2.4 Hisobga olish asoslari
2.4.1 Baholash
Iste’mol tovarlari ishlab
chiqarish hajmini aniqlash, ular qachon sotilishidan qat’i nazar, ishlab
chiqarish paytidagi narxlarda ishlab chiqarilgan tovarlarni baholashni o‘z ichiga oladi.
Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi korxonaning o‘z sanoat va ishlab chiqarish ehtiyojlariga
sarflangan
mahsulotlarni hisobga olmasdan, ya’ni ichki ishlab chiqarish aylanmasi qiymatisiz
aniqlanadi. Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi haqiqiy narxlarda (QQS va aktsiz solig‘isiz)
hisoblanadi.
2.4.2 Hisobga olish asosi
Aholi jon boshiga iste’mol tovarlari ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari iste’mol
tovarlari ishlab
chiqarish hajmi to‘g‘risidagi har oyda olingan ma’lumotlar asosida korxonalardan statistika
organlariga 5 tadan kechiktirmay qiymat ko‘rinishida hisoblanadi. Ma’lumotlar joriy va o‘tgan
yil uchun ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: