Bu xarajatlarni, buyurtmalar miqdorini kamaytirgan xolda, pasaytirish mumkin. Bu esa
buyuriladigan partiya hajmini oshishiga, va zaxira ko‘payishiga olib keladi.
yetkazishlarning belgilangan grafigini buzilish ehtimoli (kiruvchi moddiy oqim
intensivligini bashorat qilib bo‘lmaydigan pasayishi).
Bunday holda, savdo jarayoni to‘xtab
qolmasligi uchun, zaxiralar zarur bo‘ladi. Bu ayniqsa korxona daromadini shakllantirishda
asosiy rol o‘ynaydigan tovarlar uchun muhimdir.
Ishlab chiqarishda esa, jarayonlarning rejalashtirilmagan to‘xtab qolishi, ishlab
chiqarishning uzluksiz sikliga ega bo‘lgan korxonalar uchun ayniqsa xavflidir.
Mahsulot birligini ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish.
Mahsulotlarni talab paydo bo‘lgan sari kichik partiyalar bilan ishlab chiqarish mumkin. Unda
zaxiralar kichik bo‘ladi, ammo bir birlik mahsulot tannarxi oshadi. Ikkinchi variant - bitta katta
partiya ishlab chiqarish va tayyor mahsulotni zaxirada saqlab turish. Bunday holda, zaxira
oshgan taqdirda ham, bir birlik mahsulot tannarxi pasayishi mumkin.
Ishlab chiqarish va taqsimot operatsiyalarini bir tekisda amalga oshirish imkoniyati.
Faoliyatning bu ikkita turi o‘zaro bog‘langan bo‘ladi: ishlab chiqarilgan narsagina
taqsimlanishi mumkin. Zaxiralar yo‘qligida, taqsimot tizimidagi moddiy oqimlar intensivligi
ishlab chiqarish intensivligini o‘zgarishlariga muvofiq ravishda o‘zgarib turadi. Taqsimot
tizimida
zaxiralarning mavjudligi, ishlab chiqarishdagi vaziyatdan qat'iy nazar, realizatsiya
jarayonini yanada tekisroq amalga oshirishga imkon beradi.
O‘z navbatida, ishlab chiqarish zaxiralarining mavjudligi, xom-ashyo yetkazishdagi
o‘zgarib turishlarni tekislab, ishlab chiqarish jarayonining bir tekisligini ta'minlaydi.
Xaridorga tezda xizmat ko ‘rsatish imkoniyati. Xaridor
buyurtmasini quyidagi
usullarning biri bilan bajarish mumkin:
- buyurilgan tovarni ishlab chiqarish;
- buyurilgan tovarni sotib olish;
-
buyurilgan tovarni mavjud zaxiradan tezda olib berish;
Oxirgi usul, odatda, eng qimmat bo‘ladi, chunki u zaxiralarni saqlashni talab etadi.
Ammo raqobat muxitida aynan ushbu omil hal qiluvchi bo‘lishi mumkin.
Ehtiyot qistnlar bo‘lmaganligi uchun yuzaga keladigan ishlab chiqarishdagi to
‘
xtashlarni kamaytirish. Asbob-uskunalarni ishdan chiqishi, ehtiyot
qismlarning zaxirasi
bo‘lmagan taqdirda, ishlab chiqarish jarayonining to‘xtab qolishiga olib kelishi mumkin. Bu
ayniqsa uzluksiz ishlab chiqarish jarayoniga ega bo‘lgan korxonalar uchun muhimdir, chunki
ishlab chiqarishning to‘xtab qolishi ular uchun qimmatga tushishi mumkin.
Ishlab chiqarishni boshqarish jarayonining soddalashuvi. Bunda korxona ichidagi
ishlab chiqarish jarayonining turli bosqichlarida yarim tayyor mahsulotlar zaxiralarini yaratish
tushuniladi. Ushbu zaxiralarning mavjudligi har xil uchastkalardagi ishlab chiqarish
jarayonlarining o‘zaro kelishuvchanligiga bo‘lgan talablarni pasaytirish imkonini beradi.
Yuqorida qayd etilgan tamoyillarda ta'kidlanishicha ishlab chiqarish, savdo va boshqa
sohalarda ham zaxiralarni yaratish maqsadga muvofiqdir, aks holda xarajatlar oshib ketadi.
Shu bilan birga zaxiralarning optimal kattaligini topish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Jarayonlarni logistik tarzda tashkil etilishi, zaxiralar darajasini
oshirmasdan bir birlik
mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni kamaytirishga, extiyot
qismlarining yo‘qligi sababli, ishlab chiqarishda yuzaga kelgan to‘xtashlarni
minimallaashtirishga, va zaxiralarning qator boshqa funksiyalarini amalga oshirishga imkon
beradi.
Dostları ilə paylaş: