O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY
VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANGREN UNIVERSITETI
103 PP guruh talabasi “Psixofiziologiya” fanidan MUSTAQIL ISH Mavzu: Gormonlar va psixika. Psixikaga gumoral ta’sir Bajardi: Qurolova Lazzat Qabul qildi: Gaziyeva N. REJA:
1. Garmon haqida tushuncha
2. Garmonlarning ishlashi va boshqarilishi
3. Psixika materiya evolyusiyasining natijasi sifatida.
4. Psixikaning taraqqiyot muammosi.
Kirish Organizmda funksiyalarni boshqarilishi, o’sish, rivojlanish va xulq – atvor reaksiyalarini amalga oshirishda nerv boshqaruvi bilan birgalikda gumoral boshqaruvning ham ahamiyati katta. Biologik faol moddalarni – gormonlar deb ataladi. Ularini ishlab chiqaruvchi organlar esa endokrin bezlar, yoki ichki sekretsiya bezlari deb ataladi. Ularning shunday atalganiga sabab shuki, tashqi sekretsiya bezlariga qarama-qarshi o’laroq chiqarish yo’llari bo’lmaydi va o’zi hosil qiladigan moddalarni to’g’ridan-to’g’ri qonga quyadi. Gormonlar kontsentratsiyasini me’yoridan ortib ketishi yoki kamayib ketishi albatta funksiyani izdan chiqarib, qandaydir kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Organlar, to’qimalar va hujayralarning o’zaro gumoral bog’lanishida ularning ba’zilari alohida muhim rol o’ynaydi, chunki ular modda almashinuviga, organ va to’qimalarning funksiyasiga spetsifik ta’sir etuvchi moddalarni ishlab chiqaradi. Gormonlarning bir necha spetsifik xossasi bor.
Kishi psixikasining paydo bulishi va rivojlanishi eng murakkab muammolardan biri bulib, tabiat qonunlarining moxiyatini tushunib еtishga xarakat kiladigan tadkikotchilarni bu muammo xama vakt kiziktirib kеlgan. Matеrialistik yunalishdagi olimlar psixikaning paydo bulishini matеriyaning uzok davom etgan rivojlanishining natijasi dеb ixoxlashadi. Ular matеriyaning tabiatini tadkik kilisharkan, xarakat matеriyaning xayot kеchirish usuli, uning tarkiban uziga xos ajralmas xsusiyati ekanligi uchun xam matеriya xarakatining tеrli xil shakllarini urganadilar. Xarakatsiz, xamisha mutlaqo xarakatsizlikdagi matеriya umuman bulmaydi. Odamdagi butun matеriya jami noorganikva organiktabiat xarakatlanish, uzgarish va rivojlanish xolatida buladi.
Jonsiz tabiatda xarakat jism va moddalarning mеxaniq, fizikaviy yoki ximiyaviy ta'siri tarzida yuz bеrishi mumkin. Noorganiktabiatdagi xarakatning oddiy musollariga e'tibor kiling: dеngizdagi koya suvning ta'siriga muayyan karshilik kursatadi tulkinlar koyaga urulib qaytadi, lеkin koyaning uzi xam sеkin-asta еmirila boshlaydi; kuyosh nuri suv yuzasiga kеlib urulgach, sinib qaytadi;
Oshqozon osti bezi
Oshqozon osti bezi oshqozonning pastki va orqa sohasida birinchi bel umurtqasi ro’parasida joylashgan bo’lib, uzunligi 16-20sm, vazni 70-80 g. Oshqozon osti bezi aralash bez bo’lib, to’qimasining 98-99% tashqi sekretsiya funksiyalarini bajarib, ovqat hazm qilishda ishtirok etuvchi fermentlarni ishlab chiqaradi. Bez to’qimasining 1-2%i, ya’ni Langergans orolchasi deb ataluvchi qismi ichki sekretsiya funksiyasini bajaradi.
Bez orolchalari uch tipdagi hujayralardan tashkil topgan: alfa, beta va gamma hujayralar. Ularning asosiy qismini beta hujayralardan tuzilgan Langergans orolchalari tashkil qiladi. Hujayralarning 1/5 umumiy qismini alfa hujayralardan tashkil topib bezning periferiyasida joylashgan. Odam bezining 1 massasida 2700-25500 pankreatik orolchalari to’g;ri keladi.
Oshqozon osti bezi gormonlari
Langergans orolchalari uch xil hujayralardan — alfa, beta va gamma hujayralardan tuzilgan. Ular orasida eng ko’pi (itlarda qariyb 75%) beta hujayralardir; bular kichkina va donador protoplazmali bo’ladi.
Orolchalarning alfa hujayralari glyukagon gormonini hosil qiladi. Hayvonlar organizmiga kobalt tuzlari katta dozada yuborilsa, alfa hujayralar halok bo’lib, glyukagon chiqishi to’xtaydi. Me’da osti bezining mayda chiqaruv yo’llaridagi epiteliy lipokain gormonini chiqaradi, degan ma’lumotlar bor.Bez ekstraktlarida yana ikkita gormon — vagotonin va sentropnein topilgan.
Insulin. Oshqozon osti bezidan insulin gormonini ajratib olish yo’lidagi urinishlar uzoq vaqtgacha natija bermagan, chunki bu gormon oqsil modda bo’lib, qirqib olib maydalangan oshqozon osti bezida pankreatik shira ta’sirida parchalanib ketadi. 1902 yilda L. V. Sobolev insulin parchalanishining oldini olishga yordam beradigan ikki usulni taklif etdi. Bu usullardan birida hayvonning oshqozon osti bezini olib tashlashdan 4—5 kun oldin bezning shira chiqaruv yo’llari bog’lab qo’yiladi; shu sababli tashqi sekretor epiteliy degeneratsiyalanib, nobud bo’ladi. Natijada bezda insulinning fermentativ parchalanishiga sabab bo’ladigan shira qolmaydi. Ikkinchi usulda embrionlarning oshqozon osti bezidan gormon ajratib olinadi, chunki ularda hali hazm shirasi hosil bo’lmaydi. 1922 yilda F. Banting va Ch. Best birinchi usulni tatbiq etib, insulinning aktiv preparatlarini olishdi.
Insulinning kimyoviy tuzilishi yaqinda aniqlandi. Insulin disulfid bog’lar bilan birlashgan 17 xil aminokislotaning ikki zanjiridan tuzilgan polipeptid ekan (birinchi zanjir 21 aminokislotadan, ikkinchi zanjir 30 aminokislotadan tuzilgan). Hozir insulin preparatlari kimyoviy sintez yo’li bilan olingan (lekin bu preparatlar hozircha kam aktiv). Bu organizmdan tashqarida sintez yo’li bilan olingan birinchi oqsildir. Turli hayvonlarning oshqozon osti bezidan olingan insulinlar molekulasida aminokislotalarning joylashuvi bilan farq qiladi. Insulin molekulasida rux yo’q, lekin u ruxni biriktira oladi; ayni vaqtda insulin ta’siri uzayadi va kuchayadi.
Glyukagon. Me’da osti bezining ikkinchi gormoni — glyukagon — Langergans orolchalarining alfa hujayralaridan chiqadi va molekulyar og’irligi kamroq (qariyb 3500) bo’lgan polipeptid hisoblanadi. Bu gormonning tuzilishi kimyoviy tadqiqotlarda aniqlangan. Glyukagon hujayra ichidagi inaktiv fosforilazani (glikogenning glyukozagacha parchalanishida qatnashadigan fermentni) aktiv holatiga o’tkazadi va shu tufayli qondagi glyukozani keskin darajada ko’paytiradi. Glyukagon qondagi shakar miqdorini kamaytiradigan insulinga shu jihatdan antagonist hisoblanadi. Ammo glyukagon qonda tez parchalangani uchun bemorlarni davolash maqsadida kam qo’llaniladi.
Lipokain. Lipokain polipeptid bo’lib, bezning chiqaruv yo’llari epiteliysida hosil bo’lsa kerak. Kimyoviy tuzilishi aniqlangan. Hazm shirasidagi fermentlar lipokainni yemirmaydi, shuning uchun u ichilganda ham organizmga ta’sir qila oladi. Lipokain fosfatidlar (letsitin) hosil bo’lishini va jigarda yog’ kislotalarining oksidlanishini kuchaytiradi, ya’ni yog’larning utilizatsiyasiga yordam beradi. U oshqozon osti bezi olib tashlangan itlarda jigarning yog’ degeneratsiyasiga yo’l qo’ymaydi (bunday hayvonlarda uglevodlar almashinuvini boshqarish uchun terisining ostiga sistematik ravishda insulin yuborib turiladi).
Vagotonin. Vagotonin oqsil modda bo’lib, kimyoviy tuzilishi hozircha aniqlanmagan. Vagotonin organizmga yuborilsa, adashgan nervlar yadrolarining tonusini kuchaytirib, parasimpatik nerv sistemasining aktivligini oshiradi. Bundan tashqari, vagotonin qon yaratish prosesslarini, jumladan eritrositlarning hosil bo’lishini kuchaytiradi.
Sentropnein. Septropnein ham oqsil modda bo’lib, tarkibi aniqlanmagan. U nafas markazini qo’zg’atadi va bronxlarni kengaytiradi. Bronxial astmada bronx muskullari tortishib qisqaradi (spazm), shunda organizmga sentropnein yuborilsa, bemorlarning ahvoli yaxshilanadi. Bundan tashqari, sentropnein gemoglobinning kislorod biriktirish qobiliyatini oshiradi va kislorod tashilishini (transport) yaxshilaydi. Shuning uchun sentropnein organizmning kislorod yetishmasligiga chidamini bir qadar oshiradi.
Buyrak usti bezi
Buyrak usti bezlari-juft bezlar bo’lib, o’ng va chap buyraklarning ustki qismida joylashgan. Ularning birgalikdagi vazni 10-20 g. Buyrak usti bezlari ikki qavatdan: ustki-po’stloq va ichki- mag’iz qavatdan iborat. Ular tuzilishi va funksiyasi jihatdan turlicha bo’lgan ichki sekretsiya bezlaridir, bulardan chiqadigan gormonlar o’z ta’siri jihatidan kata farq qiladi.
Buyrak usti bezlarining po’stlog’i
Buyrak usti bezlari po’stlog’ining hujayralari genetik jihatdan epiteliy hujayralariga yaqin turadi. Ular uchta zonani tashkil qiladi: tashqi — koptokchali zona , o’rta — tutamli zona va ichki — to’rli zona. Buyrak usti bezlari po’stlog’idan 40 dan ortiq kortikosteroid ajratib olingan, biroq ulardan faqat 8 taginasi fiziologik aktivdir.
Buyrak usti bezlari po’stlog’ining gormonlari
Buyrak usti bezlari no’stlog’ining gormonlarini uch gruppaga ajratish mumkin.
I. Mineralokortikoidlar — aldosteron, kortikosteron, dezok
sikortikosteron— koptokchali zonadan chiqadi va mineral moddalar
almashinuvini boshqaradi.
II. Glyukokortikoidlar — kortizon, gidrokortizon va kortikosteron (kortikos-
teron mineralokortikoidlarga ham kiradi)— tutamli
zonadan chiqadi, uglevodlar, oqsillar va yog’lar almashinuviga ta’sir
etadi.
III. Jinsiy gormonlar — androgenlar, estrogenlar progesteron to’rli zonadan chiqadi.
Mineralokortikoidlar. Mineralokortikoidlar organizmda mineral moddalar almashinuvini, birinchi galda qon plazmasidagi natriy va kaliy miqdorini boshqaradi.
Mineralokortikoidlardan eng aktivi aldosterondir. U buyrak kanalchalarida natriy va xlor reabsorbsiyasini kuchaytiradi, shu munosabat bilan qon, limfa va to’qima suyuqligida osh tuzi ko’payadi. Shu bilan birga, aldosteron buyrak kanalchalarida kaliy reabsorbsiyasini kamaytiradi, natijada kaliy chiqib ketishi kuchayib, organizmdagi kaliy miqdori kamayadi.
Aldosteron qon va to’qima suyuqligidagi osh tuzi kontsentratsiyasini oshirib, osmotik bosimni ko’taradi, shu sababli organizmda ko’p suv ushlanib qoladi va qop bosimi ortadi. Natriy reabsorbsiyasining kuchayishi natijasida alkaloz avj olishi ham mumkin.
Mineralokortikosteroidlar yetishmasligi qarama-qarshi o’zgarishlarga sabab bo’ladi. Buyrak kanalchalarida natriy reabsorbsiyasi kamayadi, natijada organizm shuncha ko’p natriy yo’qotadiki, ichki muhitda hayotga to’gri kelmaydigan o’zgarishlar vujudga keladi va buyrak usti bezlari po’stlog’i olib tashlangan hayvon bir necha kundan keyin o’lib qoladi. Faqat ko’p miqdorda natriy yoki mineralokortikoidlar yuborib, buyrak usti bezlari po’stlog’i olib tashlangan hayvonning hayotini saqlab qolish mumkin. Shuning uchun mineralokortikoidlarni «hayotni saqlab turuvchi gormonlar» degan obrazli nom bilan ham atashadi.
Qondagi mineralokortikoidlar miqdorining boshqarilishi. Buyrak usti bezlaridan chiqadigan mineralokortikoidlar miqdori organizmdagi natriy va kaliy miqdoriga bevosita bog’liq. Masalan, organizmga natriy yuborilganda qondagi N3 miqdorining ortishi aldosteron sekretsiyasini susaytiradi, natijada siydik bilan natriy chiqishi kuchayadi. Organizmda natriy yetishmasligi esa, aksincha, aldostsron sekretsiyasini kuchaytiradi va shu sababli buyrak kanalchalarida N3 reabsorbsiyasini oshiradi. Adosteron ter bezlari orqali natriy chiqishini ham kamaytiradi: organizm qizib ketganda qattiq terlash sababli natriy chiqib ketishini shu yo’l bilan to’xtata oladi.
Chiqayotgan aldosteron miqdori qondagi va to’qima suyuqlig’idagi natriy va kaliyning absolyut miqdorigagina emas, balki natriy va kaliy ionlarining nisbatiga ham bog’liq. Qondagi natriy ionlari yetishmagandagina emas, balki qondagi kaliy ionlari ortganda ham aldostsron sekretsiyasining kuchayishi, qondagi kaliy ionlari yetishmaganda esa aldosteron sekretsiyasining susayishi bunga dalil bo’la oladi. Shunday qilib, natriy ionlari bilan kaliy ionlari mineralokortikoidlarning ajralib chiqish prosessiga qarama-qarshi ta’sir etadi. Ammo, buyrak usti bezlari po’stlog’ining hujayralariga qondagi natriy ionlari konsentratsiyasining o’zgarishidan ko’ra kaliy ionlari miqdorining o’zgarishi kuchsiz ta’sir etadi.
Mineralokortikoidlar sekretsiyasini o’zgartiruvchi faktorlarga to’qima suyuqligi bilan qon plazmasining miqdori ham kiradi. Ularning ko’payishi aldosteron sekretsiyasini susaytiradi, organizmdan natriy chiqib ketishiga va u bilan bog’langan suvning ajralishiga sabab bo’ladi.
Aldosteron chiqish aktivligi natriy va kaliy ionlarining buyrak usti bezi hujayralariga bevosita ta’sir etishi yo’li bilangina emas, balki gipotalamus orqali boshqariladi. Gipotalamusning yemirilishi mineralokortikoidlar ichki sekretsiyasining natriy, kaliy ionlari miqdoriga va organizmdagi suv miqdoriga qaramligini yo’qotadi va bu sekretsiyani keskin darajada susaytiradi. Buyrak usti bezini innervatsiyalovchi nervlar qirqib qo’yilsa, shuningdek buyrak usti bezi ko’chirib o’tkazilsa gipotalamus mineralokortikoidlar sekretsiyasini boshqaraveradi. Gipofiz olib tashlangandan keyin gipotalamus ta’siri saqlanadi. Gipotalamus aldosteron sekretsiyasini vegetativ nerv sistemasining tolalari orqali, shuningdek gumoral yo’l bilan boshqaradi. Gipotalamusning ba’zi nerv hujayralari qonga fiziologik aktiv modda chiqaradi, bu modda buyrak usti bezining po’stlog’iga ta’sir etib, aldosteron sekretsiyasini kuchaytiradi, deb faraz qilishadi.
Glyukokortikoidlar. Glyukokortikoidlar (gidrokortizon, kortikosteron, kortizon) oqsil, uglevod va yog’lar almashinuviga ta’sir etadi. Ular ichida aktivrog’i gidrokortizondir. Glyukokortikoidlar jigarda glyukoza hosil bo’lishini kuchaytirib, qondagi qandii ko’paytira olgani uchun shunday atalgan. Bu prosess aminokislotalarning tezroq dezaminlanishi va azotsiz qoldiqlarining uglevodlarga aylanishi yo’li bilan yuzaga chiqadi. Bu holda jigardagi glikogen miqdori hatto ortishi mumkin. Glyukokortikoidlarning ta’siri shu bilan adrenalin ta’siridan farq qiladi, organizmga adrenalin yuborilganda qondagi glyukoza ko’payib, jigardagi glikogen zapasi kamayadi.
Glyukokortikoidlar organizmga yuborilganda to’qima oqsillarining parchalanishi kuchayadi va sintezlanishi susayadi, natijada to’qimalardagi oqsillarning umumiy miqdori kamayadi. Biroq organ o’z to’qimalarning spetsifik funksiyasini yuzaga keltiruvchi oqsillar (masalan, muskullarni qisqartiruvchi oqsillar) miqdori o’zgarmaydi.
Qondagi oqsillariing ko’p parchalanishi natijasida aminokislotalar ko’payadi, ular jigarda utilizatsiya qilinib, qisman glyukoza va glikogenga aylanadi. Glyukokortikoidlar yog’ almashinuv intensivligini ham oshiradi. Ular yog’ depolaridan yog’larning safarbar qilinishini kuchaytiradi va shu bilan energiya almashinuvining kuchayishiga yordam beradi. Glyukokortikoidlar plastik almashinuv prosesslariga ham ta’sir etib, tiklanish — reparatsiya prosesslariga yordam beradi.
Glyukokortikoidlar hayot uchun zarur gormonlar emas, ularning yo’qligi organizmni darhol o’limga olib bormaydi. Biroq glyukortikoidlar kam chiqqanda organizmning turli zararli ta’sirotlarga chidami kamayadi, shuning uchun yuqumli kasalliklar va boshqa yomon ta’sirotlar og’ir o’tadi va ko’pincha o’limga olib keladi.
Glyukokortikoidlar antitelolar hosil bo’lishini kamaytiradi, yallig’lanish, revmatizm va boshqa ba’zi kasalliklar munosabati bilan organizmda ro’y beruvchi reaksiyalarni susaytiradi. Klinikada revmatizm, allergik prosesslar va boshqa kasalliklarni davolashda glyukokortikoidlarni tatbiq etish shunga asoslangan. Glyukokortikoidlar yallig’lanish prosesslarining rivojlanishini to’xtatgani uchun ularni yallig’lanishga qarshi gormonlar ham deb atashadi. Mineralokortikoidlar esa organizmda natriy va suv ushlanib qolishiga yordam berib, yallig’lanish prosessida to’qimalarning shishib ketishini, shuningdek yallig’lanish reaksiyalarining boshqa belgilarini kuchaytiradi. Shu sababli mineralokortikoidlarni yallig’lanishga tarafdor gormonlar deb atashadi.
Glyukokortikoidlar hosil bo’lish intensivligiga ta’sir etuvchi faktorlar. Og’riq, jarohatlanish, qon yo’qotish, organizmning qizib ketishi, o’ta sovushi, ba’zi moddalardan zaharlanish, yuqumli kasalliklar, og’ir ruhiy kechinmalarda glyukokortikoidlar sekretsiyasi kuchayadi. Yuqorida ko’rsatilganidek, bu holatlarda buyrak usti bezlarining po’stloq qavatida adrenalin hosil bo’lishi refleks yo’li bilan kuchayadi. Adrenalin qonga o’tib, gipotalamusga ta’sir etadi, shu tufayli gipotalamusning ba’zi hujayralari gipofizning oldingi bo’lagidan adrenokortikotrop gormon chiqishini kuchaytiradigan moddalarni hosil qiladi. Adrenokortikotrop gormon buyrak usti bezida glyukokortikoidlar hosil bo’lishini kuchaytiruvchi faktor hisoblanadi. Gipofiz olib tashlanganda, buyrak usti bezlari po’stlog’ining tutamli zonasi atrofiyaga uchraydi va glyukokortikoidlar sekretsiyasi keskin darajada kamayadi.
Bir qancha noqulay faktorlar ta’sirida adrenokortikotrop gormon, demak glyukortikoidlar sekretsiyasining kuchayishi tufayli vujudga keluvchi holatni Sele «taranglanish», yoki «stress», degan ibora bilan atagan. Stress hosil bo’lishida Sele uch fazani ski uch bosqnchni ajratadi: 1) «trevoga» (tahdid) fazasida noqulay faktorlar ta’sir eta boshlab, adrenokortikatrop gormon va glyukokortikoidlar sekretsiyasi kuchayadi; 2) rezistentlik (chidamlilik) fazasida qondagi glyukortikoidlar ko’payib, organnzm noqulay ta’sirotlarga chidamli bo’lib qoladi; 3) holdan ketish («istoshenie») fazasida buyrak usti bezlari glyukokortikoidlarni yetarli miqdorda chiqarmay qo’yadi (Selening fikricha glyukokortikoidlar himoya qiluvchi, adaptiv gormonlardir), natijada organizmning ahvoli yomonlashadi.
Buyrak usti bezlari mag’iz qavati bilan po’stloq qavati ichki sekretsiyasining funktsional ahamiyatida bir qadar umumiy xususiyat bor. Ikkala qavatdan chiqadigan gormonlar organizm normal holatiga tahdid qiluvchi favqulodda holatlarda, boshqacha aytganda, «avariya» vaziyatida himoya reaksiyalarini kuchaytiradi. Ayni vaqtda adrenalin chiqaruvchi mag’iz qavat organizmning aktiv harakat reaksiyalarini kuchaytiradi. Gipotalamusga adrenalin ta’sir etishi tufayli o’z faoliyatini kuchaytiradigan po’stloq qavati esa, organizm qarshiligining ichki faktorlarini kuchaytiruvchi gormonlar chiqaradi.
Ammo organizm qarshiligining ortishi butun glyukokortikoidlar ta’sirida kuchayadigan prosesslardangina iborat bo’lmay, juda ko’p faktorlarga bog’liq ekanligini nazarda tutmoq kerak.
Psixika materiya evolyusiyasining natijasi sifatida.
Kishi psixikasining paydo bulishi va rivojlanishi eng murakkab muammolardan biri bulib, tabiat qonunlarining moxiyatini tushunib еtishga xarakat kiladigan tadkikotchilarni bu muammo xama vakt kiziktirib kеlgan. Matеrialistik yunalishdagi olimlar psixikaning paydo bulishini matеriyaning uzok davom etgan rivojlanishining natijasi dеb ixoxlashadi. Ular matеriyaning tabiatini tadkik kilisharkan, xarakat matеriyaning xayot kеchirish usuli, uning tarkiban uziga xos ajralmas xsusiyati ekanligi uchun xam matеriya xarakatining tеrli xil shakllarini urganadilar. Xarakatsiz, xamisha mutlaqo xarakatsizlikdagi matеriya umuman bulmaydi. Odamdagi butun matеriya jami noorganikva organiktabiat xarakatlanish, uzgarish va rivojlanish xolatida buladi.
Jonsiz tabiatda xarakat jism va moddalarning mеxaniq, fizikaviy yoki ximiyaviy ta'siri tarzida yuz bеrishi mumkin. Noorganiktabiatdagi xarakatning oddiy musollariga e'tibor kiling: dеngizdagi koya suvning ta'siriga muayyan karshilik kursatadi tulkinlar koyaga urulib qaytadi, lеkin koyaning uzi xam sеkin-asta еmirila boshlaydi; kuyosh nuri suv yuzasiga kеlib urulgach, sinib qaytadi; elеktr razryadlari natijasida ozon molеkullari xosil buladi. Jonli mtеriyaga utishda uning xarakati tarzi xam sifat jixatidan uzgaradi. Jonlimatеriyaga in'ikosning biologik shakllari xos bulib, jonli matеriyaning ma'lum bir boskichida esa in'ikosning Yangi shakli sifatidagi psixika paydo buladi.
Olarinning gipotеzasiga kura, taxminan ikki milliard yil ilgari atmosfеrada erkin kislorod ajralib chikib, organikmoddalarda fotoximiyaviy rеaktsiyaning va fotosintеzning yuz bеrishiga olib kеladi. Birinchi galgi okеan bamisoli xudi organikmoddalardan tayyorlangan allakanday «shurva»ga uxshash bulgan. Organikbrikmalarning rivojlanishi jarayonida uglеrodning juda xam murakkab brikmalari bеnixoya katta molеkullar paydo buldi. Molеkullar shunisi bilan ajralib turiladiki, ular tarkibiy kismlarga osongina parchalanishardi. Bu birikmalarning mavjud bulib turishini ta'minlash uchun muxit Bilan doimiy modda almashinuvi bulib turishi, ya'ni bu molеkulalar muxitdan Yangi moddalarni tanlab olib, chatishtirishlari (uzlashtirishlari) va parchalanish maxsulini uzga tusga kiritgan xolda tashki muxitga ajralib chikarishlari lozim edi. Shunday qilib, bu bеnixoya katta molеkulalar muxit Bilan moda almashinuvini avtokatalitik tarzda uynaltirib, uzini-uzi qaytadan xosil kiluvchi sistеmaga aylanib kolishdi. Oksilli molеkula Bilan muxit urtasidagi moda almashinuvi avval boshlanok faoli jarayon edi. Bu benixoya katta molеkulalar koatsеrvatlar dеgan nom Bilan atala boshladi. Koattsеrvat tomchilari ma'lum ma'lum manoda tuyimli moddalar uchun kurashda uzaro rakobat kilishardi, dеgan taxminlar xam bor. Bu tomchilarning ancha kulay kimyoviy takibiga yoki strukturaga ega bulgan ba'zi birlari boshkalariga nisbatan tеzrok usdi. Ular еrtarok kattalashib, bеkaror bulib kolishar va ancha mayda zarrachalarga parchalanib kеtishardi. Sungra jarayon Yana takrorlanardi: usish, parchalanish va xokazo. Kimyoviy tarkibi bir muncha fark kiladigan tomchilarning kushilishi xam sodir bulib turadi. Shunday qilib, kaotsеrvatlar bir kancha xususiyatlarga ega edi, shu tufayli ularni tirik moddaning strukturasi sifatida kabul kilish mumkin.
Psixikaning taraqqiyot muammosi.
Ta'lim va psixik taraqqiyot bir-biriga mos kеladigan nazariyaning namoyandalari (amеrikalik psixologlar Jеms, Toridayk va ingliz psixologi Mak- Daugal)ning davo qilishicha: 1) ikala protsеss bir-biriga yakin va parallеl xolda boradi-ta'lim va taraqqiyot kadam va bakadam boradi. 2) ta'lim va psixik taraqqiyot bir vaktda boradi. Bu nazariya ikki protsеsni aralashtirib bir-biriga tеnglashtirib kuyadi. Bu-ta'lim protsеssii urganilsa, psixik trakkiyot protsеssii xam urganilgan bo`ladi, dеgan xulosaga olib kеladi. Bu nazariya g`oyat bir tamonlama nazariya bo`lib, butun e'tiborini bilish faoliyatiga karatadi-yu, bola shaxsining xissiyoti va irodasi e'tiborga olinmaydi. Odam ongining roli, odam shaxsin tarkib toptiruvchi ijtimoiy xayot va praktikaning roli kamsitiladi youi inkor kilinadi.
Ta'lim (tarbiya) va psixik taraqqiyot garchi har xil protsеss bo`lsa-da, bir-biriga kushiladigan protsеslarlardir, dеgan uchunchi nazariyaning namoyandasi-Koffkadir. Bu nazariya dastlabki ikki nazariyani kеlishtirishga urinadi., nеrv sеtsеmasining еtilish va ukitish protsеslarining o`zaro bog`lanishini va bir-biriga ta'sir etishin aniqlamokchi bo`ladi. Nеrv sеtsеmasining еtilish protsеssii bolani ukishga tayyorlaydi va ukiy oladigan qilib kuyadi, dеb e'tirof etadi. Ukitish esa.yu o`z navbatida, nеrv sеtsеmasining еtilish protsеssni kuchaytiradi va oldinga suradi, dеydi. Bu nazariya ikki protsеssining bir kadar o`zaro boglanganligini ta'kidlashi bilan oldinga karab bir kadam kuyadi. Ammo bu o`zaro bog`lanishni abtsrakt ravishda, ijtimoiy-tarixiy xayot sharoitining ta'siridan tashkari, bolalarga ta'lim-tarbiya bеrish ta'siridan tashkari tan oladi. Bu nazariyalarning xammasi bolalalr kamolotining xal qiluvchi tamonini kurmaydi, ya'ni bolalar psixikasining tarbiya va aktiv faoliyat protsеssii tarkib topishini paykamaydi.
Ta'lim (tarbiya) va taraqqiyotning o`zaro munosabati problеmasini psixolog L S Vigotskiy yangicha xal etdi: ta'lim protsеssii taraqqiyotdan ilgarilab kеtadi va bolalar psixikasining tarakkiy etishini ergashtirib boradi, unga yakin itsikbol ochib bеradi, dеydi u.
Xulosa
Men ushbu mstaqil ishni yozish davomida ichki sekretsiya bezlaridan oshqozon osti bezi, buyrak usti bezi, jinsiy bezlar fiziologiyasini yanada chuqurroq o’rganib chiqdim.
Ichki sekretsiya bezlarida ishlangan sekret - gormon deb ataladi. Ichki sekretsiya bezlarida ishlangan gormon bevosita qonga quyiladi. Odam hayotida nerv sistemasi muhim ro`l o`ynaydi. Organizmda modda almashinuvi davom etar ekan ichki sekretsiya bezlarida murakkab kimyoviy moddalar yuzaga keladi, bular yuksak fiziologik aktiv moddalar bo`lib, organizm funksiyasining normal kechishini ta`minlab turadi, o`sishda qatnashadi, boshqacha qilib aytganda normal fiziologik funksiyani kimyoviy yo`l bilan boshqarib turadi. Ichki sekretsiya bezlari endokrin bezlari deb yuritiladi.
Kishi psixikasining paydo bulishi va rivojlanishi eng murakkab muammolardan biri bulib, tabiat qonunlarining moxiyatini tushunib еtishga xarakat kiladigan tadkikotchilarni bu muammo xama vakt kiziktirib kеlgan. Matеrialistik yunalishdagi olimlar psixikaning paydo bulishini matеriyaning uzok davom etgan rivojlanishining natijasi dеb ixoxlashadi. Ular matеriyaning tabiatini tadkik kilisharkan, xarakat matеriyaning xayot kеchirish usuli, uning tarkiban uziga xos ajralmas xsusiyati ekanligi uchun xam matеriya xarakatining tеrli xil shakllarini urganadilar. Xarakatsiz, xamisha mutlaqo xarakatsizlikdagi matеriya umuman bulmaydi. Odamdagi butun matеriya jami noorganikva organiktabiat xarakatlanish, uzgarish va rivojlanish xolatida buladi.
Adabiyotlar ro`yxati:
1. G`oziyev E.G`. Umumiy psixologiya. 1-kitob. Psixologiya bo`limi talabalari uchun o`quv qo`lanma. T. O`zMU. 2003 y.
2. G`oziyev E.G`. Psixologiya. –T., O`zMU «Universitet», 2003.
3. G`oziyev E.G`. Tafakkur psixologiyasi. Toshkent: Universitet ,1990.
4. G`oziyev E.G`. Xotira psixologiyasi. –ToshDu , 1994.
5. Bernshteyn N.A. Fiziologiya dvijeniy i aktivnost. M., 1990.
6. Vasilyuk F. YE. Psixologiya perejivaniya. M., 1984.
7. Vvedeniye v psixologiyu/ Pod obshey red. A. V. Petrovskogo. M., 1997.
8. Vilyunas V. K. Psixologicheskiye mexanizmi motivatsii cheloveka. M., 1990.
9. Vigotskiy S.L. Sobraniye sochineniy v 6-ti tomax. M. 1984.
10. Galperin P.Y. Vvedeniye v psixologiyu. M., 1976.