Aholiga statsionar davolash profilaktika yordamini tashkil etish



Yüklə 29,22 Kb.
səhifə2/2
tarix14.12.2022
ölçüsü29,22 Kb.
#74859
1   2
Aholiga statsionar davolash profilaktika yordamini tashkil etish

Bo‘limdagi katta tibbiyot hamshirasiga tajribali va malakali o‘rta tibbiyot xodimi tayinlanadi. Katta hamshira bo‘limdagi o‘rta va kichik tibbiyot hamshiralarining ishini tashkil qiladi, ish grafigini tuzadi, bo‘limni va kasallarni sanitariya holatini kuzatib boradi, dori-darmonlar bilan ta’minlaydi, kasallarni to‘g‘ri rejim bilan ovqatlanishini tashkil qiladi hamda ro‘yxat, hisobotlarga javob beradi.
Tibbiyot hamshirasining ish grafigi - tibbiyot hamshirasining ishini grafik asosida tashkil qilishning bir nechta usullari mavjud:

  1. bir smenda bir sutkalik navbatchilik;

2.ikki smena - kunduzgi va tungi smena;

  1. uch smenali ya’ni bir postda 5 tibbiyot hamshirasi xizmat qilsa. Yuqoridagi ikki smenaning kamchiligi quyidagilardan iborat:

-tibbiyot hamshiralari tez charchaydilar, binobarin kasallarni parvarish qilish sifati buziladi.
-tibbiyot hamshirasining bitta kasalga uzluksiz qarab turish holati buziladi.
-davolovchi vrach bilan bevosita mulqotda bo‘lolmasligi kasallarni parvarish qilishga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shu boisdan eng yahshi 3 smenali ish grafigi bo‘lib, bu holatda barcha kamchiliklarni bartaraf etish mumkin.
Kasallarni parvarish qilish yuqorida etib o’tilgandetk ikki va uch bosqichli bo‘ladi. Ikki bosqichli parvarish qilish sistemasida kasallar
bilan fakat vrach hamda o‘rta tibbiyot hamshirasi muloqotda bo‘ladilar, uch bosqichli parvarish qilish sistemasida esa kichik tibbiyot xodimlarining ham kasallarni parvarish qilishga ruxsat etiladi. Bunga faqat og‘ir kasallarni parvarish qilishdagina yo’l qo‘yiladi .
Davolash himoyalash rejimi. Kasallarga kasalxonada davolanish vaqtida optimal sharoitni yaratib berish kasallarni tez tuzalishi uchun barcha chora-tadbirlarni qo‘llamoq zarur, va bu jarayonni amalga oshirishda hamshiralar vazifalaridan biridir.
Buning uchun quyidagilarga rioya qilish zarur:

  1. Kasalxonada ma’lum bir darajada rejalashtirilgan kun bo‘lishi kerak. 2.Iloji boricha fiziologik uyquni cho‘zish kerak.

Z.O‘z vaqtida va sifatli ovqatlanish.

  1. Palatalarni etarli darajada yoritish, kechasi chiroklar bilan ta’minlangan bo’lishi kerak.

  2. Dam olish xonalarini tashkil qilish, televizor radiolarni ovozini baland qilmaslik, quloqni uskuna (naushnik) bilan ta’minlash,yozma adabiyotlar bilan etarli ta’minlash.

  3. Mehnat bilan davolash usulidan foydalanish.

  4. Yorug‘lik orqali signalizatsiya usulidan foydalanish.

  5. Palatalarni vaqti-vaqti bilan shamollatib, tozalab turish.

  6. Ko‘ngilsiz muolajalar vaqtida shirma bilan to‘sib kuyish, har hil muolajalar qilishda ustalikni oshirish.

  7. Kasallarni palatalarga taqsim qilishda og‘ir yoki engilligiga ahamiyat berish.

  1. Og‘riq va qo‘rquvni oldini olish.

  1. Tibbiyot etikasini va deontologiyasiga ahamiyat berish va h.z.

Yüklə 29,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin