1.1.2 Manbalar, uslublar va tarqatish usullarini tanlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonunning 33-moddasiga muvofiq:
Rasmiy statistikani tayyorlovchilar rasmiy statistikaning sifatini doimiy asosda baholab boradi.
Sifat kafolatini ta’minlash uchun rasmiy statistika rasmiy statistikaning qamrovi, tushunchalari,
statistik birliklari va tasniflariga taalluqli umumiy prinsiplar hamda usullar asosida tayyorlanadi
va tarqatiladi.
Rasmiy statistikani tayyorlovchilar rasmiy statistikaning sifatini yaxshilash maqsadida
ma’lumotlarni tahlil etish va tahrir qilish, turli manbalardan olingan ma’lumotlarni birlashtirish,
ma’lumotlarni statistika maqsadlarida bir-biriga bog‘lashni va solishtirishni amalga oshirish
hamda baholashning statistik usullaridan foydalanish huquqiga ega.
Rasmiy statistikani tayyorlovchilar tayyorlash jarayonida foydalaniladigan manbalar va usullarni,
shuningdek yakuniy ma’lumotlar to‘plamlarini hujjatlashtirib boradi. Rasmiy statistikadan
foydalanuvchilar statistika ma’lumotlarining manbalari va ularni tayyorlash usullari hamda
rasmiy statistika ma’lumotlarining sifati to‘g‘risida metama’lumotlar yordamida xabardor
qilinadi.
1.1.3 Statistik ma’lumotlarni noto‘g‘ri talqin qilish yoki undan noto‘g‘ri foydalanish bo‘yicha sharh O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomda (15-band) Davlat
statistika qo‘mitasi rasmiy statistik ma’lumotlardan noto‘g‘ri foydalanish va talqin qilish
holatlarini ko‘rib chiqish hamda ular bo‘yicha tushuntirishlar berish huquqiga ega ekanligi
belgilab qo‘yilgan.
Unga ko‘ra, Davlat statistika qo‘mitasi statistik ma’lumotlarni noto‘g‘ri talqin qilish va statistik
ma’lumotlardan noto‘g‘ri foydalanilganda o‘z izohini berishi mumkin.