10.1- Rasm. Omborlarni joylashishi bo‘yicha turkumlanishi
Saqlanayotgan yukning assortimentiga qarab, maxsus omborlar, aralash va
universal omborlar bo‘lishi mumkin.
Ushbu belgi bo‘yicha omborlarni ikkita asosiy guruhga bo‘lish mumkin:
Ishlab chiqarish
- texnik maqsadlarga mo‘ljallangan m
ahsulotlar harakati
uchastkasidagi omborlar;
Xalq iste'moli mollari harakati uchastkasidagi omborlar.
1 guruhga kiruvchi omborlar quyidagilar:
-
ishlab chiqaruvchi korxonalarning tayyor mahsulot omborlari;
-
ishlab chiqarish-texnik maqsadlarga mo‘ljallangan
mahsulotlarni iste'mol
qiluvchi korxonalarning xom-
ashyo va birlamchi materiallar omborlari;
-
ishlab chiqarish-
texnik maqsadlarga mo‘ljallangan mahsulotlarni
muomala sohasidagi omborlar.
2 guruhga kiruvchi omborlar quyidagilar:
-
xalq iste'moli mollari bilan ulgurji savdo qiluvchi korxonalar omborlari:
a) ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish joyida joylashgan;
b) ushbu mahsulotlarni iste'mol joyida joylashgan.
Moddiy oqimni turli korxonalar omborlaridan o‘tishining prinsipial
chizmasi
10.2 rasmda keltirilgan.