Agrologistika



Yüklə 280,22 Kb.
səhifə52/56
tarix16.12.2023
ölçüsü280,22 Kb.
#181719
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Microsoft Word 13. Ma\'Ruzalar matni-fayllar.org

11.2. Axborot tizimlari 
Har bir logistik tizimining muhim unsuri bo‘lib, ahborot o‘tishi va qayta ishlanishini
ta'minlovchi tizimcha xizmat qiladi. O‘z navbatida bu «tizimcha» ham turli xil
tizimchalardan tashkil topgan murakkab axborot tizimidan iboratdir. Boshqa tizimlar
singari, axborot tizimi ham tartibli o‘zaro bog‘langan unsurlardan tashkil topishi va
integrativ jihatlarning biror- bir birligiga, «yig‘indisiga» ega bo‘lishi lozim. Ko‘p hollarda
ahborot tizimlarini ikkita tizimchaga ajratadilar: funksional va ta'minlovchi (11.1 - rasm)
Funksional tizimcha, maqsadning umumiyligi belgisi bo‘yicha guruhlangan,
yechiladigan masalalar yig‘indisidan iborat. Ta'minlovchi tizim esa, o‘z navbatida, quyidagi
unsurlarni o‘z ichiga oladi:
- texnik ta'minot, ya'ni axborot oqimlarini qayta ishlashni va uzatishni ta'minlovchi
texnik vositalari yig‘indisi;
- ahborot ta'minoti, u o‘z ichiga turli ma'lumotlar, klassifikatorlar, kodifikatorlar,
ma'lumotlarni rasmiy izohlash vositalarini oladi;
- matematik ta'minot, ya'ni funksional masalalarni yechishning uslublari yig‘indisi.



Shartli belgilar:


A- texnik ta'minot
B- axborot ta'minoti
V- matematik ta'minot
G- boshqa ta'minot vositalari
11.1. -Rasm. Axborot tizimi tuzilmasi
Logistik axborot tizimlari, odatda logistik jarayonlarni boshqarishning 
avtomatlashtirilgan tizimi sifatida namoyon bo‘ladilar. Shuning uchun ham logistik 
axborot tizimlaridagi matematik ta'minot - bu dasturlar majmui va moddiy oqimlar 
boshqaruvi masalalari yechilishini, matnlarni qayta ishlashni, so‘rov ma'lumotlarini 
olishni va texnik vositalar amal qilishini ta'minlovchi dasturlash vositalari yig‘indisidir.
Logistikaning axborot tizimlaridagi unsurlar orasidagi aloqalarni tashkil 

Yüklə 280,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin