Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya bo‘limi



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/16
tarix27.01.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#81205
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
abdulla oripov 2021



Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi 
Axborot-bibliografiya bo‘limi
 
O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni, jamoat arbobi
Abdulla Oripov (1941-2016) tavalludining 80 yilligi
munosabati bilan “She’riyatga baxshida umr” nomli 
 
 
 
TAVSIYAVIY RO‘YXAT 
 
 
 
 
 
 
Farg‘ona – 2021


O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov 
(1941-2016) 
 
O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov 
Hamza 
nomidagi 
Respublika 
Davlat 
mukofotining laureati, Kaliforniya (AQSH) Fan, 
Ta’lim, 
Sanoat 
va 
San’at 
xalqaro 
akademiyasining 
haqiqiy 
a’zosidir. 
Mustaqilligimizning 
yetti 
yilligida 
unga 
birinchilardan bo‘lib “O‘zbekiston Qahramoni” 
degan yuksak unvon berildi. 2007 yili Abdulla 
Oripov Jahon intellektual mulk tashkiloti 
tomonidan umumjahon madaniyatiga o‘zining 
ijodiy hissasini qo‘shganligi uchun oltin medal 
bilan taqdirlangan. Italiya yulduzlari nomli 
umumjahon faxriy yorliq bilan 2015 yilda 
taqdirlangan. Abdulla Oripovga ushbu faxriy 
yorliqni Italiya Prezidenti Serjo Matarelli 
taklifiga ko‘ra topshirilgan. 
Abdulla Oripov - noyob iste’dod egasi. Chuqur falsafiylik, milliy ruh, diniy-
axloqiy mezonlarga sadoqat shoir she’riyati asoslarini tashkil etadi. O‘zbek xalqining 
milliy tiklanishi, hurfikrlilik va mustaqillik uchun kurashida Abdulla Oripov she’riyati 
katta o‘rin tutadi. 
O‘zbekiston xalq shoiri, taniqli jamoat arbobi Abdulla Oripov 1941 yili 
Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Neko‘z qishlog‘ida dunyoga keldi. O‘rta 
maktabni 1958 yili oltin medal bilan tugatgach, Toshkent Davlat universiteti filologiya 
fakultetining jurnalistika bo‘limiga kirib, uni 1963 yili muvaffaqiyat bilan bitirdi. 
1968 yildan buyon turli nashriyotlarda muharrir, Yozuvchilar uyushmasida kotib 
vazifalarida xizmat qilib keldi. Mualliflar huquqini himoya qilish agentligining raisi, 
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi lavozimlarida ishlagan. 
Abdulla Oripovning ijodi talabalik yillarida boshlangan bo‘lib, uning birinchi 
she’rlar to‘plami “Mitti yulduz” 1965 yili chop etilgan. Keyin shoirning “Ko‘zlarim 
yo‘lingda” (1967), “Onajon” (1969), “Ruhim” (1971), “O‘zbekiston”, “Qasida” 
(1972), “Xotirot” (1974), “Yurtim shamoli” (1974), “Hayrat” (1979), “Najot qal’asi” 
(1981), “Yillar armoni” (1983) she’riy to‘plamlari bosilib chiqdi. Mazkur to‘plamlarga 
kirgan she’rlarni ko‘zdan kechirar ekanmiz, ularda shoirning she’rdan-she’rga, 
to‘plamdan-to‘plamga, yildan-yilga o‘sib, ijodi barkamollashib borganligiga guvoh 
bo‘lamiz. Ayniqsa, 70-yillardan keyingi asarlarida hayot va inson, jamiyat va tabiat 
haqidagi falsafiy mushohadalarining tobora chuqurlashib borayotganligi seziladi. 
Kuchli ehtirosli tuyg‘ular ularda o‘zining yuksak talqinini topib boradi. Bu, bora-bora 
teran fikr bilan yuksak badiiylikning omuxtasiga aylanib, shoirning ijodiy kamolotga 
erishganidan darak beradi. 
Bunga Abdulla Oripovning “Saylanma” (1996) to‘plamini o‘qib amin bo‘lishimiz 
mumkin. Ayniqsa, istiqlol g‘oyasi, el-yurt mustaqilligi, ona Vatanni ozod va obod 
ko‘rish istagi satrdan-satrga parvarish topib, ajib bir porloqlik hosil qiladi. Shoirning 


“Men nechun sevaman O‘zbekistonni”, “O‘zbekistonda kuz”, “Kuz” kabi 60-yillarda 
yozilgan she’rlaridayoq istiqlol nurlari jilva qilgandek bo‘ladi. Xullas, Vatan va xalqqa 
mehr-muhabbat, tabiatni sevish, ardoqlash, imonli, vijdonli insonlarga madhiyalar 
o‘qish, goh yig‘lab, goh quvonib kuylash shoir tuyg‘ulari ummonini tashkil etadi. 
Abdulla Oripov ijodining keyingi bosqichi yana ham tuyg‘ularga boy, fayzli va 
serbarakadir. Jumladan, “Haj daftari” (1992) turkumiga kirgan she’rlarida endi shoir 
ma’naviyatimiz manbalarini kashf etish yo‘lidan boradi. Qur’oni Karim, Hadisi 
shariflardan zamonaviy ma’nolar izlaydi va topadi. U dostonnavis va dramaturg 
sifatida ham ma’lum va mashhurdir. Xususan, “Jannatga yo‘l” dostoni va “Sohibqiron” 
(1996) she’riy dramasi shoirga katta shuhrat keltirgan asarlardir.
Abdulla Oripov iste’dodli tarjimon sifatida Dantening “Ilohiy komediya” asarini 
o‘zbek tiliga yuksak mahorat bilan o‘girgan. Nekrasov, L. Ukrainka, Shevchenko, R. 
Hamzatov, Q. Quliyev asarlarini ham ona tiliga tarjima qilgan. U O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat madhiyasining muallifi hamdir. 2000-2001 yillarda Abdulla 
Oripov asarlarining to‘rt jildi nashr qilinib, keng kitobxonlar ommasiga manzur bo‘ldi.
Ijodkorning she’riy majmualari qator xorijiy tillarga tarjima qilingan va alohida 
kitob holida nashr etilgan. Abdulla Oripov - noyob iste’dod egasi. Chuqur falsafiylik, 
milliy ruh, diniy-axloqiy mezonlarga sadoqat shoir she’riyati asoslarini tashkil etadi. 
O‘zbek xalqining milliy tiklanishi, hurfikrlilik va mustaqillik uchun kurashida Abdulla 
Oripov she’riyati katta o‘rin tutadi.
O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov Hamza nomidagi Respublika Davlat 
mukofotining laureati, Kaliforniya (AQSH) Fan, Ta’lim, Sanoat va San’at xalqaro 
akademiyasining haqiqiy a’zosidir. Mustaqilligimizning yetti yilligida unga 
birinchilardan bo‘lib “O‘zbekiston Qahramoni” degan yuksak unvon berildi. Abdulla 
Oripov 2016 yil 5 noyabrda 75 yoshida vafot etdi. 
Axborot kutubxona markazi tomonidan O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston 
Qahramoni, jamoat arbobi Abdulla Oripov (1941-2016) tavalludining 80 yilligi 
munosabati bilan “She’riyatga baxshida umr” nomli 
bibliografik qo‘llanma tayyorlandi. Ushbu tavsiyaviy ro‘yxatdan o‘qituvchilar, 
kutubxonachilar, talabalar va Abdulla Oripov hayoti bilan qiziquvchi keng kitobxonlar 
ommasi foydalanishlari mumkin.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin