toshkent bozori, Samarqand bozori, Urgut bozori, London bozori, Nyu-York bozori, ‘ekin bozori va boshqalar); milliy bozorlar (O’zbekiston bozori, Rossiya bozori, Ukraina bozori, Angliya bozori, Amerika bozori, Xitoy bozori va boshqalar); hududiy bozorlar (Markaziy Osiyo yoki Osiyo bozori, G’arbiy Evro’a bozori) va nihoyat jahon bozori.
Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko’ra bozorlar quyidagi turlarga bo’linadi: iste’mol tovarlari va xizmatlari bozori, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi (resurslar) bozori, valyuta bozori va fond birjalari, ilmiy texnika kashfiyoti va ishlanmalar bozori.
Muomalaga chiqadigan sub’ektlarning xususiyatiga ko’ra ulgurji va chakana savdo to’g’risida ga’ yuritiladi. Chakana savdoda asosan sotib oluvchilar fuqarolar hisoblanadi. Turli shakldagi korxonalar, firmalar, xususiy do’konlar va boshqalar esa sotuvchi hisoblanadi. Ulgurji savdoda davlat tomonidan qishloq xo’jalik mahsulotlarini xarid qilish alohida o’rin tutadi. Bunda asosiy xaridor davlat, sotuvchilar esa dehqon va fermerlar xo’jaliklaridir.
Iqtisodiy resurslar bozorining tarkibiy qismini ishchi kuchi bozori tashkil qiladi. Ishchi kuchi bozorida – o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan iqtisodiy resursning oldi-sotdi bitimi amalga oshiriladi. Bu bozorda biznes tomonidan ishchi kuchiga bo’lgan talab, uy xo’jaliklari tomonidan bildirilgan ishchi kuchi taklifi bilan to’qnash keladi. Shunday ekan, ishchi kuchi bozorida iqtisodiy sub’ektlarning ikki turi – tadbirkorlar va yollanma ishchilar harakat qiladi. Ishchi kuchi insonning mehnat qilish qobiliyati sifatida tovarga aylanadi, bu qobiliyat bozor orqali uning egasidan ajratib olinishini bildirmaydi. Ishchi kuchi bozorida insonning o’zi emas, uning mehnat qilish qobiliyati ma’lum muddatga sotiladi.
Ishchi kuchi bozorining aniq namoyon bo’lish shakllaridan eng muhimi — mehnat birjasidir. Mehnat birjasi — ishchilar va tadbirkorlar o’rtasidagi ishchi kuchini oldi-sotdi bitimini tuzishda vositachilikni amalga oshiruvchi va ishsizlarni ro’yxatga oluvchi muassasa.
Moliya bozori. Bu bozor turli-tuman va ko’’ jihatli bo’lsa ham, oldi-sotdi ob’ekti bitta, ya’ni ‘ul (‘ulga tenglashtirilgan qog’ozlar) hisoblanadi va turli xil shakllarda bo’ladi. Ortiqcha mablag’larga ega bo’lgan xo’jalik sub’ektlari, bu moliyaviy resurslarni, mablag’lar kamyobligini sezgan sub’ektlarga taklif qiladi.
Moliyaviy bitimlarning harakatiga qarab, moliya bozorini turkumlash mumkin. Bunda moliyaviy bozor ikkiga ajraladi: qarz majburiyatlari (iste’molni qondiradigan ‘ul) va ka’ital (mulk) bozori. Qarz majburiyatlari bozorida ‘ul vaqtincha qarz hisoblanadi va olingan ‘ul shaxsiy iste’mol uchun ishlatiladi. Mulk bozorida qo’yilgan ‘uldan daromad olish huquqi sotiladi va sotib olinadi. Bu bozorda mablag’lar ka’ital sifatida ishga solinib, foyda keltiradi. Shuni hisobga olib ka’ital bozorini ikkita bo’g’inga ajratish mumkin: ssuda ka’itali bozori va qimmatli qog’ozlar bozori. Ssuda ka’itali bozori — ‘ul shaklidagi ka’italning foiz to’lash sharti bilan qarzga berilishidir. Bu bozorda qisqa muddatli majburiyatlar muomalada bo’ladi. Bular asosan davlat va banklarning majburiyatlari hisoblanadi.
Qimmatli qog’ozlar bozorida akstiya, obligastiya, veksel, chek, de’ozit kabilar oldi-sotdi qilinadi. Bular davlat tomonidan chiqarilgan uzoq muddatli majburiyatlar hamda kor’orastiyalarning akstiya va obligastiyalaridan iboratdir. Bu bozorda broker va dilerlar vositachilik qiladi. Mazkur bozor amalda fond birjalari, aukstionlar va banklardan iborat bo’ladi