4-variant Ishlab chiqarish jarayoni, uning mazmuni va natijalari



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə1/6
tarix19.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#132824
  1   2   3   4   5   6

4-variant 1. Ishlab chiqarish jarayoni, uning mazmuni va natijalari Tayanch iboralar: moddiy va ma’naviy ne’matlar, xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarish vositalari, xalq iste’moli tovarlari.
Ишлаб чиқариш жараёни - бу кишиларни ўзларининг истеъмоли учун зарур бўлган моддий ва маънавий неъматларни яратишга қаратилган мақсадга мувофиқ фаолиятидир. Моддий ва маънавий неъматлар яратиш, турли хизматлар кўрсатиш жараёни кишилар иқтисодий фаолиятининг асосий томонидир.
Ишлаб чиқаришнинг энг йирик соҳалари саноат, қишлоқ хўжалиги, транспорт ва алоқа, қурилиш, савдо, тайёрлов ташкилотлари, коммунал ва уй – жой хўжаликлари, турли хил техник ва бошқа хизмат кўрсатиш соҳаларидан иборат.
Эҳтиёжлар тури қанча кўп бўлса шунга биноан ишлаб чиқаришнинг тармоқ ва соҳалари ҳам кенгайиб боради. Уларни ўрганиш осон бўлиши учун ишлаб чиқариш икки катта соҳага: моддий ишлаб чиқариш ва хизмат кўрсатиш соҳаларига бўлинади.
Moddiy ishlab chiqarish sohasi o‘z navbatida ikki bo‘linmadan iborat bo‘lib, birinchi bo‘linmada ishlab chiqarish vositalari (stanok, mashina, asbob-uskuna, transport vositalari, xomashyo va turli materiallar) yaratilsa, ikkinchi bo‘linmada esa iste’mol buyumlari ishlab chiqariladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday ishlab chiqarish, bir tomondan iste’mol qiymatini (naflilikni) yaratish va ko‘paytirishdir, ikkinchi tomondan, moddiy vositalar va mehnatning sarllanishi, yangi qiymatning yaratilishi, boshqacha qilib aytganda, qiymatning o‘sish jarayonidir.
Ishlab chiqarish jarayonining mazmunini chuqur anglash uchun eng avvalo, ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibiy qismlari bilan tanishib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ishlab chiqarish jarayonida bevosita qo‘llaniluvchi barcha resurslar ishlab chiqarish omillari deyiladi.
Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat’iy nazar ishlab chiqarish sodir bo‘lishi uchun uchta omil: ishchi kuchi, mehnat qurollari va mehnat predmetlari bo‘lishi shart.
Ishchi kuchi deb insonning mehnat qilishga bo‘lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig‘indisiga aytiladi. Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilar uchun xosdir. Lekin ishchi kuchi insonning o‘zi emas yoki uning mehnati ham emas, uning mehnatga bo‘lgan qobiliyatidan iboratdir. Mehnat qurollari deb, inson uning yordamida tabiatga, mehnat predmetlariga ta’sir qiladigan vositalarga aytiladi. Bularga turli xildagi mashinalar, stanoklar, traktorlar, qurilmalar, uskunalar va boshqalami misol keltirish mumkin.

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin