Ahmadov abdurahmonning



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə1/14
tarix02.06.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#124042
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Eukariot va prokariot genomlarining bir-biridan farqi (1)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI


TABIIY FANLAR FAKULTETI


BIOLOGIYA YO`NALISHI 20.69-GURUH TALABASI

AHMADOV ABDURAHMONNING


Genetika va Genomika fanidan


KURS ISHI


Mavzu: Eukariot va prokariot genomlarining bir-biridan farqi


Topshirdi: A. Ahmadov


Qabul qildi: Sh. Yuldasheva
2022-2023 o’quv yili.


MUNDARIJA


KIRISH……………………………………………………………………………3
ADABIYOTLAR TAHLILI……………………………………………………...8
1.BOB. PROKARIOTLAR GENOMI HAQIDA MA’LUMOT
1.1. Prokariotlar genomi………………….……………………………………...10
1.2 Bakterial hujayraning nukleoidi……………………………….…………….13
1.3. Arxeobateriyalarning genomlari…....……………………………………….15
2.BOB. EUKARIOTLAR GENOMI HAQIDA MA’LUMOT
2.1. Eukariotlar genomi…………..………………………………………………18
2.2. Odam genomi……………………………………………...…………………27
2.3. Genomdagi kodlanmaydigan qismlar……………………………………….31
XULOSA…………………………………………………………………………38
ADABIYOTLAR RO`YHATI…………………………………………………..39
ILOVA………..…………………………………………………………………..40

Agar mendan sizni nima qiynaydi?”


deb so‘rasangiz, farzandlarimizning
ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman.
Sh. Mirziyoyev
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi PQ-4805-son qaroriga asosan, mamlakatimizda kimyo va biologiya fanlarini rivojlantirish, ushbu yoʻnalishlarda ta’lim sifati va ilm-fan natijadorligini oshirish1 “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyot yili” Davlat dasturining qator ustuvor vazifalari belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutining Genom texnologiyalari markazi asosida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” uyushmasini 2012-yil 18-apreldagi №10/2, 70, 49-sonli qo‘shma buyrug‘i va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20 apreldagi 72-sonli bayoni qarori bilan tashkil topgan. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” uyushmasini 2015-yil 31-dekabrdagi №14/2, 20, 11-sonli qo‘shma buyrug‘i bilan Markaz faqat O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarkibiga kiradi. Markaz faoliyatini qayta tashkil etish va genomika va bioinformatikani O‘zbekistonda yanada rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Genomika va bioinformatika sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion ishlarni rivojlantirish bo‘yicha o‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»2 2017-yil 10-fevraldagi PQ-2769-son qaror chiqdi.

Asosiy faoliyat:


- genomika va bioinformatika;
- proteomika va metabolomika;
- gen muhandisligi;
- o’simliklarning markerlarga asoslangan seleksiyasi.
Ilmiy natijalar:
- Dunyoda birinchi marta paxta genomiga oid tadqiqotlarda keng foydalanilgan 310 mikrosatellit paxta markerlari yaratildi.
-Dunyo ilmida birinchi marta genomning rekombinat bloklari yordamida paxta genlarini xaritalash nazariyasi va paxta genomida rekombinatsiya bloklarining uzunligi taxmin qilindi.
- Dunyoda birinchi marta paxta genlarini xaritalashtirish uchun "birlashtiruvchi xaritalash" usuli ishlab chiqildi. Tolaning sifati, kasalliklarga chidamliligi va erta pisharligi bilan bog'liq 1000 ga yaqin yangi gen, marker lokus va paxta mikro RNK lari klonlashtirilib xalqaro genbankida ro'yxatdan o'tkazildi.
- Paxta tolasini uzaytirishda sitoxrom genlarining ta'siri natijasida yangi fenomen aniqlandi, bu RNK aniqlash usuli bilan isbotlandi.
- Birinchi marta kichik RNK molekulalari paxta tolasining rivojlanishini tartibga solinishi mumkinligini ko'rsatdi.
- Birinchi marta paxta uchun gen (gen-nokaut) faoliyatini pasaytirish texnologiyasi ishlab chiqildi. Ushbu texnologiya 150 dan ortiq mamlakatda patentlar bilan himoyalangan, 2014-yilda O'zbekistonning ilm tarixida ilk marotaba Nature Communications nufuzli xalqaro jurnali ushbu texnologiya tafsilotlari bilan maqola chop etdi. Ushbu texnologiyadan orqali tashqi genlardan foydalanmasdan "Porloq-1", "Porloq-2", "Porloq-3" va "Porloq-4" yuqori sifatli tola navlari yaratildi. Porloq navlari 60 ming gektardan ortiq maydonda ekildi. Shuningdek, dunyodagi birinchi marta DNK marker texnologiyasidan foydalanilgan holda yaratilgan tolaning sifati yaxshilangan Ravnaq-1 va Ravnaq-2 yangi navlari sinovdan o'tkazildi.
- Gen-nokaut texnologiyasidan foydalangan holda, yuqori hosil beruvchi kartoshka navlari hamda sovuq va qurg'oqchilikka chidamli paxta liniyalari yaratildi.
- Shunindek paxtaning viltga yuqori chidamli biotexnologik genotiplari olingan.
Markazda 200 dan ortiq ilmiy maqolalar, jumladan, 80 dan ortiq xorijiy nashrlarda chop etilgan. 8 ta monografiya chet elda chop etildi.
2017-yilda AQSh patent va tovar belgilari idorasi gen-nokaut texnologiyasiga patent e'lon qilib, uni boshqa 20 mamlakatda himoya qiladi.
Markazda ishlab chiqilgan yangi "Ravnaq-1", "Ravnaq-2", "Baraka", "Saxovat" va "Tafakkur" paxta navlarini davlat nav sinovlariga taqdim etildi va patentga talabnomalar topshirildi.
2010-yilda Markaz direktori Abdurahmonov I.Yu. Jahon ilmiy fanlar akademiyasining (TWAS) qishloq xo'jaligi fan sohasida erishgan ulkan yutuqlari uchun "TWAS-2010" mukofotiga sazovor bo'ldi. 2013-yilda Paxta bo'yicha xalqaro maslahat qo'mitasining "ICAC 2013-yil tadqiqotchisi" mukofotga loyiq deb topildi.

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin