Agrologistika


Shtrix-kodlarni avtomatik aniqlash usullarini qo‘llash



Yüklə 280,22 Kb.
səhifə55/56
tarix16.12.2023
ölçüsü280,22 Kb.
#181719
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Microsoft Word 13. Ma\'Ruzalar matni-fayllar.org

11.3. Shtrix-kodlarni avtomatik aniqlash usullarini qo‘llash 
Logistik zanjirning har bir bo‘g‘ini orqali katta miqdordagi tovar birliklari o‘tadi.
Har bir bo‘g‘in ichida ham tovarlar bir necha marta saqlash va qayta ishlash joylari bo‘ylab
harakatlanadilar. «Tovarlar harakatining butun tizimi - bu uzluksiz harakatdagi diskret
oqimlardir, ularning tezligi ishlab chiqarish salohiyatiga, yetkazishlar muntazamligiga,
mavjud zaxiralar o‘lchamlariga, va shuningdek realizatsiya va iste'mol tezligiga bog‘liqdir.»
Bunday dinamik logistik tizimni samarali boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun unga
kiruvchi va undan chiquvchi, hamda uni ichida aylanib turuvchi moddiy oqimlarning
assortimenti to‘g‘risidagi axborotga doimiy ravishda ega bo‘lish zarur.
Chet el tajribalariga qaraganda, bu muammoni yechish uchun moddiy oqim bilan
bo‘lgan logistik operatsiyalarda alohida yuk birligini aniqlash qobiliyatiga ega bo‘lgan
mikroprotsessorli texnikani ishlatish zarur. Gap, albatta, turli xildagi shtrix- kodlarni «o‘qiy
oladigan» uskunalar xaqida. Ushbu uskunalar, logistik operatsiya xaqidagi axborotni, u
amalga oshirilayotgan vaqtda va joyda - xo‘jaliklar, sanoat korxonalari, ulgurji bazalar,
do‘konlar omborlarida, transportda - olish imkonini beradilar. Olingan axborot vaqtning real
miqyosida qayta ishlanadi, bu esa boshqaruv tizimiga optimal muddatlarda javob qaytarish
imkonini beradi.
Axborotni avtomatik to‘plash turli xildagi shtrix-kodlarni ishlatishga asoslangan,
ularning har biri o‘z texnologik ustunliklariga ega. Masalan 11.3- rasmdagi ITF-14 kodi o‘z
ixchamliligi bilan ajralib turadi va tovar partiyalarini kodlash uchun ishlatiladi.
11.1- jadvalda turli mamlakatlar kodlari keltirilgan.
11.1- jadval
EAN assotsiatsiyasi tomonidan mamlakatlarga berilgan kodlar 
Mamlakat
1
EAN kodi
mamlakat
EAN kodi
AQSh va Kanada
1
00-13
Iordaniya
625



Fransiya


30-37
Eron
626
Bolgariya
380
Finlyandiya
64
Sloveniya
383
Xitoy
690-692
Xorvatiya
385
Norvegiya
70
Bosniya va Gerse-govina
387
Isroil
729
Germaniya
400-440
Shvetsiya
73
Yaponiya
45,49
Gvatemala
740
Rossiya
460-469
Salvador
741
Tayvan
471
Gonduras
742
Estoniya
474
Nikaragua
743
Latviya
475
Kosta-rika
744
Litva
477
Panama
745
Uzbekistan
478
Dominik Resp
746
Shri-Lanka
479
Meksika
750
Fillipin
480
Venesuela
759
Belarus
481
Shveytsariya
76
Ukraina
482
Kolumbiya
770
Moldova
484
Urugvay
773
Armeniya
485
Peru
775
Gruziya
486
Boliviya
777
Kazaxstan
487
Argentina
779
Gonkong
489
Chili
780
Buyuk Britaniya
50
Paragvay
784
Gretsiya
520
Ekvador
786
Livan
528
Braziliya
789
Kipr
529
Italiya
80-83
Makedoniya
531
Ispaniya
84
Malta
535
Kuba
850
Irlandiya
539
Slovakiya
858
Belgiya,
54
Chexiya
859
Portugaliya
560
Yugoslaviya
860
Islandiya
569
Turkiya
869
Daniya
57
Niderland
87
Polsha
590
Janubiy Koreya
880
Ruminiya
594
Tailand
885
Vengriya
599
Singapur
888
JAR
600-601
Indiya
890
Mavrikiy
609
Vetnam
893
Marokko
611
Indoneziya
899
Aljir
613
Avstriya
90-91
Tunis
619
Avstraliya
93
Suriya
621
Yangi Zelandiya
94
Misr
622
Malayziya
955



Logistikada shtrix kodlarni avtomatik aniqlash texnologiyasini qo‘llash, logistik


jarayonning barcha bosqichlarida moddiy oqimlarni boshqarishni yaxshilash imkonini
beradi. Uning asosiy ustunliklarini aytib o‘tamiz.
Ishlab chiqarishda:
- mahsulotlar va ularni butlovchi qismlarini har bir uchastkadagi harakatini va
shuningdek umuman korxonadagi logistik jarayonning holatini, hisobga olish va nazorat
qilishning yagona tizimi barpo etilishi;
- yordamchi personal va hisobot hujjatlar sonini kamayishi, xatolar yo‘qolishi;
Ombor xo‘jaligida:
- moddiy oqimni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilishi;
- moddiy zaxiralarni inventarizatsiyalash jarayonini avtomatlashtirilishi;
- moddiy va axborot oqimlari bilan bo‘ladigan logistik operatsiyalar vaqtini
qisqarishi;
Savdoda:
- moddiy oqimni hisobga olishni yagona tizimini yaratilishi;
- tovarlar buyurtmasi va inventarizatsiyasini avtomat-lashtirilishi; xaridorlarga
xizmat ko‘rsatish vaqtini qisqarishi.
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlarning ichki va xorij bozorlarida
raqobatbatdoshligini oshirish, tovar ishlab chiqaruvchini tovar raqami xalqaro tizimi
doirasida identifikatsiyalash, iste'molchi huquqlarini himoya qilish, tovarlarni ishlab
chiqarishni avtomatlashtirilgan tarzda hisobga olishni ta'minlash maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1999 yil 21 sentyabrda “ O‘zbekiston Respublikasida
shtrixli kodlashni joriy qilish to‘g‘risida” 438-sonli qaror qabul qildi.
Ushbu qarorda O‘zbekiston Respublikasi Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar
palatasi tomonidan tovarlari “ EAN” shtrixli kod bilan markalanadigan tadbirkorlik faoliyati
sub'ektlarini ro‘yxatga olish, tovarlarni xalqaro talablarga muvofiq identifikatsiyalash
tizimidan foydalanuvchilar faoliyatini uslubiy boshqarish
uchun tovar
va xizmatlarni avtomatik tarzda identifikatsiyalash “ EAN
UZBEKISTAN” markazi tashkil etilganligi qayd etilgan.
Tovar
va xizmatlarni
avtomatik tarzda
identifikatsiyalash “ EAN
UZBEKISTAN” markazi EAN International a'zosi sifatida O‘zbekiston Respublikasi
hududida tovarlarni raqamlash bo‘yicha yagona tashkilot - EAN International vakili
hisoblanadi.







Yüklə 280,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin