yetkazish egiluvchanligi - yetkazuvchi tizimni mijozning alohida istaklarini
(qoidalarini) e'tiborga olishi qobiliyatini bildiradi. Bunga quyidagilarni kiritadilar:
-
buyurtma shaklini o‘zgartirish imkoniyati;
-
buyurtmani yetkazib berish turini o‘zgartirish imkoniyati;
-
qadoq turini o‘zgartirish imkoniyati;
-
yetkazib berishga bo‘lgan talabnomani qaytarib olish imkoniyati;
-
mijozni uning buyurtmasi holati to‘g‘risida axborot olishi imkoniyati;
-
butlanmagan yetkazishlarda bo‘lgan e'tirozlarga munosabat.
9. Transport logistikasi 9.1 Transport logistikasining mohiyati va vazifalari Transport - bu odamlar va yuklar tashishni amalga oshiruvchi, moddiy ishlab chiqarish
tarmog‘idir. Jamiyat ishlab chiqarishi tuzilmasida, transport moddiy xizmatlar ishlab chiqarish
sohasiga mansubdir.(9.1 rasm)
Moddiy oqimning birlamchi xom-ashyo manbaidan oxirgi iste'molchigacha bo‘lgan
harakati davomidagi logistik operatsiyalarning anchagina qismi, turli xil
transport vositalari yordamida amalga oshiriladi. Bu operatsiyalarning xarajatlari, umumiy logistika xarajatlarining 50%gacha tashkil etishi mumkin. Transport ishlab chiqarish va savdo jarayonlariga juda yaxshi kirib borgan. Shuning uchun ham transport, logistikaning ko‘pgina masalalarida ishtirok etadi. Shu bilan birga logistikaning yetarlicha mustaqil bo‘lgan transport sohasi ham mavjud. Unda transport jarayoni ishtirokchilari orasidagi kelishuvlar, ularga mos moddiy oqim harakatining ishlab chiqarish-ombor bo‘limlariga aloqasi bo‘lmagan tarzda ko‘rib chiqilishi ham mumkin.
9.1-Rasm. Transportning jamiyat ishlab chiqarishidagi o‘rni Transport logistikasi vazifalariga, birinchi navbatda, o‘z yechimi bilan, transport