1. “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” faning predmeti, boshqa fanlar bilan bog`liqligi va o`rni. 2. Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” faning predmetini o`rganish usullari. 3. “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fanining vazifalari. “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” faning predmeti, boshqa fanlar bilan bog`liqligi va o`rni “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani iqtisodiy fanlar tarkibiga kiradi. Har qanday davlatning iqtisodiyoti ma`lum tarmoq, soha va xizmatlar yig`indisidan iboratdir. Ushbu tarmoq, soha va xizmatlar ichida agrosanoat majuasi eng asosiy yo`nalishlardan biri bo`lib insoniyatning hayoti, turmush darajasi uning rivojlanishi bilan belgilanadi. Ushbu sohada insonlarning asosiy oziq-ovqatlari, kiyim kechaklari ishlab chiqariladi. Shu sababli boshqa iqtisodiy fanlar qatorida agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti fani ham shakllanib, rivojlanib kelmoqda.
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani o`z o`rganish obyektlari va predmetiga ega. Fanning predmeti obyektiv iqtisodiy qonunlarning agrosanoat majmuasiga kiruvchi tarmoqlarda amal qilishining o`ziga xos tomonlarni o`rganish hisoblanadi. Doimiy rivojlanishda bo`lgan ushbu fan agrosanoat majmuasi tarmoqlari iqtisodiyotida yuz berayotgan o`zgarishlar, ulardagi ishlab chiqarish omillari: mexnat resurslari, yer va suv fondi, asosiy ishlab chiqarish vositalari va tadbirkorlik imkoniyatlaridan samarli foydalanish yo`llarini o`rganadi. Fan agrosanoat majmuasiga kiruvchi tarmoqlarning o`ziga xos xususiyatlarini, ularda ishlab chiqarishni samaradorligiga ta`sir qiluvchi omillar va ularning ta`sirini ham o`rganadi. U majmua tarmoqlari taraqqiyotidagi ijobiy va salbiy tendensiyalarni o`rganadi va ularni yaxshilash yo`naloishlari to`g`risida zarur bilimlarni mutaxassilarga beradi. Mamlakat iqtisodiyotida olib borilayotgan iqtisodiy siyosatning agrosanoat majmuasi tarmoqlarida amalga oshirish jarayondagi yutuq va kamchiliklarni o`rganadi hamda ularning yechimlari to`g`risidagi bilimlarni o`zida mujassam etadi.
Bu fan o`z predmetini quydagi tartibda o`rganadi: dastlab agrosanot integratsiyasi, majmuaning shakllanish qonuniyatlarini, agrosanoat majmuasining mohiyati, uning tarkibini o`rganadi. Agrosanoat majmuasi tarmoqlariga ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarning tarkibi, hozirgi holati, ularni rivojlantirish jarayonida muammaolar va ularni yechish bilan bog`liq iqtisodiy bilimlar bilan mutaxassislarni (talabalarni) tanishtiradi.
Agrosanoat majmuasida muhim o`rinni qishloq xo`jaligi mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash va tayyor maxsulotlarni iste`molchilarga yetkazib berish bilan shug`ullanuvchi tarmoqlar egallaydi. Agrosanoat majmuasining 3-sohasini tashkil etuvchi bu tarmoqlarning tarkibini, hozirgi rivojlanish darajasini, ulardagi kamchilik va muammollarni tartibga solib ko`rsatadi va ularni yechish yo`llarini o`rganadi.
Agrosanoat majmuasi tarkibida infratuzilmaning ahamiyati katta. Infratuzilma agrosanoat majmuasining 4-sohasi hisoblanadi. Bu fan uni ikkiga bo`lib o`rganadi. Birinchi qismga agrosanaoat majmuasining ishlab chiqarish infratuzilmasi, ikkinchi qismga majmuaning ijtimoiy infratuzilmasi kiradi. Infratuzilmaning (ishlab chiqarish va ijtimoiy) mohiyatini, ahamiyatini, vazifalarini, tarkibini, uning rivojlanish tendensiyalarini tartibga solib o`rganadi. Keyingi mavzuda agrosanoat majmuasining 2- sohasi bo`lgan qishloq xo`jaligi tarmog`ining tarkibi, hozirgi holati, tarmoqda mavjud bo`lgan yutuq va kamchiliklar va sohani rivojlantirish yo`shnalishlarini o`rganadi. Agrar sohaning ishlab chiqiarish omillaridan foydalanish darajasi va ulardan foydalanishni yaxshilash yo`llarini tartibga solib o`rganadi. Qishloq xo`jaligi marketingini alohida bir mavzu sifatida o`rganadi. Mamlakatmiz moliya va kredit siyosatining agrosanoat majmuasi tarmoqlari iqtisodiyotidagi o`rni beqiyosligini hisob olib, ularni alohida mavzu sifatida o`rganadi. Xorijiy davlatlar agrar siyosatini o`rganish katta ahamiyatga egaligini e`tiborda tutib, Yevropa hamjamiyati davlatlarining yagona agrar siyosati to`g`risida ham qisqacha malumotlar beradi.
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani har bir tarmoq iqtisodiyotini alohida-alohida emas, balki ulardan har birga tegishli malumotlar asosida oxirgi mahsulot ishlab chiqarishni ko`paytirish, uning tannarxini pasaytirish , mehnat unumdorligini oshirish va mahsulotlar sifatini yaxshilashni ta`minlovchi mexanizmni yaratish nuqtai nazardan o`rganadi.
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani “Iqtisodiy nazariya”, “Miqroiqtisodiyot”, “Makroiqtisodiyot”, “Marketing”, “Menejment”, “Iqtisodiy statistika”, Iqtisodiy geografiya”, “Hudud iqtisodiyoti”, “Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti”, “Fermer xo`jaliklari iqtisodiyoti”, “Qishloq xo`jaligi huquqi” , “Korxona iqtisodiyoti”, “Iqtisodiy sotsiologiya”, “Mehnat iqtisodiyoti”, moliya va soliq kabi qator fanlar bilan uzviy bog`liq. Shu bois o`z predmetini ko`plab fanlar yordamida o`rganadi. “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani juda ko`plab iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog`liq holda rivojlanadi va ularda erishilgan yutuqlar bilan boyib boradi, o`z navbatida, boshqa iqtisodiy fanlarning rivojiga hissa qo`shadi.