3.Xususiy talab Talab (tovarlar va xizmatlarga talab) — xaridor, isteʼmolchining bozorda muayyan tovarlarni, neʼmatlarni sotib olish istagi; bozorga chiqqan va pul imkoniyatlari bilan taʼminlangan ehtiyojlari. Ehtiyoj pul va narx vositasida talabga aylanadi. Rasman olganda talab isteʼmol kattaligi mik,doridir. Tovarlar dunyosidagi xilmaxillikka moye ravishda talab hosil boʻladi. Mac, oziqovqat tovarlari, sanoat mollari, maishiy va ijtimoiy xizmatlarga boʻlgan talablar tovarlarga talab tuzilmasini tashkil etadi. Mazmuni va harakati jihatidanhaqiqiy, oʻsayotgan, barqaror qondirilgan, qondirilishi kechiktirilgan, qondiri lma gan, meʼyordagi va boshqa talablarga boʻlinadi. Har bir isteʼmolchining , yaʼni alohida shaxe, oila, korxona, firmaning biror tovar toʻplamiga yoki tovarlarga bildirilgan talablari yakka talab deyiladi. Muayyan tovarga yoki tovarlar toʻplamiga barcha xaridorlar bildirgan talab yigʻindisi bozor talab i , barcha bozorlarda barcha tovarlarga jamiyat miqiyosida bildirilgan ijtimoiy talab yalpi talab deyiladi. Talab miqdorining oʻzgarishiga bir kancha omillar taʼsir qiladi. Ularning orasida eng muximi narx omilidir. Tovar narxining pasayishi sotib olinadigan tovar miqdorining oʻsishi va aksincha, narxning oʻsishi xarid miqdorining kamayishiga olib keladi.
Talablar turlicha bo’lib, odatda bir xil tovar yoki xizmatlarga bo’lgan talabning ikki turi farq qilinadi: yakka talab va bozor talabi. Har bir iste’molchining, ya’ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu turiga bo’lgan talabi yakka talab deyiladi. Bir qancha (ko’’chilik) iste’molchilarning shu turdagi tovar yoki xizmatga bo’lgan talablari yig’indisi bozor talabi deyiladi.
Hozirda iqtisodiy adabiyotlarda talabning turli ko’rinishlari ajratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, ishlab chiqarish omillariga talab (ishlab chiqarish talabi) va iste’mol buyumlariga talab (aholi talabi) farqlanadi.
Shuningdek, haqiqiy (tovar va xizmatlarga haqiqatda namoyon bo’luvchi), qondirilgan (haqiqiy talabning bozorda tovar va xizmat sotib olish orqali qondirilgan qismi) va qondirilmagan (haqiqiy talabning bozorda zarur tovarlarning yo’qligi yoki ular assortimenti va sifatining xaridor talabiga javob bermasligi sababli qondirilmagan qismi) talablar farqlanadi. Qondirilmagan talab turli shakllarda namoyon bo’lishi mumkin: yashirin, joriy, harakatchan, to’’langan talab.Tovarga bo’lgan talab ko’’lab omillar, masalan, reklamadan foydalanish, moda va didlar, afzal ko’rish, atrof-muhit, tovarlarni qo’lga kiritish imkoniyati, daromad miqdori, naflilik, o’zaro o’rinbosar tovarlar narxi, aholi soni, kelgusidagi narxlarning o’zgarishi va boshqalarning ta’sirida o’zgarishi mumkin. Shunga ko’ra, ekzogen va endogen talab farqlanadi. Ekzogen talab – bu davlat yoki erkin bozor tizimidan tashqaridagi qandaydir kuchning aralashuvi natijasida o’zgargan talab. Endogen yoki ichki talab – bu jamiyatda mavjud bo’lgan omillar ta’sirida jamiyat ichida tarkib to’gan talab.