Agrologistika



Yüklə 280,22 Kb.
səhifə22/56
tarix16.12.2023
ölçüsü280,22 Kb.
#181719
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56
Microsoft Word 13. Ma\'Ruzalar matni-fayllar.org

4.6. Tez amal qilish uslubi 
Tez amal qilish uslubi «aniq muddatga» tizimining rivojlanishi natijasida paydo
bo‘lgan. Bu uslub - chakana savdo korxonalariga va taqsimot markazlariga mahsulot
yetkazib berishlarni rejalashtirish va tartibga solish uslublarini o‘z ichiga oladi. Uning
asosida esa, savdo korxonasi, uning yetkazib beruvchisi va transport o‘rtasidagi logistik
o‘zaro aloqa yotadi. Uslub mazmuni uning nomida aks ettirilgan: bozorda paydo bo‘lgan
talabga qarab logistik tizimning tez amal qilishi (4.5-rasm).
4.5- 
Rasm. Bozor talabiga qarab amal qiluvchi logistik tizim 
Agarda yetkazib beruvchi ishlab chiqarish korxonasi bo‘lsa, u operativ tarzda o‘z
ishlab chiqarishini, yangi mahsulot chiqarish maqsadida, qaytadan tashkil etishi lozim.
yetkazib beruvchi bozordagi real talab xaqidagi axborotni tezda olish imkoniyatiga ega
bo‘lishi kerak.
Ishlab chiqaruvchi korxonadan savdo korxonasiga biror-bir mahsulot, o‘sha
mahsulotga real ehtiyoj paydo bo‘lishi extimoli yuqori bo‘lgandagina yetkazib beriladi.
Buyurtmani topshirish va mahsulotni yetkazish hyech qanday tutilishsiz amalga oshishi
kerak. Masalan, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonani oladigan
bo‘lsak, u o‘z ishlab chiqarishini tezda bir mahsulotdan ikkinchi mahsulotga o‘tkaza olsa
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Tez amal qilish uslubi uchta texnologiya va biznesning yangi konsepsiyasini
qo‘llashga asoslangan:
Birinchi texnologiya: mahsulot shtrix kodlarini avtomatik ravishda aniqlash.
Xozirgi vaqtda nima sotilayotgani to‘g‘risida aniq ma'lumotni tez yig‘ishga imkon beradi.
Ikkinchi texnologiya: ma'lumotlarning elektron almashinuvi. Bu nafaqat internet,
balki korxonalarga hujjatlangan ma'lumotlar bilan operativ almashish imkonini beruvchi
boshqa standartlar majmuasi hamdir.
Uchinchi texnologiya: yuk birliklarini (masalan, tashish konteynerlarini) avtomatik
aniqlanishi.
Biznesning yangi konsepsiyasi, bu tovar harakatida ishtirok etuvchi tashkilotlar



orasidagi hamkorlik tuyg‘usidir. Ishtirokchilarning o‘zaro kelishuvi nihoyatda katta rol


o‘ynaydi. Masalan, 80chi yillarning oxirida A+Shda 90%tovarlarda shtrix kod mavjud edi.
Ammo tez amal qilish texnologiyasi bilan atigi bir necha yuzta hamkorlar o‘zaro
bog‘langan edilar xolos. Joriy etishning sekinligiga texnologiya yangiligi emas, balki
ishtirokchilar (chakana savdogarlar, distribyutorlar, ishlab chiqaruvchilar) orasidagi bir-
biriga bo‘lgan ishonchsizlik tuyg‘usi sabab. Tarixan shunday bo‘lganki har bir tashkilot
ko‘proq foyda olishni, va bu ishni boshqa tashkilot foydasi hisobiga amalga oshirishni
ko‘zlaydi. Ushbu raqiblik munosabatlarini yengish, texnik-texnologik masalalarni
yechishdan ham murakkabroqdir.

Yüklə 280,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin