Agrologistika



Yüklə 280,22 Kb.
səhifə46/56
tarix16.12.2023
ölçüsü280,22 Kb.
#181719
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   56
Microsoft Word 13. Ma\'Ruzalar matni-fayllar.org

9.3- 
jadval
INKOTeRMS-2000 (Savdo atamalari tasnifi) 
ye guruhi
EXW
Franko zavod ( ..... kema nomi)
F guruhi
FCA
Franko tashuvchi ( .......tayinlangan joy nomi)



Asosiy
tashish


to‘lanmagan
FAS
Kema borti bo‘ylab franko ( ..................yuklash
porti nomi)
FOB
Franko bort ( ... yuklash porti nomi)
S guruhi
Asosiy tashish to‘langan
CFR
Narx va yuk ( ........tayinlangan port nomi)
CIF
Narx, sug‘urta va yuk ( ........... tayinlangan port
nomi)
CPT
Yukni
tashish
gacha
to‘langan
( ......... tayinlangan joy nomi)
CIP
Yukni tashish va sug‘urta gacha to‘langan (
.......... tayinlangan joy nomi)
V guruhi yetib kelishi
DAF
Chegaragacha yetkazib berish ( ........... yetkazib
berish joyi nomi)
DES
Kemadan yetkazib berish ( ..... tayinlangan port
nomi)
DEQ
Pirstandan yetkazib berish ( .....tayinlangan port
nomi)
DDU
Boj
to‘lamasdan
yetkazib
berish
( ....tayinlangan joy nomi)
DDP
CFR va CIF atamalari bo‘yicha yetkazib berish punktlariga mos keladigan
yetkazib berish punkti FOB atamasiga muvofiq ma'lum tortishuvlarga qaramasdan
Inkoterms 2000da o‘zgarishlarsiz qoldi. Garchi FOB atamasi bo‘yicha “tovarni kema
bandiga yetkazib berish” tushunchasi hozir ko‘pchilik holatlarda to‘g‘ri kelmasligi
mumkin. Biroq shunga qaramay savdogarlar tomonidan ushbu atama tushuniladi va
tovarlar hamda yuklash qurilmalari hisobga olingan holda qo‘llanilmoqda. yetkazib
berish punktini FOB atamasiga ko‘ra o‘zgartirish ayniqsa dengiz yo‘li bilan odatda
charter-to‘plarda keltiriladigan tovarlarni sotishga nisbatan keraksiz chalkashliklarni
yuzaga keltiryapti.
Afsuski, FOB so‘zi ayrim savdogarlar tomonidan faqatgina har qanday yetkazib
berish punktini - masalan “FOB fabrika”, “ FOB zavod”, “ FOB sotuvchi zavodidan”
punktlarini belgilash uchun foydalanilmoqda. Bunda “Franko bort” qisqartma so‘z
tushunchasiga e'tibor berilmayapti. “FOB”dan bu kabi foydalanish chalkashlikni yuzaga
keltirish moyilligiga ega bo‘lgan vaziyatlar saqlanib qolmoqda va bundan saqlanish
kerak.
“S” atamasi sotuvchiga tashishlarni o‘z hisobidan oddiy sharoitlarda tashish
shartnomasini tuzishni yuklaydi. Shu bois u transport sarf-harajatlarini to‘lashi lozim
bo‘lgan punkt tegishli “S” atamasidan so‘ng ko‘rsatilishi shart. CFR va CIF atamalariga
muvofiq sotuvchi tovarni sug‘urtalashi va sug‘urta harajatlarini ko‘tarishi kerak. Chunki
harajatlarni taqsimlash nuqtasi tovar yetkazib berilishi mumkin bo‘lgan mamlakatda
ro‘yxatga olinadi. “S” atamasi ko‘pincha yetib kelish shartnomalari bilan noto‘\ri hisob-
kitob qiladi. Bunda sotuvchi tovar kelishilgan punktgacha yetib kelmasa barcha
tavakkalchilik va harajatlarni ko‘taradi. Biroq shuni ta'kidlash kerakki, “S” atamasi
sotuvchi tovar yuklanadigan yoki jo‘natiladigan mamlakatda shartnomani bajarishi nuqtai
nazaridan “F” atamasi ega bo‘lgan xususiyatga ega bo‘ladi. Shunday qilib, “S” atamasiga
muvofiq oldi-sotdi shartnomalari “F” atamasi bo‘yicha shartnomalar kabi yuklash
shartnomasi toifasiga kiradi.
Yuklash shartnomalari xususiyatida tovarlarni odatiy yo‘nalishlar bo‘yicha oddiy
usulda kelishilgan joygacha tashishning odatdagi transport sarf-harajatlari sotuvchi
tomonidan to‘lanishi kerak. Bunda xaridor tovarni yo‘qotishi yoki aynishi bo‘yicha



tavakkalchilikni o‘z zimmasiga oladi, shuningdek, tovar tegishli ravishda tashish uchun


yetkazib berilganidan so‘ng ham ahamiyatga ega voqyealar natijasida paydo bo‘ladigan
qo‘shimcha sarf-harajatlarni ko‘taradi. Shunday qilib, “S” atamasi boshqa atamalardan
o‘z ichiga ikkita “keskin” nuqtani olishi bilan ajralib turadi. Ulardan biri sotuvchi
ungacha transport tashkil qilishi va tashish shartnomasiga ko‘ra sarf-xarajatlarni
ko‘tarishi kerak bo‘lgan nuqta, ikkinchisi esa tavakkalchiliklardan o‘tish uchun xizmat
qiladi. Shu sababli sotuvchiga majbkriyatlarni qo‘shishda imkon qadar ehtiyotkorlikka
rioya qilinishi kerak. Ushbu majburiyatlar sotuvchi tavakkalchilikning yuqorida qayd
etilgan nuqtadan tashqariga chiqqanda yuklatiladi. Sotuvchi tashish shartnomasini tuzib,
tovarni tashuvchiga topshirib, CFR va CIF atamalariga muvofiq sug‘urtalashni ta'minlab
oldi-sotdi shartnomalarini tegishli ravishda bajarganidan so‘ng uni har qanday keyingi
tavakkalchilik va sarf- harajatlardan xalos etish “S” atamasining mohiyati hisoblanadi.
“S” atamasining mohiyati yuklash shartnomalari singari hujjatli kreditlardan
bunday holatlarda ishlatiladigan asosiy to‘lov uslubi sifatida keng foydalanish orqali
izohlanishi ham mumkin. Oldi-sotdi tomonlari sotuvchi hujjatli kredit bo‘yicha
kelishilgan yuklash hujjatlarini taqdim etganidan so‘ng haq olishini kelib oladi. Bunda
hujjatli kreditning asosiy maqsadlari sotuvchi hujjatli kreditlar bo‘yicha yoki tovarni
yuklab, jo‘natganidan so‘ng haq olganidan keyin ham tavakkalchilik va harajatlarni o‘z
zimmasiga olishini to‘liq inkor etadi. Albatta, sotuvchi tashish shartnomasi bo‘yicha yuk
haqi oldindan to‘langan, u yuklanganidan so‘ngmi yoki tayinlangan joyda to‘lanishidani
qat'iy nazar (yuk haqi yuk oluvchi tomonidan belgilangan portda to‘lanishi kerak) barcha
sarf-harajatlarni to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Biroq yuk ortilib jo‘natilganidan so‘ng
ahamiyatga ega voqyealar natijasida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha
harajatlar xaridor tomonidan to‘lanadi.
Agarda sotuvchi o‘z ichiga boj, soliq va boshqa to‘lovlarni oladigan tashish
shartnomasini ta'minlashi shart bo‘lsa, bunday harajatlar albatta shartnomaga ko‘ra
sotuvchiga yuklanadi.
Agarda odatda tovarni oraliq punktlarda tayinlangan joyga yetish uchun qayta
yuklash bilan bog‘liq bir qancha tashish shartnomalari tuzilsa, sotuvchi ushbu barcha
sarf-harajatlarni, shuningdek, tovarni bitta transportdan boshqasiga qayta yuklash
natijasida yuzaga keladigan harajatlarni ham to‘lashi kerak. Biroq agarda tashuvchi o‘z
huquqlaridan kutilmagan to‘siqlardan (masalan, muz, ish tashlash, mehnat buzilishlari,
hukumat qarorlari, urush yoki harbiy harakatlar) saqlanish uchun tashish shartnomasiga
muvofiq foydalansa, bundan kelib chiqadigan barcha qo‘shimcha sarf- harajatlar xaridor
hisobiga yoziladi. Chunki sotuvchi majburiyatlari oddiy tashish shartnomasini ta'minlash
cheklanadi.
Ko‘pincha oldi-sotdi shartnomasini tuzgan tomonlar sotuvchi qay darajagacha
tashish shartnomasini, qayta yuklash sarf-harajtlarini ta'minlashi kerakligini aniq
aniqlashni istaydi. Negaki, bunday sarf-harajatlar odatda tovar doimiy kema liniyalari
bo‘yicha tashilsa, oldi-sotdi shartnomasi ko‘pincha tovar shu tarzda yoki “yuklarni reys
kemalarida tashish shartlari” ga muvofiq tashilishini ko‘zda tutsa, yuk hisobidan
to‘lanadi. Boshqa holatlarda esa CFR va CIF atamalaridan so‘ng “qayta yuklashni
qo‘shib” so‘zi qo‘shiladi. Shunga qaramay, qisqartma so‘zni “S” atamasidan so‘ng u
tegishli savdo sohasida aniq tushinilmasa va kelishayotgan tomonlar yoki tegishli
qonunda yoxud savdo odatlarida qabul qilinmasa qo‘shishi tavsiya etilmaydi.
Chunonchi, sotuvchi “S” atamasi xususiyatini o‘zgartmasdan o‘z zimmasiga
tovarning mo‘ljallangan joyga yetib kelishi bo‘yicha hyech qanday majburyatni olmasligi
kerak. Chunki tashish paytida kechikishni xaridor o‘z zimmasiga oladi. Shunday qilib,
har qanday majburiyat yuklash yoki jo‘natish joyiga tegishlidir.
Tovar bilan savdo qilishda tovarni dengizdagiligida sotib olish hollari uchrab
turadi. Bunday hollarda savdo shartidan so‘ng “ suzishda” so‘zi qo‘shiladi. Negaki,



bunday holatlarda CFR va CIF atamalariga ko‘ra tovarni yo‘qotish yoki buzilish xavfi


sotuvchidan xaridorga o‘tgan bo‘ladi, izohlashda qiyinchiliklar paydo bo‘ladi. Bu borada
imkoniyatlardan biri CFR va CIF atamalari odatiy ma'nosini xavfni sotuvchi va xaridor
o‘rtasida tasqsimlashga nisbatan saqlash hisoblanadi, ya'ni aynan xavf yuk ortilganidan
so‘ng. Bu xaridor oldi-sotdi shartnomasi kuchga kirganidan so‘ng bo‘ladigan voqyealar
oqibatlarini o‘z zimmasiga olishga majbur bo‘lishini anglatadi. Xavfning o‘tish paytini
aniqlaydigan ikkinchi imkoniyat yangi oldi-sotdi shartnomasini tuzish vaqti hisoblanadi.
Birinchi imkoniyat haqiqatga yaqinroq, chunki odatda tovar holatini tashish paytida
aniqlash mumkin. Shu sababli BMTning 1980 yildagi tovarlar bilan savdo qilish xalqaro
shartnomasi to‘g‘risidagi Konvensiyasining 68-moddasida “ agarda ahvol shuni taqozo
etsa, xavf xaridor tomonidan tovar tashish shartnomasida tuzilgan hujjatni bergan
tashuvchiga topshirilayotgan paytdan boshlab qabul qilinishi” ko‘zda tutilgan. Biroq bu
qoidada “sotuvchi tovar yo‘qotilgan yoki ayniganligini bilgan yoki bilishi shart bo‘lgan
va bu haqda xaridorga xabar bermaganligi” istisno qilinishi mumkin. Shunday qilib, CFR
va CIF atamalarini “ suzishda” so‘zini qo‘shgan holda sharhlash mazkur oldi-sotdi
shartnomasiga qo‘llaniladigan qonunga bog‘liq. Tomonlarga qo‘llanilayotgan qonun va
har qanday qarorga ishonch hosil qilish tavsiya etiladi. Shubha tug‘ilganda esa
tomonlarga ushbu masalani o‘zlarining shartnomasida aniqlashtirib olish tavsiya etiladi.
“D” atamasiga muvofiq DDPdan tashqari sotuvchi mo‘ljallangan mamlakatga
import uchune tozalangan tovarni yetkazib berishga majbur emas.
An'anaviy tarzda DTQ atamasiga ko‘ra sotuvchi tovarni tozalashiga majbur,
negaki ushbu tovar pristanga yuklanishi kerak va shu tarzda import qilinayotgan
mamlakatga chiqib ketishi lozim. Bojxona tozalashlar tartiblaridagi o‘zgarishlar oqibatida
ko‘pgina mamlakatlardla hozir manfaatdor mamlakatda muntazam yashab kelayotgan
tomon tozalashni amalga oshirib, boj va yuboshqa to‘lovlarni to‘lashi maqsadga
muvofiqdir. Shu sababli FAS atamasidagi o‘zgartishlar DEQ atamasiga ham kiritildi.
Ko‘pgina mamlakatlarda Inkotermsga kiritilmagan savdo atamalaridan asosan
yuklarni temir yo‘lda tashishlarda (franko chegara) foydalanilmoqda. Biroq bunday
sharoitlarda odatda sotuvchining tovarni chegaragacha tashish paytida uni yo‘qotish yoki
buzilishi bo‘yicha tavakkalchilikni o‘z zimmasiga olishi ko‘zda tutilmaydi. Ushbu
holatlarda chegara ko‘rsatilgan holda SRT atamasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Ikkinchi tomondan esa, agarda tomonlar sotuvchi tovarni tashishda tavakkalchilikni o‘z
zimmasiga olishini nazarda tutsa, bunda chegara ko‘rsatilgan holda DAF atamasidan
foydalanish lozim.

Yüklə 280,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin