o‘lchash mumkin.
Kompaniya resurslari esa xaridor uchun eng ahamiyatli bo‘lgan xizmatlarni ko‘rsatishga
yo‘naltiriladi.
8.3. Xizmat ko‘rsatish sifatining mezonlari
Logistik servis sifatini baholash uchun quyidagi mezonlar qo‘llaniladi:
-
yetkazish ishonchliligi;
-
buyurtma qabul qilgandan to tovarlar partiyalarini yetkazishgacha bo‘lgan to‘liq
vaqt;
-
yetkazish egiluvchanligi;
-
yetkazib beruvchi omborida zaxiralar mavjudligi;
-
kredit olish imkoniyati, va qator boshqa mezonlar.
Bulardan birinchi uchtasini tavsiflab o‘tamiz.
yetkazish
ishonchliligi.
Umumiy
holda,
ishonchlilik
deganda,
belgilangan
cheklanishlarda o‘z tavsiflarini saqlagan holda berilgan funksiyalarni bajarish qobiliyatini o‘z
ichiga olgan, tizimning majmuaviy xususiyati tushuniladi.
yetkazish ishonchliligi - bu yetkazib beruvchining belgilangan chegaralarda,
shartnomada kelishilgan yetkazish muddatlariga rioya qilish qobiliyatidir. yetkazish
ishonchliligi, yetkazish jarayoni tarkibiga kiruvchi ayrim turdagi ishlarni bajarish muddatlariga
rioya qilishning ishonchliligi bilan aniqlanadi.
yetkazish ishonchliligiga ta'sir etuvchi asosiy omillardan bo‘lib, shartnomada ko‘zda
tutilgan majburiyatlar (kafolatlar) mavjudligi xizmat qiladi, yetkazish muddatlarini buzganlik
uchun javobgarlik aynan shu majburiyatlarda belgilanadi.
Buyurtma qabul qilgandan to tovarlar partiyalarini yetkazishgacha bo‘lgan to‘liq vaqt, u
o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
-
buyurtmani rasmiylashtirish vaqti;
-
ishlab chiqarish vaqti (agarda buyurilgan tovarlarni ishlab chiqarish lozim bo‘lsa, bu
vaqt yetkazish muddatiga qo‘shiladi)
-
qadoqlash vaqti;
-
yuklash vaqti;
-
yetkazish vaqti;
Shartnomada ko‘rsatilgan yetkazish muddatlariga rioya qilish, yuqorida sanab o‘tilgan
ushbu muddatning tarkibiy qismlariga qanday rioya qilinishiga bog‘liq. Masalan, tovarni ishlab
chiqarishga rejalashtirilgan muddatlarga yoki ekspeditor ta'kidlagan yetkazish muddatlariga
rioya qilinmasligi mumkin.
Dostları ilə paylaş: