- 21 -
ifodalovchi nisbiy ko’rsatkich bo’lib, u ma’lum davrda qayd
etilgan nikohlar sonini
nikoh yoshidagi aholiga (16 yoshdan yuqori) nisbati bilan o’lchanadi.
Nikohning umumiy yosh guruhlari va yig’indi koeffitsientlari mavjuddir.
Nikohning umumiy koeffitsienti — ma’lum xududda ma’lum davrda nikohga
kirganlar sonining shu hudud aholisining o’rtacha soniga nisbatan ifodalaydi.
R=
1000
16
x
P
B
B - bir yilda nikohga kirganlar soii
P16+ - 16 yosh va undan yuqori nikoh yoshdagi aholi.
Nikohning umumiy koeffitsienti orqali ma’lum davlat yoki aholi guruhi nikoh
dinamikasidagi o’zgarishlar, nikohga ijtimoiy iqtisodiy omillar ta’sirini o’rganish
mumkin. Lekin, nikohning umumiy koeffitsienti ham tug’ilish va o’limning umumiy
koeffisen1lari kabi aholining yosh jinsiy tarkibiga bog’liqdir.
Aholining nikoh xolatini o’rganishda nikohning yosh guruhlari koeffitsienti
aniq
ko’rsatkich
xisoblanadi.
Bu
koeffitsient
yordamida
ma’lum
yosh
guruhlardagi(16-19,20.24,
25-29...)
erkaklar,
ayollar,
bo’ydoqlar,
ajralganlar.bevalarga nisbatan nikohda turganlar soni aniqlanadi.
Nikohning yosh guruhlari koeffitsienti ma’lum yoshda nikohga kirganlar
sonini shu yoshdagi aholi soeniga nisbatan ifodalaydi.
Nikohning yig’indi koeffitsienti nikohning yosh guruhlari (16-69
yoshdagi
erkaklar yoki ayollar) koeffitsientining yirindisi bo’lib, o’rganilayotgan avlodning
hayoti davomidagi nikohlar sonini ifodalaydi. Ushbu koeffitsientda o’lim hollari va
avlod soniga ta’sir etuvchi omillar hisobga olinmaydi. Odatda nikohning yirindi
koeffitsienti bir kishiga nisbatan xisoblanadi va ma’lum avlodning nikohda bo’lish
holatini ifodalaydi, Shuningdek mazkur koeffitsient orqali o’rganilayotgan avlodda
birinchi, ikkinchi nikohga kirish va nikohsizlik holatlari ham o’rganiladi.
Ajralish va uning koeffitsientlari. Ajralish er-xotinning hayotlik davrida
nikohning bekor etilishidir. Ajralish murakkab soo’ial jarayon bo’lib,
qator omillar
ta’sirida sodir bo’ladi. Ularga jamiyatda nikohning tutgan o’rni, nikoh turlari, har bir
davlatda nikoh va ajralish haqidagi mavjud qonunlar, davlat tomonidan oila
mustaxkamligi borasida olib borilayotgan siyosat, ayollarning ijtimoiy hayotda tutgan
o’rni, farzandsizlik,
oila turmush tarzi, din, urf odatlar. alkogolizm va narkomaniya
kabilarni kiritish mumkin. Ushbu omillar ta’sirida jamiyat taraqqiyotining gurlicha
bosqichlarida, davlatlarda, xalqlarda va aholi guruhlarida ajralish darajasi turlicha
bo’ladi. Ajralish jarayonini o’rganishda qator koeffitsientlardan foydalaniladi.
Ajralishning umumiy koeffitsienti ma’lum davrdagi ajralish sonini shu
davrdagi aholini o’rtacha soniga nisbatini ifodalaydi, va promileda belgilanadi.
a=
1000
Р
А
A - ma’lum davrdagi ajralish soni.
P - o’rganilayotgan davrdagi aholining o’rtacha soni.
Shuningdek, ajratshshning yosh guruhlari koeffitsienti (ma’lum
yosh guruhlari
erkaklar va ayollarda sodir bo’lgan jami ajralishlar sonini shu yosh guruhidagi jami
- 22 -
erkaklar va ayollarga nisbatan); ajralishning maxsus koeffitsienti (ma’lum yosh
guruhida erkaklar yoki ayollarda sodir bo’tlgan jami ajralishlar sonini shu yosh
guruhidagi oilali erkaklar va ayollarga nisbatan) va nikoh davomiyligi bo’yicha
ajralishning maxsus koeffitsient (nikohda turishning ma’lum davrida ajralganlar
sonining ana shu davr boshida qayd etilgan jami nikohlar soniga nisbati) lari ham
mavjud bo’lib, ular orqali ajratshsh jarayonidagi o’zgarishlar mukammal o’rganiladi.
Dostları ilə paylaş: