Agrologistika



Yüklə 280,22 Kb.
səhifə43/56
tarix16.12.2023
ölçüsü280,22 Kb.
#181719
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   56
Microsoft Word 13. Ma\'Ruzalar matni-fayllar.org

yetk 
azish 
vaqti
Jo‘nat 
ishlar 
chasto 
tasi
Yuk yetkazish 
grafigiga rioya 
qilishning 
ishonchliligi
Turli yuklarni 
tashish 
qobiliyati
Yukni 
xududning 
istalgan 
nuqtasiga 
yetkaza olish 
qobiliyati
Tash 
ish 
qiym 
ati
Temir yo‘l
3
4
3
2
2
3
Suv
4
5
4
1
4
1
Avtomobil
2
2
2
3
1
4
Quvur
5
1
1
5
5
2
Havo
1
3
5
4
3
5
Ta'kidlab o‘tish kerkakki 9.2 jadval ma'lumotlari faqatgina u yoki bu transport turini muayyan
tashish sharoitlariga muvofiqligi darajasini tahliliy bahosi uchun ishlatilishi mumkin.
Tanlovning to‘g‘riligi har xil transport turlari bilan tashishga bog‘liq xarjatlari tahlili asosidagi
texnik -iqtisodiy hisoblar bilan tasdiqlanishi lozim.
9.3. Transport tariflari va ularni qo‘llash qoidalari 
Transport korxonalari ko‘rsatgan xizmatlar hisobi tariflar yordamida amalga oshiriladi.
Tariflar ichiga quyidagilar kiradi:
-Yukni tashish uchun olinadigan to‘lovlar.
-Yukni tashish bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha operatsiyalar uchun yig‘ilmalar.
-To‘lov va yig‘ilmalar hisoblanish qoidalari.
Iqtisodiy kategoriya sifatida transport tariflari bu transport mahsulotiga bo‘lgan narx
shaklidir. Ularning tuzilishi quyidagilarni ta'minlashi lozim:
-Transport korxonasiga ekspluatatsiya xarajatlarini va foyda olish imkoniyatlarini:
-Transport xizmatlarini xaridorga transport xarajatlarini qoplashini va foyda olish
imkoniyatini.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, tashuvchi tanlashga ta'sir etuvchi asosiy omillaridan biri bu



tashish narxidir. Raqobat sharoitida yuzaga keluvchi mijoz uchun kurash transport tariflariga


ham o‘zgartirish kiritadi.
Har xil yig‘imlar tarif stavkalarini mohirona boshqarilishi, yuk tashish bilan qo‘shimcha
xizmatlarga (yuklarni ko‘riqlash, kuzatish,) talabni oshirishi mumkin.
Transportning har xil turlaridagi tariflar tizimlari o‘z xususiyatlariga ega. Ularning
qisqacha tavsifiga to‘xtalib o‘tamiz.
Temir yo‘l transportiga yuklarning tashishni tashishining qiymatini belgilash uchun
umumiy, maxsus, imtiyozli, mahalliy tariflar qo‘llaniladi.
Umumiy tariflar - bu tariflarning asosiy turidir. Ularning yordamida yuklarining asosiy
massasini tashish qiymati aniqlanadi.
Maxsus tariflar deb-Maxsus ustamalar yoki chegirmalar bilan umumiy tariflarni
farqlanuvchi tariflarga aytiladi. Bu tariflar oshirilgan yoki kamaytirilgan bo‘lishi mumkin. Ular
odatda faqat muayyan yuklarga nisbatan qo‘llaniladi. Maxsus tariflar tovar mahsulotlari ishlab
chiqaruvchilarning joylashuviga ta'sir etishiga imkon beradilar, Chunki ular yordamida
qiymatlarni tartibga solish mumkin.
Imtiyozli tariflar muayyan maqsadlar uchun yuklarni tashishda o‘zlariga mo‘ljallangan
yuklarni tashishda qo‘llaniladi.
Mahalliy tariflarni ayrim temir yo‘llarning boshliqlari o‘rnatadi. Bu tariflar ushbu temir
yo‘l chegralarida amal qiluvchi yuklarni tashish uchun to‘lovlar o‘lchamini va turli yig‘imlar
stavkalarini o‘z ichiga oladi. Tashish to‘lovlaridan tashqari, temir yo‘l yuk oluvchi va
jo‘natuvchilaridan yuklarning tashish bilan bog‘liq qo‘shimcha xizmatlar uchun ham xaq oladi.
Bu to‘lovlar yig‘imlar deb aytiladi, va temiryo‘l tomonidan quyidagi operatsiyalarni bajargani
uchun olinadi:saqlash, yuk og‘irligini tekshirish, vagonlarni olib kelish va olib tashlash, ortish
tushirish ishlari va boshqalar.
Temir yulda yuklarni tashish to‘lovlariga ta'sir etuvchi asosiy omilarni sanab o‘tamiz.
Jo‘natish turi. Temiryo‘l bo‘ylab yuk vagonli, konteynerli kichik tonnali - 25 t gacha
og‘irligi va hajmi yarim vagongacha, va mayda tonnajli og‘irligi 10 t gacha va xajmi 1/ 3 vagon
hajmigacha, jo‘natishlar bilan jo‘natilgan bo‘lishi mumkin.
Tashish tezligi. Temiryo‘l bo‘ylab yuk: Yuk , katta yoki yo‘lovchi tezligida tashilishi
mumkin. Tezlik turi yuk sutkasiga necha km bosib o‘tishi lozimlini belgilaydi.
Tashish masofasi. Tashish to‘lovi yuk va katta tezlikda tashilganda tarif masofasi
uchun, katta hajmga ega bo‘lmagan yuklarni tashishda, yoki yuklarni yo‘lovchi tezligida
tashishda xaqiqatdan bosib o‘tilgan masofa uchun olinadi.
Vagon yoki konteynerlarning mansubligi. Vagon, platforma yoki konteynerni, temir
yo‘lni , yuk oluvchini yoki yuk jo‘natuvchini mulki bo‘lishi mumkin.
Tashiladigan yuk miqdori-tashish qiymatiga muxim ta'sir etuvchi omil. Avtomobil
transportida yuk tashishlar qiymatini
aniqlash uchun tariflarni
quyidagi turlarini qo‘llaydilar:
-yuk tashishga bo‘lgan kelishilgan tariflar.
-yuk tashishga bo‘lgan to‘lanadigan avtotonna - soat shartlaridagi tariflar.
-yuk avtomobillarini ishlatishi vaqti bo‘yicha tariflar.
-km hisobi bo‘yicha tariflar.
-harakat vositasining tarkibning boshqa joyga jo‘natish uchun tariflar.
-shartnomaviy tariflar.
Tarif to‘lovi o‘lchamiga quyidagi omillar ta'sir ko‘rsatadi.
-tashish masofasi.
-avtomobil yuk ko‘tarishini ishlatish imkoniyatini tavsiflovchi yukningt xajmi va
og‘irligi.
-avtomobil yuk ko‘tara olishi.
-umumiy bosib o‘tilgan yo‘l.
-avtotmobilni ishlatish vaqti.



-avtomobil turi.


-tashish amalga oshiriladigan hudud va bir qator boshqa omillar.
Avtomobil transportidan yuklarni tashishga bo‘lgan tariflarning har biri barcha omillar
yig‘indisini emas balki muayyyan tashish uchun ahamiyatli bo‘lganlarinigina hisobga oladi.
Masalan: Kelishilgan tarif bo‘yicha yuklarni tashish qiymatini hisoblash uchun tashish
masofasini, yuk massasini va avtotomobil yuk ko‘tar olishi darajasini tavsiflovchi, yuk sinfini
e'tiborga olish lozim. Yuk avtomobilalrini ishlatish vaqti tarifi bo‘yicha hisoblarni olib borishda
avtomobil yuk ko‘tara olishini, avtomobildan foydalanishi vaqtini va umumiy bosib o‘tgan
yo‘lini hisobga olish kerak. Barcha hollarda avtomobillardan foydalanish uchun bo‘lgan to‘lov
kattaligiga, tashish amalga oshirayotgan hudud ham ta'sir ko‘rsatadi. Bu hududlar bo‘yicha yuk
tashishlar tannarxi darajasidagi barqaror farqlanishlar bilan tushuntiriladi. Hududiy
kooeffitsentlar yordamida tarif qiymatiga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Daryo transportida yuk tashish tariflari va qo‘shimcha xizmatlar uchun yig‘imlar bozor
konyukturasini hisobga olgan xolda mustaqil ravishda belgilanadi.
Dengiz transportida yuklarni tashish uchun to‘lovlar tarif bo‘yicha, yoki FRAXT
stavkasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Agarda yuk muntazam amalga oshirilayotgan yuk oqimi
bo‘yicha harakatlansa, unda tashish chiqimi kemalar yurishi tizimi bilan amalga oshiriladi.
Bunda yuk jaddval bo‘yicha va e'lon qilingan tarif bo‘yicha hisoblanadi.
Yuk muntazam yuk oqimi bo‘yicha harakatlanmagan hollarda tashish FRAXT stavkasi
bo‘yicha to‘lanadi. FRAXT stavkasi bozorning kon'yukturasidan kelib chiqib belgilanadi va
uning tarnsport tavsiflariga yo‘nalish sharoitlariga va xarajatlariga bog‘liq.
Har kanday uskuna yoki jixozlarning unumdorligi deyilganda ularning vaqt birligida
ishlab chiqargan mahsuloti tushiniladi. Avtomobillar yuk ma'lum masofaga tashib berishni
hisobga olib, ularning unumdorligi vaqt birligida tashilgan yuk miqdori va tonna kilometrlarda
o‘lchanuvchi transport ishidan iboratdir.
Masalan, avtomobilning yuk Bilan bir qatnovidagi yuk miqdorida o‘lchanuvchi
unumdorligi:

Yüklə 280,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin