«Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti» faning predmetini
o`rganish usullari
Iqtisodiy fanlar o`z predmetlarini o`rganish maqsadida qanday usullardan foydalansa, “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyot” fani shu usullaridan foydalanadi. Faqatgina o`z xususiyatlaridan kelib chiqib ayrim usullardan ko`proq, ayrimlardan kamiroq foydalanadi.
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani o`z predmetini o`rganishda muayyan usullardan ko`proq foydalanadi. Bu usullarga: monografik tadqiqotlar, iqtisodiy –matematik, iqtisodiy taxlil va sintez, iqtisodiy taqqoslash, statistik, induksiya va deduksiya tarjiba, hisob konstruktorlik kabilar kiradi.
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani tarixiy fandir. U o`z rivojlanish tarixiga ega. Fanning muammolarini o`rganish juda qadim davrlarga borib qadaladi. Lekin olohida fan sifatida shakllanganiga uncha katta vaqt bo`lgan emas. Adabiyotlarda “agrosanoat integratsiyasi”, “agrobiznes”, “agrosanoat majmuasi” tushunchalari 1950 yillar oxiri 1996 yillarning boshlariga to`g`ri keladi. “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” alohida fan sifatida 1960 yillardan boshlab o`rganila boshlandi. Bizning mamlakatimizda bu fan 1970 yillarning o`rtalarida shakllandi va mutaxassislar tomonidan o`rganilib rivojlantirilmoqda. “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani rivojlanib boryotgan fanlar qatoriga kiradi. Shu sababli dunyo iqtisodiyotida va mamalakat iqtisodiy siyosatida yuz berayotgan berayotgan hodisalar “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fanining rivojlanishiga bevosita ta`sir etadi. Shunday ekan, fan o`z predmetini o`rganishda tarixiy –dealektik rivojlanish usulidan ham keng foydalanadi. Bunda majmuaga kirgan bir tarmoqda yuz bergan o`zgarish uning boshqa tarmoqlari foliyatida o`z aksini topishi doimiy hisobga olinib turiladi. Demak, “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fan boshqa iqtisodiy fanlar kabi iqtisodiyot yuz berayotgan barcha o`zgarishlarni bir-biriga bog`liq holda o`rganadi.
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fanining
vazifalari
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fanining asosiy vazifasi o`quvchilarni agrosanoat majmumasi tarmoqlarida iqtisodiyotning dolzarb masalalari bilan tanishtirish, ularni yechish bo`yicha mutaxassilarga yetarli darajada bilim berishdir. Ushbu masalalarga quyidagilarni kiritish mumkin:
agrosanoat integratsiyasi;
agrosanoat majmuasi tarmoq tarkibi;
agrosanoat majmuasi tarmoqlari rivojlanishining hozirgi holati;
majmua tarmoqlaridagi ishlab chiqarish omillaridan samarali foydalanish yo`llari;
agromarketing;
agrosanoat madmuasi menejenti;
majmuaning moliya va kredit, soliq siyosati;
agrosanoat majmuasi tarmoqlarini rivojlantirish yo`nalishlari.
Ushbu masalalarni to`g`ri tushunish va ularning yechimlari to`g`risidagi bilimlar bilan talabalarni, mutaxassislarni qurollantirish agrosanoat majmuasining asosiy vazifalari hisoblanadi. Fanni o`rganish tufayli o`quvchi agrosanoati majmuasi to`g`risida, uning iqtisodiy masalalari, muammolari haqida minimal bilimlar majmuasi ega bo`ladi. Turli tarmoqlar iqtisodiyotini alohida-alohida o`rgangan mutaxassislarni agrosanoat majmuasiga kiruvchi tarmoqlar iqtisodiy manfaatlarini bir –biriga moslashtirishining, ta`bir joiz bo`lsa, bo`ysundirishning zarurligi to`g`risidagi bilimlar bilan qurollantiradi. ”Agrosanoat majmusi iqtisodiyoti” fani talabalarning iqtisodiy bilimlari yanada mukammal bo`lishini ta`minlaydi, ularni ishlab chiqarishni tashkil etish jarayonida to`g`ri qabul qilishga o`rgatadi.
Mamlakat hukumatining iqtisodiy siyosatini o`rganish va uning tegishli qismini mutaxassislarga yetkazish “Agrosanoat majumasi iqtisodiyoti” fani talabalarga bir-biri bilan texnologik jihatidan bog`langan ko`plab tarmoqlar mutonosib rivojlanishi zarurligi to`g`risidagi bilimlarni o`rgatadi, aholining turmush darajasi, eng avvalo, ushbu majmua tarmoqlarining rivojlanganlik darajasiga va ularning mutonosib rivojlanishiga bog`liq ekanligini isbotlaydi.
Agrosanoat majmuasi resurslaridan foydalanishning eng maqbul yo`llarini ko`rsatish ham ushbu fanning vazifasiga kiradi. U mutaxassislarga agrosanoat majmuasi korxonalari mahsulotlariga bo`lgan talab uzoq va qisqa davrlarda shakllanishining umumiy qoidalarini o`rgatadi, ularni majmua mahsulotlariga narx shakllanishining o`ziga xos tomonlari to`g`risidagi bilimlar bilan qurollantiradi.
Agrobiznes qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va
sotishga qaratilgan agrosanoat majmuasi tizimida iqtisodiy tadbirkorlik
faoliyati sifatida belgilanishi mumkin. Bunday biznesning asosini
yagona bo’lgan bozor tashkil etadi.
Agrobiznesning maqsadi qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan
talabni to’liq qondirish orqali daromadlarni maksimal darajada
oshirishdir.
Bugungi zamonaviy iqtisodiyyotni raqobatbordoshligi sharoitida
mahalliy agrobiznes ichki va tashqi bozorda sog’lom raqobat qilish
qobiliyatiga muhtoj. Buning uchun esa, bugungi kunda agrobiznesni
tashkil etish va uni boshqarish ilmini chuqurroq o’rganishni talab etadi.
Agrobiznesni tashkil etishning o’ziga xos xususiyati biznesning ishlab
chiqaruvchilar va qayta ishlash tarmoqlari sub’ektlari o’rtasidagi yaqin
hamkorliklari va o’zaro munosabatlarini o’rnatishdir. Bu yerda xususiy
tadbirkorlar va firmalar, keyinchalik qishloq xo’jaligi mahsulotlarini
sotishdan foyda ko’radilar.
Qishloq xo’jaligini samarali rivojlantirish uchun zarur bo’lgan
zamonaviy texnika va uskunalarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar
bilan yaqin hamkorlik ham muhim ahamiyatga ega.
Fanni maqsadi - talabalarga hozirgi qishloq xo’jaligini
modernizatsiyalash sharoitida agrobiznesni tashkil etish, tadbirkorlik
faoliyatini huquqiy davlat tomonidan qo’llab - quvvatlash, agrobiznesda
ixtisoslashtirish va joylashtirish, agrobiznesda yer va suv resurslaridan,
moddiy-texnika va mehnat resurslaridan foydalanishni tashkil etish,
agrobiznesni boshqarish, qishloq xo’jaligi tadbirkorligida biznes reja,
innovatsion loyihalarni boshqarish, agrobiznesda moliya, kredit
munosabatlari, marketing va uni strategik rejalashtirish, ishlab
chiqarishga xizmat ko’rsatishda agrobiznesni tashkil etish, mahsulotlarni
qayta ishlash, saqlash, realizatsiya qilish, tadbirkorning etikasi,
qarorlarini qabul qilish, xavf-xatarni va axborot texnologiyalarini
Iqtisodiy kategoriyalar orasida eng murakkabi va o`zida barcha omillarni ifodalashibo`yicha narxga teng keladigani kam. Ayrim iqtisodiy adabiyotlarda “narx”, ayrimlarida “baho” tushinchasi ishlatiladi. Biz bu so`zlarning mohiyatida bir narsani ko`ramiz. Narx – mahsulot qiymatining pulda ifodalanishidir. Bu yerda qiymat qonuni amal qiladi. Narxning talab va taklif asosida qiymat atrofida o`zgarib turishi qiymat qonunining mazmunini ifodalaydi.
Bozorda mahsulotlar narxlarining qanday bshlishi ko`plabomillarga bog`liq. Shulardan eng asosiysi talab va taklif miqdorining bir – biriga mos kelishidir. Albatta, bu umumiy qoida uzoq muddatga saqlanib turadi. Lekin ayrim hollarda, mahlum davrlarda talab va taklif bozor ishtirokchilarining ta`sirida mos kelmasligi, ko`proq foyda olish maqsadida qonuniyat yuzasidan shakllangan narx o`zgartirilishi ham mumkin. Bunday holda shu tavarning o`rnini bosadigan boshqa tavarlarning mavjudligi, ularning narxlari katta omil bo`lib yuzaga chiqadi. Agarda biz iste`mol qilmoqchi bo`lgan tavarning narxi keskin yoki qisman oshirilsa, iste`molchi sifatida darhol uning o`rnini bosadigan boshqa tavar izlaymiz. O`rnini bosadigan yangi tavarning narxi pastroq bo`lgan holda biz shu yangi tavarni sotib olamiz. Natijada, bunday holat ma`lum vaqt o`tgandan keyin dastlabki tavar narxining ham pasayishga olib keladi.
Mahsulotlar narxiga ta`sir etuvchi eng kuchli omillardan biri iste`molchilar xarid qilish qobiliyatlarining yuqori yoki past bo`lishidir. Bu omilni ham hisobga olish zarurati kelib chiqadi. Bozorda shakllanayotgan narx ishlab chiqarishning, xizmat ko`rsatish sohasining nima bilan shug`ullanishini belgilaydi. Ishlab chiqarish resurslariningdoimiy ravishda tarmoqlar o`rtasida taqsimlanib va qayta taqsimlanib turishiga olib keladi. Shu yo`l bilan mamlakat iqtisodiyoti ma`lum darajada tartibga solinib turiladi va talab bor sohalarning rivojlanishini ta`minlaydi.
Iqtisodiy jihtdan asoslangan mahsulot qiymatidan past, lekin uni ishlab chiqarish va sotishga ketadigan xarajatlardan, boshqacha qilib aytganda, mahsulot tannarxidan yuqori bo`lishi kerak. Ana shu qonuniyat ta`minlangan holda mahsulot va xizmat turlarini ishlab chiqarish rivojlanib boradi. Bu zaruriyat qishloq xo`javligida doimo ham ijobiy yuzaga chiqmaydi. Gap shundaki, qishloq xo`jaligida mahsulotlar ishlab chiqarishdayaxshi, o`rta va yomon imkoniyatlardan ham foydalinadi. Chunonchi, halqning qishloq xo`jaligi mahsulotlariga bo`lgan talabini qondirish qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish uchun yomon shoroitga ega yerlardan ham foydalanish zarurligini keltirib chiqaradi. Natijada yaxshi, unimdor yerda dehqonchilik qiladiganlarningoladigan mahsuloti kshp va xarajatlari kam bo`ladi. Yomon, unimsiz yerlarda dehqonchilik qilganlar esa ko`p xarajat qiladilar va kam mahsulot yetishtiradilar. Bozorda esa narx bu sharoitlarni hisobga olmaydi. Shu sababli qishloq xo`jaligida narx siyosatiga, ishlab chiqaruvchilar daromadlarining kamayib ketishiga yo`l qo`ymaslik uchun davlatning aralashuvi zarurati kelib chiqadi.
Narxlar quyidagi funksiyalarni bajaradilar:
hisobga olish yoki hisoblash funksiyasi. Narxlar har bir mahsulot va xizmat turi qanchaga tushayotganini bildiradi. Narxlar orqali barcha iqtisodiy ko`rsatkichlar aniqlanadi. Ularning yordamida mamlakatning yalpi ichki mahsuloti, ishlab chiqarish resurslardan foydalanishning samaradorligi va boshqalar aniqlanadi;
rag`batlantiruvchilik funksiyasi. Narxlar iqtisodiyotni tartibga olib turishda va zarur bo`linmalarni tezda rivojlantirishda katta dastak hisoblanadi. Narxlarning mahsulot tannarxidan yuqori bo`lishi ishlab chiqaruvchilar foyda qilishini ta`minlaydi. Narx qancha baland bo`lsa, xarajatlar o`zgarmagan holda korxona shuncha ko`p foyda oladi. Albatta, bu ishlab chiqarishni yanada kengaytirishni rag`batlantiradi. Aksincha, narx mahsulot tannarxidan past bo`lgan holda rivojlanish haqida gap borishi mumkin emas. Mahsulotlar sifatining oshishida ham narxning rag`batlantiruvchilik funksiyasi katta ahamiyat kasb etadi;
taqsimlash va qayta taqsimlash funksiyasi. Narx mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari o`rtasida yaratilgan daromadni taqsimlaydi va qayta taqsimlaydi. Bundan tashqari u mamlakatda yaratilgan daromad iste`mol va jamg`arma fondlariga taqsimlanishini ta`minlaydi.
Dostları ilə paylaş: |