Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti


Qishloq xo`jaligida narxlar tizimi



Yüklə 39,75 Kb.
səhifə3/3
tarix16.12.2023
ölçüsü39,75 Kb.
#183365
1   2   3
AGROBIZNESNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH FANINING PREDMETI VA VAZIFALARI

Qishloq xo`jaligida narxlar tizimi

Qishloq xo`jaligida narxlarning quyidagi tizimi va turlaridan keng foydalaniladi:



  • qishloq xo`jaligi mahsulotlarini davlat tomonidan xarid qilish narxlari. Hozirda asosanpaxta va don mahsulotlari uchun xarid narxlari o`rnatilgan;

  • dehqon bozori narxlari. Dehqon bozorida qishloq xo`jalik mahsulotlariga asosan ulgurji va chakana narxlar ishlatiladi. Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini yirik miqdorda xarid qiluvchilar ulgurji narxlardan foydalanadilar. Odatda, ulgurji narxlar chakana narxlardan ancha past bo`ladi. Qishloq xo`jaligi mahsulotlari pishib yetilgan paytda ishlab chiqaruvchilar o`z mahsulotlarini tezroq sotish mahsadida ulgurji narxlarda sotadilar. Chakana narxlarda asosan oila ehtiyojlari uchun mahsulotlar sotib olinadi. Ixtisoslashgan do`konlarda ham asosan chakana narxlarda qishloq xo`jaligi mahsulotlari sotiladi;

  • qishloq zshjaligida ichki hisob-kitoblarni olib borish uchun hisob narxlaridan keng foydalaniladi. Hisob narxlari asosan shirkat bilan shartnoma asosida faoliyat ko`rsatayotgan oila pudrati o`rtasidagi hisob-kitoblarni olib borishda ishlatiladi;

  • qishloq xo`jaligida xizmatlar uchun asosan tarif narxlaridan foydalaniladi. Hozirda qishloq xo`jaligi korxonalariga xizmat ko`rsatadigan MTP xizmatlari ana shu narxlardan foydalanilgan holda olib boriladi;

  • qishloq xo`jaligida amalga oshirilayotgan qurilish – montaj ishlarida esa asosan smeta qiymati narxlari ishlatiladi;

  • hozirgi sharoitda qishloq xo`jaligida shartnoma narxlari ham keng qo`llaniladi.

Narx (baho) iqtisodiy kategoriya hisoblanib, uning iqtisodiyotdagi o`rni va ahamiyati beqiyos. Narx bozor iqtisodiyotining asosiy dastagidir. Mahsulot qiymatining pulda ifodalanishi, mahsulot bahosi, deb yuritiladi.
Uning darajasi har qanday mahsulotning raqobat sharoitida yashab qolishini belgilaydi. Iqtisodiy asoslangan narxlar qilingan xarajatlarni to`liq qoplashi va mahsulotni ishlab chiqarib sotuvchi ma`lum miqdorda foyda olishni ta`minlashi lozim. Lekin mahsulot narxi uning qiymatidan katta bo`lmasligi talab qilinadi. Albatta, ba`zan talab va taklif ta`sirida mahsulotlarning narxlari ularning qiymatidan baland bo`lishi, bunday holat qisqa muddat davom etishi mumkin. Mahsulot narxi uning qiymatidan uzoq muddat baland bo`lishi mumkin emas.
Mahsulot va xizmatlar narxlari 3 ta funksiyani bajaradi. Birinchi funksiyasi – hisobga olish funksiyasidir. Bu funksiya yordamida mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlar hisobga olinadi. Ikkinchi funksiyasi – rag`batlantirish funksiyasidir. Narx orqali u yoki bu mahsulot ishlab chiqarish, tadbirkorlik rag`batlantiriladi. Taqsimlash va qayta taqsimlash – narxning uchunchi funksiyasidir.
Hozirda qishloq xo`jaligida turli narxlar ishlatiladi. Bu narxlar, narxlar tizimi, deb yuritiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:





  1. O`zbekiston Respublikasining «Fermer xo`jaligi to`g`risida»gi qonuni. - T.: «Adolat», 1998. - 19b.

  2. O`zbekiston Respublikasining «Dehqon xo`jaligi to`g`risida»gi qonuni. - T.: «Adolat», 1998. - 16b.

  3. O`zbekiston Respublikasining «Davlat Yer fondining kadastri to`g`risida»gi qonuni. - T.: «Adolat», 1998. - 13b.

  4. O`zbekiston qishloq xo`jaligida islohotlarni chuqurlashtirishga oid qonun, hukumat qarorlari va me`yoriy hujjatlar to`plami. _ T.: «O`zbekistonqituvchi», 1998. - 231 b.

  5. Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada ekinlashtirish sohasidagi ustivor yo`nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “Xalq so`zi” gazetasi, 15 iyun 2005 yil.

  6. Tadbirkorik subyektlarini huquqiy himoya qilish tiziini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “Xalq so`zi” gazetasi, 16 iyun 2005 yil.

  7. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “Xalq so`zi” gazetasi, 15 iyun 2005 yil.

  8. Mikrofirmalar va kichik korxonalani rivojlantirishni rag`batlantiish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. “Xalq so`zi” gazetasi, 20 iyun 2005 yil.

www.ziyonet.uz



Yüklə 39,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin