Agrologistika


yetkazib berishning asosiy bazalariga jahon narxlari. Inkoterms-2000



Yüklə 280,22 Kb.
səhifə45/56
tarix16.12.2023
ölçüsü280,22 Kb.
#181719
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   56
Microsoft Word 13. Ma\'Ruzalar matni-fayllar.org

9.4. yetkazib berishning asosiy bazalariga jahon narxlari. Inkoterms-2000 
Inkotermsning maqsadi tashqi savdo sohasida keng qo‘llanilayotgan savdo
atamalarini izohlash bo‘yicha xalqaro qoidalar to‘plami bilan ta'minlashdan iborat. Shunday
qilib, turli mamlakatlarda bunday atamalardan saqlanish yoki hyech bo‘lmaganda turli
talqinlar noaniqligini ma'lum darajada qisqartitish mumkin.
Inkotermsning ta'sir qilish sohasi oldi-sotdi shartnomasi tomonlarining sotilgan



tovarlarni yetkazib berishga nisbatan (bu yerda “tovar” deganda “moddiy tovarlar”


tushuniladi, bundan kompyuter dasturiy ta'minot kabi “nomoddiy tovarlar” mustasno)
huquq va majburiyatlari bilan bog‘liq masalalar bilan cheklanadi.
Amaliyotda Inkotermsni noto‘g‘ri tushunishning ikkita varianti ko‘p uchraydi.
Birinchisi - bu Inkotermsni oldi-sotdi shartnomasiga emas, balki tashish shartnomasiga
ko‘proq munosabatga ega sifatida noto‘g‘ri tushunish. Ikkinchisi - bu ba'zida ular
tomonlar shartnomaga kiritishni istagan barcha majburiyatlarni qamrab olishi kerak,
degan tasavvurning noto‘g‘riligi hisoblanadi.
Xalqaro savdo palatasi tomonidan har doim ta'kidlab kelinganidek, Inkoterms
oldi-sotdi shartnomalari doirasidagi faqat ma'lum jihatlarda sotuvchilar va xaridorlar
o‘rtasidagi munosabatlar bilan aloqa qiladi.
Eksportchilar va importchilar nafaqat oldi-sotdi, balki tashishlar, sug‘urta va
moliyalash shartnomalari muhim bo‘lgan xalqaro sotish bitimlarini amalga oshirish
uchun zarur bo‘lgan turli shartnomalar o‘rtasidagi haqiqiy munosabatlarni hisobga olishi
kerak. Bunda Inkoterms ushbu shartnomalarning biriga, ya'ni aynan oldi-sotdi
shartnomasiga taaluqlidir.
Inkoterms shartnomani buzish oqibatlari va turli to‘siqlar natijasida
javobgarlikdan ozod etish bilan shug‘ullanmaydi. Ushbu masalalar oldi-sotdi
shartnomasining boshqa shartlari va tegishli qonunlar tomonidan hal etilishi kerak.
Inkoterms boshidan tovarlar milliy chegaralar orqali yetkazib berilishi uchun
sotilayotgan holatlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan: shunday qilib - bu xalqaro
savdo atamalaridir. Biroq Inkoterms amaliyotda ko‘pincha tovarlarni faqat ichki bozorlar
doirasida sotish uchun shartnomalarga kiritiladi.
“ye” atamasi sotuvchiga eng kam majburiyatlar yuklaydi: sotuvchi tovarni faqat
xaridor ixtiyoriga kelishilgan joyda - odatda sotuvchining shaxsiy binosida taqdim etishi
lozim. Ikkinchi tomondan, amaliyotda ko‘p uchraydigan narsa - bu sotuvchi ko‘pincha
xaridorga tovarni xaridorning transport vositasiga yuklashga yordam beradi. Agarda
sotuvchi majburiyatlari kengaytirilib, yuklashni ham o‘z ichiga olganda, sotuvchining
EXW atamasi shartlariga muvofiq eng kam majburiyatlarining an'anaviy tamoyillarini
ulardan sotuvchi tovarni yuklashga nisbatan hyech qanday majburiyatlarni qabul
qilmagan holatlar uchun foydalanish maqsadida saqlash qarorini qabul qilinganida edi
EXW atamasi buni yaxshiroq aks ettirgan bulur edi. Mabodo xaridor sotuvchi ushbu
vazifani ham bajarishini istasa, bu oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilishi kerak.
“F” atamasi sotuvchi tovarni xaridor ko‘rsatmalariga muvofiq tashishini ko‘zda
tutadi. Tomonlar FCA atamasiga ko‘ra yetkazib berishni amalga oshirishni ko‘zda
tutadigan punkt majburiyatlarning turli xilligi tufayli ushbu atama bilan tuzilgan
shartnomada uchrashi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarni yuzaga keltirdi.
Masalan, tovar xaridor tomonidan tvoarni sotuvchi binosidan olib ketish uchun
yuborilgan transport vositasiga ortilishi mumkin; ikkinchi holatda tovar xaridor
tomonidan tovarni terminal, ya'ni xaridorga yetkazib berish uchun yuborilgan transport
vositasidan tushirishni talab qilishi mumkin. Inkoterms 2000 shartnomada ko‘rsatilgan
yetkazib berish joyi sifatida sotuvchi binosi hisoblanib, yetkazib berish yakunlangan,
tovar xaridorning transport vositasiga yuklangan holatlar shartlashgan bo‘lsa, boshqa
holatlarda yetkazib berish yakunlangan va tovar xaridor ixtiyoriga sotuvchi transport
vositasidan tushirilmasdan yetkazib berilgan bo‘lsa ushbu variantlarni hisobga oladi.
Transportning turli turlari uchun qayd etilgan variantlari FCA atamasida keltirilgan.

Yüklə 280,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin