Agrosanoat majmuasining mohiyati, tarkibi va rivojlanishi.
Agrosanoat integratsiyasi – sanoat va qishloq xo’jaligining bir-biriga singib ketishi, bir butun tizimga aylanishidir. Agrosanoat integratsiyasi ijtimoiy mehnat taqsimoti va kooperatsiyasini rivojlanishining natijasidir. Tarmoqlarning bir-biridan ajralib ketishi ularning ishlab chiqargan mahsulotlarini ayriboshlashni kuchayishini talab qildi. Bir tarmoqda ishlab chiqariladigan mahsulotga talab asosan boshqa tarmoqda vujudga keladi. Natijada bir tarmoq ikkinchisiz mo’’tadil rivojlana olmaydi. Bu ularni integratsiyalashuvi zaruratini keltirib chiqaradi. Sanoat va qishloq xo’jaligining rivoji ular o’rtasida aloqalarning murakkablashuviga olib keldi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari qayta ishlanish uchun qayta ishlash sanoatiga tushadi. Buning natijasida qishloq xo’jaligi sanoat uchun xom ashyo yetkazib beruvchi tarmoqqa aylana boradi. Qishloq xo’jaligining oxirgi iste’molchi bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqasi kamayib boradi. O’z navbatida iste’molchilarga tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchilar yaqinlashib boradi. Keyingi yillarda ishlab chiqarish shu darajada yuksalib bormoqdaki, iqtisodiyotning turli tarmoqlari bir-biri bilan juda chambarchas bog’lanib qolmoqda. Ularning bog’lanishi, ayniqsa, texnologik jihatidan bir – birini to’ldiruvchi tarmoqlarda kuchli. Agrosanoat majmuasiga kiruvchi tarmoqlarda bu jarayon juda yorqin namoyon bo’lmoqda.
Bugungi kunda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi, uni tayyorlovchi, qayta ishlovchi, saqlovchi, qayta ishlangan tayyor mahsulotni iste’molchilarga yetkazib beruvchi sohalar iqtisodiyotini bir – biridan ajri holda tasavvur etib bo’lmaydi. Bu tarmoqlar yagona bir tizimni tashkil etadi va ularning birgalikda mutanosib ishlashi provard natijaning samarali bo’lishini ta’minlaydi. Agrosanoat integaratsiyasining yanada chuqurlashib borishi ob’yektiv jarayondir. Bu, albatta, qishloq xo’jaligining va umuman, agrosanoat majmuasining, iqtisodiyotning rivojlanishiga olib keluvchi jarayondir. Agrosanoat integratsiyasining va kooperatsiyasining mahsuli sifatida o’tgan asrning 60-yillaridan boshlab mamlakatimizda agrosanoat majmuasi yagona tizim sifatida shakllana boshladi.
Agrosanoat majmuasi – qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, ularni tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va tayyor mahsulotni iste’molchilarga yetkazib beruvchi, yagona maqsadlarga bo’ysundirilgan, texnologik jihatdan ustun darajada bir biri bilan bog’langan tarmoq va xizmatlar yig’indisidir.
Mamlakat agrosanoat majmuasi murakkab tarkibiy tuzilmaga ega bo’lib, uning tarkibi 4 ta sohadan tashkil tapadi. Iqtisodchi olimlar agrosanoat majmuasining tarkibi bo’yicha bir xil fikrga ega emaslar. Agrosanoat majmuasining tashkiliy-iqtisodiy masalalariga bag’ishlangan yuzlab ilmiy maqolalar, monografiyalar e’lon qilingan va dissertatsiyalar yozilgan. Ayrim olimlar agrosanoat majmuasining tarkibi 6 ta, ayrimlari esa 5 ta, bir guruhi 4 ta va boshqa birovlari 3 ta sohadan iborat deyishgan. Ularning har biri agrosanoat majmuasini tarkibini ilmiy izlanishning maqsadi bo’yicha izohlagan. Agrosanoat majmuasining tarkibini ilmiy asarlarda belgilangan tasnifini birortasini inkor qilmagan holda uning tarkibini 4 ta sohaga bo’lib o’rganish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Bu sohalar quyidagilardir.
Birinchi soha. Agrosanoat majmuasi tarmoqlari (tizimi) uchun ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi soha. Bu sohaga agrosanoat majmuasi uchun mashina, traktor, kombayn, stanoklar, ishchi mashinalar ishlab chiqaradigan mashinasozlik, ma’danli o’g’it va ximikatlar ishlab chiqaruvchi kimyo sanoati, chorvachilik uchun omixta yem ishlab chiqaruvchi korxonalar, qishloq xo’jaligi ekinlari va chorva mollari uchun dori-darmon ishlab chiqaruvchi ixtisoslashgan korxonalar kabilar kiradi.
Ikkinchi soha. Qishloq xo’jaligining o’zi. Bu soha agrosanoat majmuasining asosini, yadrosini tashkil etadi va majmuaning bashqa sohasiga kiruvchi tarmoqlar asosan shu tarmoq mahsulotlari asosida faoliyat yurtadilar yoki xizmat ko’rsatadilar. Qishloq xo’jaligi o’z navbatida o’simlikchilik va chorvachilik tarmoqlariga bo’linadi. Bundan tashqari agrosanoat majmuasining ikkinchi sohasiga, pillachilik, asalarichilik, qisman o’rmonchilik hamda baliqchilik kiradi.
Uchinchi soha. Bu soha - qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlovchi, qayta ishlovchi va tayyor mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib beruvchi tarmoqlar yig’indisidan iborat. Oziq-ovqat sanoati, paxta zavodlari, go’sht, sut zavodlari, meva sharbatlari chiqaruvchi zavodlar, Yog’-moy zavodlari, junni, kanopni, pillani qayta ishlash zavodlari, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yoki ularni qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlarni saqlaydigan korxonalar, ularni sotish bilan shug’ullanuvchi korxonalar shu sohaning tarkibini tashkil etadi.
To’rtinchi soha. Bu soha - agrosanoat majmuasi infratuzilmasidan iborat. Agrosanoat majmuasi infratuzilmasi juda murakkab tarkibga ega. Su bilan birgalikda ularning ayrimlari o’z xizmat xususiyatiga ko’ra ishlab chiqarish hamda ijtimoiy infratuzilma tarkibigi kirishi mumkin. SHunga qaramasdan iqtisodiy tahlil qilishning, qarorlar qabul qilish uchun zurur sifatli ma’lumotlarni olish uchun uni tasniflash maqsadga muvofiq. Infratuzilmaning o’zi ikkiga bo’linadi. Birinchi qismi ishlab chiqarish infratuzilmasi bo’lsa, ikkinchi qismi ijtimoiy infratuzilmadir. Mamlakat agrosanoat majmuasining umumiy ko’rinishini quyidagicha ifodalash mumkin:
Qishloq xo‘jaligida mulk va xo‘jalik yuritish shakllarining samaradorligi.
Mulk va tadbirkorlik haqida tushuncha, uning iqtisodiy negizi, shakllari Qishloq xo‘jaligining asosiy maqsadiga erishish tarmoqda tadbirkorlik faoliyatlari amalgaoshirilishini taqozo etadi. Tadbirkorlik-mulkchilik sub’yektlarining qishloq xo‘jalikmahsulotlari etishtirish, ularni qayta ishlash va sotish hamda xizmatlar ko‘rsatish natijasidafoyda yoki daromad olishga qaratilgan tashabbuskorlik bilan faoliyat ko‘rsatishidir. Bozoriqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik qishloq xo‘jaligida ham yuridik, ham jismoniy shaxslartomonidan amala oshiriladi. Bu jarayonda ular O‘zbekiston Respublikasining «Mulkto‘g‘risida»gi, «Korxonalar to‘g‘risida»gihamda «Tadbirkorlik to‘g‘risida»gi qonunlaritalablariga qat’iy rioya etishlari zarur. Ular faoliyatlarini samarali amalga oshirishlari uchunmustahkam iqtisodiy negizga ega bo‘lishlagri kerak. Ularning iqtisodiy negizini esa mulktashkil etadi. Mulk O‘zbekiston Respublikasida qonunga binoan quyidagi shakllarda bo‘lishimumkin Mulkdan foydalanish - bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi ijtimoiy hayotda qo‘llanilishidir. Mol-mulkni o‘zlashtirish yuz berganda u daromad olish uchun yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ishlatilishini bildiradi. Mulkni tasarruf etish - bu mol-mulk taqdirining mustakil hal qilinishidir. U mol-mulkni sotish, meros qoldirish, xadya qilish , ijaraga berish kabi xollar orqali ro‘y beradi.Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmunini uning ajralmas jihatlari (egalik qilish , foydalanish, o‘zlashtirish va tasarruf etish) belgilab bersada, bu munosabatlar tavsifi nafaqat alohida mulk shakllarida, balki bitta mulk shakli doirasida ham farqlanishi mumkin.
Mulkchilik jamiyatdagi ham huquqiy, ham iqtisodiy munosabatlar mazmunini o‘zida ifodalaydi. Mulkchilikning huquqiy va iqtisodiy mazmuni o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqozo qiladi, shu sababli mulkchilik bir vaktda ham iqtisodiy, ham huquqiy kategoriya hisoblanadi. Bu birlikda, yuqorida ko‘rsatilganidek, hal qiluvchi rolni mulkchilikning iqtisodiy tomoni egallaydi. Agar mulk iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqarilmasa, ya’ni o‘zlashtirilmasa, ishlab chiqarishda foydalanilmasa yoki mulk egasiga daromad keltirmasa, bunda u «huquqiy» kategoriya sifatida qoladi. Mulkchilik xo‘jalik va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllari orqali iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqariladi. Boshqa tomondan, mulkchilikning huquqiy jihati uning iqtisodiy tomoniga nisbatan faqat bo‘ysinuvchi rol o‘ynamaydi. Bu shunda ko‘rinadiki, ishlab chiqarish vositalariga ma’lum huquqiy egalik qilmasdan, xech kim ishlab chiqarish jarayonini amalga oshira olmaydi, ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mahsulotdan foydalana olmaydi. Shu sababli mulkchilikning huquqiy normalari (egalik qilish, tasarruf qilish, foydalanish huquqi) iqtisodiy munosabatlarning aniqlashtirilgan ko‘rinishi hisoblanadi. Huquqiy normalar, bir tomondan, aynan mulkchilik munosabatlarini muhofaza qilish zarurati bilan bog‘liq xolda vujudga kelsa, boshqa tomondan u tovar ishlab chiqarish sharoitida mulkchilik munosabatlarini rivojlantirishda g‘oyat muhim rol o‘ynaydi. Bu rol shunda ko‘rinadiki, tovar xo‘jaligi sharoitida ayrim ijtimoiy qatlamlar ishlab chiqarish jarayonida qatnashmasdan, ayirboshlash munosabatlarida ishtirok etib (masalan, savdo vositachilari) mulkdorga aylanish imkoniyati paydo bo‘ladi. Shunday qilib, mulkchilikning huquqiy normalari, birinchidan, ishlab chiqarish vositalari va yaratilgan moddiy ne’matlarning muayyan shaxslarga (huquqiy yoki jismoniy) tegishli ekanligini, ikkinchidan, mulk egalarining qonun bilan qo‘riqlanadigan vakolatlarini va nihoyat, uchinchidan mol-mulkni himoya qilish usullarini belgilab beradi.
Mulkchilik munosabatlari uning ob’ektlari va sub’yektlari bo‘lishini shart qilib qo‘yadi. Mulkka aylangan barcha boylik turlari mulkchilik ob’ektlaridir. Mulk ob’ekti bo‘lib, inson yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar, tabiiy boyliklar, aqliy mehnat mahsuli, insonning mehnat qilish qobiliyati - ishchi kuchi va boshqalar hisoblanadi. Mulk ob’ektida asosiy bo‘g‘in - bu ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kimniki bo‘lsa, ishlab chiqarilgan mahsulot ham unga tegishli bo‘ladi. Real hayotda ishlab chiqarish vositalarining umumlashish darajasi turli xil, ya’ni ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan qo‘shilishi turli darajada va turli shakllarda amalga oshiriladi. Shunga mos ravishda mulk sub’yektlari vujudga keladi. Mulk sub’yekti jamiyatda ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy mavqega ega bo‘lgan, mulk ob’ektini o‘zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari bo‘lib, ular jamoa, sinf, tabaqa yoki boshqa ijtimoiy guruhlarga birlashgan bo‘ladi. Ayrim kishilar, oilalar va davlat ham mulkchilik sub’yekti bo‘lib chiqadi. Mulk obyektlari va subyektlari yordamida mulkchilik munosabatlari va huquqlarini yanada yaqqolroq tushunish mumkin. Mulkchilik munosabatlari - bu mulk ob’ektini o‘zlashtirish bo‘yicha mulk sub’yektlari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatdir.
Dostları ilə paylaş: |