Shaxsiy manbalar. Sanab o‘tilgan ta'lim faoliyatining faollik manbalari orasida shaxsiy manbalar boshqalariga nisbatan asosiy o‘rinni egallaydi. Shaxsiy (xususiy) manbalarning tarkibiga shaxsning qiziqish, ehtiyoj, hamda ta'lim, shuningdek, boshqa faoliyat turlarida ham o‘zini namoyon etish, ko‘rsatish, o‘zligini anglash, jamiyatda o‘z o‘rnini topishga intilishi bilan bog‘liq xatti-harakatlari majmuasi kiradi.
O‘quv faoliyatining ichki, tashqi va shaxsiy (xususiy) faollik manbalari uyg‘unligi bevosita ta'lim jarayoni sifati va uning yakuniy natijalariga o‘zining amaliy ta'sirini ko‘rsatadi. Mazkur faollik manbalaridan birining yetishmasligi o‘quv motivlari tizimining nomukammalligiga yoki ular tarkibining buzilishiga olib keladi.
O‘quv motivlari tasnifi.
Yuqorida zikr etilgan faollik manbalari asosida quyidagi motivlar guruhini ajratib ko‘rsatish mumkin:
Ijtimoiy motivlar (ta'limning ijtimoiy ahamiyatini anglash, uning shaxsni rivojlantirish xususiyatiga egaligini bilish, ta'limning dunyoqarashni o‘stirish, fikr doirasini kengaytirishning zaruriy sharti ekanligini tushunib yetish va boshqalar). Ijtimoiy motivlar shunday motivlarki, bunda bola ta'limni hayotiy zarurat sifatida anglab yetadi va o‘z ustozlaridan rag‘bat olishga intiladi.
Ular ta'lim faoliyati jarayonidagi ichki o‘quv motivi shakliga xos bo‘lmasa-da tabiiy hol sifatida qabul qiladi.
Anglab yetilganlik (bilim olishga bo‘lgan qiziqish, qiziquvchanlik, bilish qobiliyatlarini o‘stirishga bo‘lgan intilish, intellektual faoliyatdan zavq ola bilish va boshqalar).
Shaxsiy (o‘zini hurmat qilish, o‘rtoqlari orasida ajralib turishga bo‘lgan intilish, hurmatga loyiq bo‘lgan shaxslarga taqlid, atrofdagilarning e'tiborida bo‘lishga bo‘lgan intilish singari).
M.V.Matyuxina bular orasidan ikki asosiy motivni ajratib ko‘rsatadi.
I. O‘quv faoliyatining asosida mavjud motivlar:
1) ta'lim mazmuni bilan bog‘liq motivlar:o‘quvchini yangi faktlarni bilish-o‘rganishga, bilimlarni egallashga, turli vositalar asosida o‘rganilayotgan jarayonning tub mazmun-mohiyatini bilish, anglab yetishga yo‘naltiradi.
2) o‘quv jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan motivlar: o‘quvchida ta'lim jarayonida turli xarakterdagi topshiriqlarni bajarish paytida intellektual faollik namoyish etishga, tafakkur qilish, mushohada yuritish, shuningdek, ta'lim jarayonida topshiriqlarni bajarish chog‘ida uchraydigan qiyinchiliklarni yengib o‘tish, ya'ni bolani natija bilan emas, balki ta'lim jarayonidagi faoliyatning qiziqarliligi bilan band qilib qo‘yish.
Dostları ilə paylaş: |