Xoja Ahmad Yassaviyning "Devoni hikmat"i dunyoga kelishi bilan turkiy xalqlar o‘zining mustaqil tariqat kitobiga, tom ma'nosi ila Ma'rifat, Haqiqat, Ruhoniyat qomusiga sohib millat o‘laroq e'tirof etilgan. Ahmad Yassaviydan keyingi turkiy xalqlarning tarixi - ma'naviy-axloqiy hayotda yangi yo‘nalish, yangi ilohiy nuqtai nazar shakllangan, komil inson haqidagi tasavvurlar to‘la oydinlashgan tarix erur. Zero, arab va fors tasavvuf tushunchalarini milliy ehtiyojga muvofiq ravishda o‘zlashtirish va favqulodda sodda, xalqona talqinlarni yaratishni ham tarix Ahmad Yassaviy zimmasiga yuklagan edi.
"Devoni hikmat"i turli asrlarda turli joylarda bir qancha kotiblar tomonidan ko‘chirilgan. XIX-XX asrlarda Toshkent, Kogon, Qozon, Istanbul kabi shaharlarda toshbosmada chiqarilgan. Oktyabr inqilobidan keyin esa Ahmad Yassaviy ijodi qatag‘on qilinishi bilan xalqimiz "Devoni hikmat"dek buyuk bir asarni o‘qishdan mahrum qilingan.