Mavzu: Aholi daromadlari va xarakatlari balansi. Reja



Yüklə 407,92 Kb.
səhifə1/3
tarix11.10.2023
ölçüsü407,92 Kb.
#153530
  1   2   3
Aholi daromadlari va turmush tarzini yaxshilashning ustuvor yo0nalishlari

Mavzu:

Aholi daromadlari va xarakatlari balansi.

Reja:

  • Aholi daromadlari, ularning shakllanish manbalari va foydalanish yo`nalishlari.
  • Mamlakat aholisi turmush sifatini oshirish yo`llari.
  • O`zbekistonda Respublikasida aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimining o`ziga xos xususiyatlari.

Aholi daromadlari, ularning shakllanish manbalari va foydalanish yo`nalishlari.

  • Har bir insonning moddiy va ma`naviy turmush imkoniyatlari uning daromadlari darajasiga bog’liq. Insonning daromadi darajasi qancha yuqori bo`lsa, uning o`z zaruriy ehtiyojlarini qondirish, salomatligini saqlash, dam olishni tashkil etish, ma`lumot olish va bo`sh vaqtini madaniy tarzda o`tkazish imko¬niyatlari shuncha ko`p bo`ladi. Daromadlar ehtiyojlarni bevosita qondirish manbai sifatida aholi hayotida katta rol o`ynaydi. Davlat byudjetining daromad qismi asosan jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan soliq va to`lovlardan tashkil topadi hamda ular ijtimoiy ehtiyojlar uchun sarflanadi va shu tariqa aholi ehtiyojlari bilvosita qondiriladi.

Daromadlar darajasini tahlil etish, o`lchash va taxmin qilish uchun ularning turlari va ko`rsatkichlaridan foydalaniladi.


Daromadlar
    • Pul
    • Natural

Aholining pul daromadlari


mehnatkashlar uchun ish haqi hisobidagi barcha pul mablag’lari tushumi; pensiyalar, stipendiyalar, turli nafaqalar; mulkdan foiz, dividendlar, renta ko`rinishidagi daromadlar; aktsiyalar, qimmatbaho qog’ozlar, ko`chmas mulk, chorva hayvonlari, tomorqa xo`jaligi mahsulotlari, turli buyumlar va boshqa tovarlarni sotishdan tushadigan pul tushumlari, turli xizmatlar ko`rsatish uchun haqlar va boshqalardan tashkil topadi.

Aholining natural daromadlari:


qishloq xo`jaligi mahsulotlarining barcha tushumlari: dehqonchilik, chorvachilik, parrandachilik mahsulotlari, bog’-qo`rg’on, sabzavot-poliz ekinlari uchastkasi, shaxsiy tomorqa, tabiat in`omlaridan shaxsiy, oilaviy ehtiyojlar uchun tayyorlanadigan mahsulotlar kabi tushumlardan iborat.

Yüklə 407,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin