Lekin bu narsa hikmat majmuasining Yassaviyga aloqasi yo‘q, degan da’voni ilgari surishga asos bermaydi. So‘fi Olloyor Yassaviy haqida fikr bildirib, yana shunday degan
Lekin bu narsa hikmat majmuasining Yassaviyga aloqasi yo‘q, degan da’voni ilgari surishga asos bermaydi. So‘fi Olloyor Yassaviy haqida fikr bildirib, yana shunday degan:

Shariatda edi ul oftobe,
Qolibdur bizga ul erdin kitobe.
«Devoni hikmat»da ilohiy ishq va oshiqlik, ma’rifat va oriflik saodati, fanodan baqoga yetishish tushunchalari nihoyatda samimiy va ta’sirli ohanglarda yoritib berilgan. «Devoni hikmat»dagi barcha she’rlar ham Yassaviyga mansub emas. Unga Yassaviy izdoshlarining ijod namunalari ham kiritilgan.

Bu esa, tabiiyki, hikmatlar tili va uslubida ma’lum o‘zgarishlar hosil qilgan. Lekin Yassaviyning o‘nlab izdoshlaridan hech biri ustozlari boshlagan g‘oyaviy, axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy va mafkuraviy yo‘nalishni o‘zgartirmagan. Buni Yassaviy hayoti, tariqati va ijodiyotidan bahs yuritilgan o‘nlab qadimiy manbalar, ayniqsa, Sulton Ahmad Haziniyning «Javohir ul-abror min amvojil bihor» asari ham to‘la tasdiqlaydi.

Xoja Ahmad Yassaviyning "Devoni hikmat"i dunyoga kelishi bilan turkiy xalqlar o‘zining mustaqil tariqat kitobiga, tom ma'nosi ila Ma'rifat, Haqiqat, Ruhoniyat qomusiga sohib millat o‘laroq e'tirof etilgan. Ahmad Yassaviydan keyingi turkiy xalqlarning tarixi - ma'naviy-axloqiy hayotda yangi yo‘nalish, yangi ilohiy nuqtai nazar shakllangan, komil inson haqidagi tasavvurlar to‘la oydinlashgan tarix erur. Zero, arab va fors tasavvuf tushunchalarini milliy ehtiyojga muvofiq ravishda o‘zlashtirish va favqulodda sodda, xalqona talqinlarni yaratishni ham tarix Ahmad Yassaviy zimmasiga yuklagan edi.