etilishi, ana'naviy ahborot tizimlarinikidan sezilarli ravishda farq qilishi mumkin. Logistikada axborot tizimlari barcha unsurlarni har tomonlama integratsiyasini, ta'minlashlari lozim. «Logistik tizimlarning axborot texnik ta'minoti, axborot jihatlari va uni qayta ishlashning texnik vositalari to‘plami bilan emas, balki ularni barpo etish uchun qo‘llaniladigan uslublar va tamoyillar bilan farq qiladi». Axborot tizimi ta'rifini quyidagicha ifodalash mumkin: axborot tizimi - bu u
yoki bu funksional masalalar (logistikada - moddiy oqimlarni boshqarish bo‘yicha masalalar) yechimini ta'minlovchi, o‘zaro bog‘langan hisoblash texnikasi vositalarining muayyan tarzda tashkil etilgan yig‘indisi birligidir.Logistikada axborot tizimlari turlari Logistikada axborot tizimlari ayrim korxona miqyosidagi moddiy oqimlarni boshqarish maqsadida, yoki mintaqa, mamlakat va hattoki mamlakatlar guruhlari hududidagi logistik jarayonlarni tashkil etishga yordam berish uchun tashkil etilishlari
mumkin. (11.2- rasm).
11.2- Rasm. Logistikada qo‘llaniladigan axborot tizimlari turlari Ayrim korxona miqyosidagi axborot tizimlarini o‘z navbatida uch guruhga ajratadilar:
- rejali;
- dispozitiv (yoki dispetcherlik);
- bajaruvchi (yoki operativ). Har xil guruhlarga mansub bo‘lgan logistik axborot tizimlari, o‘zlarining funksional va ta'minlovchi tizimchalari bilan farqlanadilar. Ta'minlovchi tizimchalar o‘zlarining barcha unsurlari, ya'ni texnik, axborot va matematik ta'minoti bilan bir-
biridan farq qilishlari mumkin. Ayrim axborot tizimlarining xususiyatlariga batafsil to‘xtalib o‘tamiz.