Agrologistika


moddiy oqimlar almashinuviga aralashmaydi, va ular uchun joriy ishlab chiqarish



Yüklə 280,22 Kb.
səhifə12/56
tarix16.12.2023
ölçüsü280,22 Kb.
#181719
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   56
Microsoft Word 13. Ma\'Ruzalar matni-fayllar.org

moddiy oqimlar almashinuviga aralashmaydi, va ular uchun joriy ishlab chiqarish 
vazifalarini belgilamaydi. Ayrim texnologik bo‘g‘in ishlab chiqarish texnologik 
zanjirining oxirgi bo‘g‘ini oldida vazifa qo‘yadi.
yetaklovchi tizimning amal qilish mexanizmini tushunish uchun, 3.4-rasmdagi
misolni ko‘rib chiqamiz.
Shartli belgilashlar:
- moddiy oqim, a) - meva
yetkazilishi v) -sharbat yetkazilishi d) -
mevaga buyurtma j) - sharbatga 
buyurtma
3.4- 
Rasm. Ishlab chiqarish logistik 
tizimi doirasidagi moddiy oqim boshqaruvini 
yetaklovchi tizimining prinsipial sxemasi
Faraz qilaylik meva qayta ishlash korxonasi 1500 birlik mahsulot (meva sharbati) 
ishlab chiqarishga buyurtma qabul qildi. Bu buyurtmani boshqaruv tizimi qadoqlash 
(tayyor mahsulot) bo‘limiga jo‘natadi. Qadoqlash bo‘limi buyurtmani bajarish uchun 
sharbat bo‘limidan 1500ta qadoq mahsulotga ketadigan sharbat so‘raydi. Sharbat 
bo‘limi o‘z zaxirasidan so‘ralgan mahsulotni yetkazadi va uni o‘rnini to‘ldirish uchun 
qayla bo‘limidan 1500ta qadoq sharbat ishlab chiqarish uchun qayla so‘raydi. Qayla 
bo‘limi o‘z zaxiralaridan so‘ralgan mahsulotni yetkazadi va uni o‘rnini to‘ldirish uchun 
ombordan meva so‘raydi. Shunday qilib moddiy oqim har bir oldingi bo‘g‘in tomonidan 
«tortib olinadi».
Bunda ayrim bo‘lim xodimlari, markaziy boshqaruv tizimiga nisbatan, optimal
buyurtma o‘lchamini aniqlovchi, ko‘proq o‘ziga xos omillarni hisobga olish imkoniyatiga ega.





3.6. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishda moddiy oqimlarni boshqarishga logistik 
yondashuvni qo‘llashning samaradorligi 
Ma'lumki, ishlab chiqarish korxonasidagi materialning 95-98% vaqti ortish- tushirish
va transport-ombor ishlariga to‘g‘ri keladi.
«Bosh», «Simens», «Mitsubisi» va «Djeneral motors» firmalari ma'lumotlariga ko‘ra,
korxonada moddiy oqimlarni boshqarishga logistik yondashish, logistik operatsiyalar majmui
bajarilishini maksimal optimallashtirishga imkon beradi.
Korxonada moddiy oqimlarni boshqarishga logistik yondashuvni qo‘llashdan vujudga
keladigan umumiy samaraning tarkibiy qismlari quyidagilar:
1. Ishlab chiqarish bozorga mo‘ljallangan. Kam hajmdagi va individual ishlab
chiqarishga samarali o‘tish mumkin bo‘ladi.
2. yetkazib beruvchilar bilan hamkorlik munosabatlari o‘rnatiladi.
3. Uskunalar to‘xtab turishi qisqaradi. Bu, ish joylarida kerakli materiallar doimo
mavjud bo‘lishi bilan, ta'minlanadi.
4. Ishlab chiqarayotgan mahsulot sifati oshadi.
5. Ishlab chiqarish sikli kamayadi va xarajatlar minimallashtiriladi.
Ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish imkonini beradigan
sabablarga to‘laroq to‘xtalib o‘tamiz.
❖ Zaxiralar optimizatsiyasi - logistikaning markaziy muammolaridan biri. Zaxiralarni
saqlash, moliyaviy mablag‘lar ajratilishini, moddiy texnika baza va mehnat resurslarining katta
qismining ishlatilishini talab qiladi. Ishlab chiqarishni tashkil etishning zamonaviy logistik
uslublarini qo‘llayotgan qator /arbiy yevropa firmalari tajribalarining tahlili shuni ko‘rsatadiki,
logistikani qo‘llanilishi ishlab chiqarish zaxiralarini 50% ga kamaytirish imkonini beradi.
❖ Yordamchi ishchilar sonini kamayishi. Tizimlilik (ishni tizimli amalga oshishi)
darajasi qancha past bo‘lsa, mehnat jarayoni shunchalik aniqlanmagan bo‘ladi, bu esa ishning
katta hajmlarini bajarishda yordamchi ishchilarga bo‘lgan ehtiyoj shunchalik ortishiga olib
keladi.
❖ Materiallar yo‘qotilishini kamayishi. Istalgan logistik operatsiya - bu potensial
yo‘qotishlar. Logistik operatsiyalar optimizatsiyasi - bu yo‘qotishlarnig kamayishidir.
❖ Ishlab chiqarish va ombor maydonlari ishlatilishini yaxlitlash. Oqim
jarayonlarining noaniqligi ko‘proq qo‘shimcha maydonlarni oldindan egallab qo‘yishga
undaydi. Masalan, ulgurji savdo bazalari loyihasida, oqim jarayonlarining noaniqligi ombor
maydonlarini 30%ga oshirilishiga majbur qilgan.

Jarohatlarning kamayishi. Logistik yondashuv o‘z ichiga mehnat xavfsizligi
tizimini ham kiritadi.

Yüklə 280,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin