Aholi geografiyasi


Demografiyada asosiy kuzatuv birligi



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix10.05.2022
ölçüsü1,19 Mb.
#57160
1   2   3   4   5   6
2 mavzu Demografiya

Demografiyada asosiy kuzatuv birligi - inson

hisoblanadi. Inson hayoti davomida uning

fiziologik va psixologik xususiyatlari, 

ma’lumotlilik darajasi, oilaviy holati, kasbi-kori, 

malakasi ijtimoiy guruhi, yashash joyi, til bilish

kabi imkoniyatlari o’zgarib boradi. Ana shu

alohida inson hayotida ro’y bergan o’zgarishlar

yig’indisi umuman aholi hayotidagi ijtimoiy -

iqtisodiy va demografik o’zgarishlarga olib

keladi. 


Demografiyaning fanlar tizimi va tarkibi. 

Demografiya mustaqil fan sifatida o’z tadqiqot usullariga egadir. Ular jumlasiga tarixiy, taqqoslash, 

statistika, matematika, kartografik, mantiqiy fikrlash va sotsiologik uslublar kiradi. 

Demografiyaning tahlil uslubi statistikadan farq qiladi. Unda mavhum fikrlash uslubidan keng foydalanish

asosida aholi tarkibida kelgusida ro’y beradigan miqdor va sifat o’zgarishlari ham o’rganiladi.

Aholi muayyan ijtimoiy hayot tarziga bo’ysunishi tufayli, demografik jarayonlar ham muayyan ishlab 

chiqarish usuli va munosabatiga bog’liq bo’ladi. Aholi murakkab ijtimoiy va tabiiy rivojlanish maxsulidir, 

shu sababli aholi turli omillar zaminida ko’payadi. 

Bu jixatdan demografiya tahlil mavzui iqtisodiyot nazariyasi, sotsiologiya, psixologiya, matematika, 

statistika, ijtimoiy gigiena, geografiya, tibbiyot, tarix, etnografiya va boshqa fanlar tahlil mavzuiga yaqin 

bo’lib, shu fanlarning yutuqlaridan foydalanadi. Ayni vaqtda ularga qimmatli ma’lumotlar beradi.



Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin