Guruh:
I-110
Bajardi :
________________
Tekshirdi: ________________.
.
MUSTAQIL ISH
ANGREN UNIVERSITETI
Fan: Falsafa
Reja:
1. «Dunyoqarash» tushunchasi, uning mohiyati va
tarixiy shakllari.
2. Falsafiy dunyoqarashning mazmuni va yo’nalishlari.
3. Falsafiy dunyoqarashning rivojlanish qonuniyatlari
va asosiy tamoyillari.
Demak, dunyoqarash o’zining kundalik ommaviy shakllarida chuqur va etarli darajada
asoslanmagan stixiyali xarakterga ega. Shuning uchun ham ko’p hollarda kundalik
tafakkur muhim masalalarni to’g’ri tushuntirish va baholashga ojizlik qiladi. Buning
uchun olamni ilmiy tahlil qilish va bilish zarur. Dunyoqarashning tarixiylik tamoyili.
Dunyoqarash muayyan davrda shakllanadi. Shu ma’noda, har qanday dunyoqarash
ijtimoiy-tarixiy mohiyatga ega bo’lib, kishilarning umri, amaliy faoliyati, hayoti, tabiatga
ta’siri va mehnati jarayonida vujudga keladi. Har bir avrda ijtimoiy guruh, jamiyat va
avlodning o’z dunyoqarashi mavjudligi ham bu tushunchaning tarixiy mohiyatga ega
ekanini ko’rsatadi. Dunyoqarashning tarixiyligi yana shundaki, u ma’lum dialektik
jarayonda takomillashib boradi. Uning shakllari o’zgaradi, tarixiy ko’rinishlari muttasil
yangilanib turadi. Ma’lumki, insoniyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida dunyoqarash
nihoyatda oddiy bo’lgan. Agar shunday bo’lmaganida, har qanday jism o’z hajmiga teng
suyuqlik miqdorini siqib chiqarish xossasiga ega ekanini kashf etgan qadimgi zamonning
buyuk olimi Arximed hammomdan yalong’och holda chiqib, «Evrika!», ya’ni «Topdim!»,
deya
qichqirmagan bo’lar edi. Dunyoqarash jamiyat rivojiga mos ravishda asta-sekin
takomillashib borgan. Taraqqiyotning keyingi davrlarida fan sohasida qilingan
kashfiyotlar inson dunyoqarashi naqadar chuqurlashib, uning bilimlar doirasi kengayib
ketganini ko’rsatadi. Bunda vorislik an’anasi yaqqol ko’zga tashlanadi: har bir davrning
dunyoqarashi, g’oyasi o’tmishda yaratilgan ma’naviy qadriyatlarning eng yaxshilarini,
ilg’or va ijobiylarini o’zida saqlab qoladi. Shu asosda yangi tamoyillarga ega bo’lgan
dunyoqarash ham takomillashib boradi. Oddiy bug’ mashinasidan kosmik raketalargacha
bo’lgan fan-texnika taraqqiyoti bunga yaqqol misol bo’la oladi. Falsafiy dunyoqarash. Bu
tushunchaning mazmuni insonning olamga, voqea va hodisalarga, o’zgalarga va ularning
faoliyatiga, o’z umri va uning mazmuni kabi ko’pdan-ko’p tushunchalarga munosabati,
ularni anglashi, tushunishi, qadrlashida namoyon bo’ladi.
Falsafiy dunyoqarash kundalik faoliyat, dunyoviy, diniy, ilmiy bilimlar, hayotiy
kuzatishlar va ijtimoiy tarbiya ta’sirida shakllanadi hamda rivojlanadi. Fanda
ijtimoiy borliqning barcha jihatlari ks etadi. Dunyoqarashning shakllanishida
his-tuyg’u, aql-idrok va tafakkur ham muhim o’rin tutishi tabiiy. Uning
shakllanishi kishilarning hissiy kechinma va kayfiyatlariga ham bog’liq bo’lib,
inson kayfiyatida uning hayot sharoitlari, ijtimoiy ahvoli, milliy xususiyati,
madaniy saviyasi, shaxsiy taqdiri, yoshi va hokazolar aks etadi. Muayyan davr
dunyoqarashida zamon ruhi, ijtimoiy kuchlarning kayfiyati, intilishi ham o’z
ifodasini topadi. Masalan, bugungi O’zbekiston mustaqilligini mustahkamlash
zarurati istiqlol dunyoqarashini shakllantirishga ulkan ta’sir ko’rsatmoqda.
Falsafiy dunyoqarash murakkab tuzilishga ega. U muayyan bilimlar, kelajakka
qaratilgan g’oya va maqsadlar, tabiiy va ijtimoiy fan yutuqlari, diniy tasavvurlar,
qadriyatlar, ishonch, e’tiqod, fikr, hissiyot kabi tarkibiy qismlardan iborat.
Bularning ichida e’tiqod muhim ahamiyat kasb etadi. U dunyoqarashning
mazmunini tashkil etadigan asoslardan biridir. E’tiqod insonning o’z qarashlari
va g’oyalari to’g’riligiga, orzu-umidlarining asosli ekaniga, faoliyati va xatti-
harakatining umumiy maqsadlarga va talablarga mosligiga bo’lgan chuqur
ishonchidan paydo bo’ladi. U insonning hissiyoti, irodasi va faoliyatini
belgilaydi, ularni boshqaradi, shaxsni omilkorlikka, samarali faoliyatga
undaydi. Falsafiy dunyoqarash tarkibida hissiyot va aql muhim o’rin tutadi.
Hissiyot dunyoqarashning emotsional-ruhiy jihati bo’lib, dunyoni tushunish
esa, dunyoqarashning aqliy shaklidir.
Prezidentimiz, aynan shu yo’lni taklifetar ekan, asosiy e’tiborni uning mohiyat-
mazmuni, tarixda qanday natijalar bergani kabi masalalarga qaratgan. Bunda
taraqqiyotning mazkur yo’li aniq tarzda tasavvur etilgan. Ya’ni, uning tarixiy va
zamonaviy jihatlari, umumbashariy va mintaqaviy xususiyatlari,
mamlakatimizning buguni va kelajagi uchun naqadar ahamiyati har
tomonlama o’rganilgan. Ana shu asosda kerakli xulosalar chiqarilgan va ularni
hayotga tadbiq etishning asosiy yo’l-yo’riqlari ko’rsatib berilgan. Biz ana shu
nazariyani, bir tomondan, taraqqiyotimizning o’zimizga xos va mos modeli deb
ataymiz. Ikkinchi tomondan esa, uni mamlakatimiz hayotini tubdan
o’zgartiradigan va uning kelajagini belgilab beradigan, milliy dunyoqarash, ong
va tafakkur rivojida muhim o’rin tutadigan umumfalsafiy tayanch –
metodologiya deb bilamiz. Chunki, uning tamoyillari taraqqiyotimizning
asosiy yo’nalishlarini belgilaydi va shu bilan birga, bu jarayonga kuchli ta’sir
ko’rsatadigan metodologik asos bo’lib xizmat qiladi. Inson ongli ijtimoiy
mavjudot bo’lgani bois, uning dunyoqarashi muayyan ehtiyoj va manfaatlarga
asoslanadi. Demak, har qanday dunyoqarash muayyan inson, ijtimoiy guruh
yoki tabaqaning o’z ehtiyoj, manfaatlaridan kelib chiqqan holda borliqqa
munosabatini ifodalovchi g’oyalar, nazariyalar, bilimlar majmuasi, ruhiy xolat
va e’tiqod mujassami hamda ularning namoyon bo’lishidir. Falsafiy
dunyoqarash, mohiyat-mazmuniga ko’ra, ma’naviy faoliyat bo’lgani bois, u
borliqqa bo’lgan ongli, insoniy munosabatning muayyan yo’nalishlarini
vujudga keltirgan.
Masalan, kishilarning jamiyatdagi axloqiy munosabatlari – axloqiy dunyoqarashlarida,
huquqiy munosabatlari – huquqiy, siyosiy munosabatlari – siyosiy, diniy munosabatlari –
diniy, ekologik munosabatlari – ekologik dunyoqarash shakllarida o’z ifodasini topgan.
Buni tizim tarzida izohlaydigan bo’lsak, quyidagicha ko’rinish kasb etadi:
1. Axloqiy.
2. Diniy.
3. Huquqiy.
4. Siyosiy.
5. Ekologik.
6. Estetik.
Bu tizimni tashkil qilgan nisbatan mustaqil dunyoqarash shakllari o’zaro bog’liqlikda,
aloqadorlikda harakat qiladi. Dunyoqarash tizimining rivojlanish darajasi jamiyat
taraqqiyotiga mos keladi va uni ifodalab turadi. Bundan tashqari, har bir tarixiy davrda
millatning rivojlanishi, uning mentaliteti va dunyoqarashida namoyon bo’ladi.
Boshqacha qilib aytganda, dunyoqarash tizimi va ularning xususiyatlari muayyan inson,
ijtimoiy guruh, tabaqa va butun millatning ma’naviy qiyofasini belgilab beradi.
«Dunyoqarash» tushunchasi o’zlikni anglash, vatanparvarlik, milliy g’urur, tarixiy xotira,
ma’naviy barkamollik kabi tuyg’u va tushunchalar bilan uzviy bog’liq holda shakllanadi.
Chunki, dunyoqarash aynan ana shu ruhiy-ijtimoiy hodisalar orqali oydinlashadi,
umuminsoniy qadriyatlarning tarixiy bir bo’lagiga aylanadi. Falsafiy dunyoqarashning
tarixiy shakllari insoniyat taraqqiyotining qonuniy natijasi bo’lib, jamiyat rivojlanishining
ma’naviy mezoni sifatida namoyon bo’lgan. Taraqqiyotning dastlabki bosqichlarida
kishilarning tabiatga, o’zlarining ijtimoiy hayotiga bo’lgan munosabati turli rivoyat va
afsonalarda o’z ifodasini topgan. Ular shu tariqa mifologik dunyoqarashni shakllantirgan.
Yovuzlik va ezgulik o’rtasidagi kurashda yaxshilikning mudom tantana qilishi mifologik
dunyoqarashning gumanistik mazmunidan dalolat beradi.
Xususan, o’zbek xalqi tsivilizatsiyasi jarayonida yaratilgan rivoyat,
afsona va boshqa janrlardagi og’zaki ijod namunalari millatimiz tarixda
qanday ma’naviy qiyofaga ega bo’lganini hanuz ko’rsatib turadi. Ular
bugungi kunda jahon ahlini ayratga solmoqda. Masalan, qadimiy
merosimiz namunasi – «Avesto»da yaxshilik ramzi – Axuramazda va
yomonlik timsoli – Axriman o’rtasidagi kurash tarixi misolida oxir-
oqibatda ezgulik baribir g’alaba qozonadi, ya’ni yorug’lik zulmat
ustidan g’alaba qiladi, degan g’oya asosiy o’rinni egallaydi va hayotbaxsh
g’oyalar ilgari suriladi. Mifologik dunyoqarash qadimgi zamon
kishilarining
o’zlariga
munosib
hayot
sharoitlarini
yaratish
ehtiyojlaridan kelib chiqqan. Ezgulik va haqiqat uchun kurash
g’oyalarining ifodasi bo’lgan afsona va rivoyatlarda millatning muayyan
ruhiy holati, kelajakka ishonchi, vatanga muhabbati, insoniy
kamolotga intilishi badiiy vositalar, afsonaviy qahramonlar timsolida
ifoda etilgan. Dunyoqarashning mifologik mohiyati bugungi fan-
texnika taraqqiyoti, insonning aqliy salohiyati bag’oyat yuksalib ketgan
davrda juda jo’n va ibtidoiy bo’lib ko’rinadi. Ammo afsona va rivoyatlar
o’zining kuchli jozibasi, insonparvarlik g’oyalari bilan hozirgi kunda
ham kishilarni ezgu fazilatlar ruhida tarbiyalashning ta’sirchan va
samarali omili bo’lib qolmoqda.
Diniy dunyoqarashni teologiya deb ataladigan falsafiy fan o’rganadi. Teologiya olam va
odam munosabati, umrning mazmuni, hayot va o’lim muammosi kabi masalalarni
ilohiyot, diniy e’tiqod tushunchalari bilan bog’lab tahlil qilish hamda o’ziga xos
mukammal tizimini yaratgan. Bugungi kunda diniy dunyoqarashning bir talay asosiy
vazifalari orasida, uning hayot ziddiyatlarini bartaraf qilish bilan bog’liq regulyativ
faoliyati nihoyatda muhimdir. Umuman, dinning barkamol avlodni tarbiyalashdagi o’rni
va ahamiyati benihoyat ulkan va u tobora ortib bormoqda. Falsafiy dunyoqarashning
asosiy yo’nalishlari. Dunyoqarash tizimi va unga xos nisbatan mustaqil yo’nalishlarning
har birini falsafiy mulohazaning oydinlashgan (konkretlashgan) shakli sifatida qarash
mumkin. Falsafiy dunyoqarash, sodda qilib aytadigan bo’lsak, insonning olam, odam va
borliqqa munosabatini ifodalovchi bilimlar tizimidir. Unga inson borlig’ining mohiyati
nuqtai nazaridan yondashiladigan bo’lsa, moddiy yoki ma’naviy jihatlari nechog’lik
mutlaqlashtirilishiga qarab, uning tarkibida materialistik va idealistik dunyoqarash
yo’nalishlari mavjudligini ko’ramiz. Agar borliq va uning xossalariga mavjudlik, bog’liqlik,
o’zgarish va taraqqiyot nuqtai nazaridan bildirilgan munosabatlarni umumlashtiradigan
bo’lsak, uning tarkibida metafizik va dialektik, sofistik va sinergetik kabi qator
dunyoqarashlar mavjudligini ko’ramiz. Bular sof nazariy-falsafiy masalalar bo’lib, ular
to’g’risida «Olam va odam», «Dunyoni falsafiy tushunish» bo’limlarida maxsus to’xtalib
o’tamiz. Falsafiy dunyoqarash borliq haqidagi ilmiy qarashlar tizimining o’z-o’zicha
shakllangan (mexanik) yig’indisi emas, balki ularning umumiy qonuniyatlar asosidagi
tizimidir. Falsafiy dunyoqarash tarkibida quyidagi tamoyillar nomoyon bo’ladi: - turli
dunyoqarash shakllarining o’zaro aloqadorligi kuchaymoqda; - muayyan dunyoqarash
shakllanish va rivojlanish jarayonida insonga munosabatning ahamiyati ortib bormoqda;
- milliy dunyoqarash umuminsoniy dunyoqarash shakli va uning tarkibiy qismi sifatida
yuzaga kelgan.
Falsafiy dunyoqarashning bu umumiy tamoyillari har qanday konkret dunyoqarash shakllari uchun uslubiy asos bo’lib
xizmat qiladi. Shu bilan birga, uning yana quyidagi tamoyillari ham bor:
1- ilmiylik;
2- tarixiylik;
3- mantiqiylik;
4- universallik;
5- maqsadlilik;
6- g’oyaviylik;
7- nazariya va amaliyotning birligi.
3 Ислом Каримов. Буюк келажак сари. - Т.: «Ўзбекистон», 1998, 441-бет. 4 Ислом Каримов. Буюк келажак сари. -
Т.: «Ўзбекистон», 1998, 442-бет. 1. Falsafiy dunyoqarash ilmiydir, chunki u narsa va hodisalar o’rtasidagi bog’lanish,
aloqadorlik va munosabatlarni kundalik ong darajasidagina emas, balki nazariy ong darajasida ham ifodalaydi. Har
qanday falsafiy dunyoqarash shakli ob’ektiv olamdagi narsa va hodisalarning konkret munosabatlarini aks ettiradi.
2. Falsafiy dunyoqarashning tarixiylik tamoyili jamiyatning o’tmishi dunyoqarashlar tarixidan iboratligini va uzluksiz
rivojlanishini ifodalaydi. 3. Falsafiy dunyoqarashning mantiqiy izchilligi tamoyili har qanday dunyoqarash shakli va
darajasining mantiqiy birikmalar orqali ifodalanishi bilan izohlanadi. Agar mantiqiy izchillik buzilsa, dunyoqarashning
tashqi olamni xolis, ilmiy, aniq-ravshan va izchil aks ettirishiga putur etadi. 4. Falsafiy dunyoqarashning universalligi
boshqa dunyoqarash shakllarining mazmunini tashkil qilishi bilan sifatlanadi, ya’ni har qanday dunyoqarash shakli
o’ziga xos falsafiy xususiyatga ega. 5. Falsafiy dunyoqarash maqsadga mavofiq bo’lib, inson manfaatlariga mos keladi.
Chunki, inson muayyan maqsad, orzu-umidlar bilan yashaydi, ularni o’z dunyoqarashida aks ettiradi.
6. Falsafiy dunyoqarashning g’oyaviylik tamoyili, uning asosida muayyan g’oya yotgani bilan ifodalanadi. Xususan,
bugungi o’zbek milliy falsafiy dunyoqarashi milliy mustaqillik, o’zlikni anglash, millatimiz kelajagini belgilaydigan
istiqlol g’oyasiga tayanishi bilan xarakterlidir. Falsafiy dunyoqarash shu g’oyani e’tiqodga aylantirish va uning amalga
oshishi uchun xizmat qiladi.
7. Falsafiy dunyoqarashning eng muhim tamoyillaridan biri nazariya va amaliyot birligidir. Dunyoqarashning nazariya
sifatida mavjudligi ijtimoiy amaliyot tajribalarini ijodiy umumlashtirib, istiqbol rejalarini belgilashda qo’l kelishi bilan
izohlanadi.
ADABIYOTLAR
1. Islom Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T. «Sharq»,
1998.
2. Islom Karimov. «Donishmand xalqimizning mustahkam
irodasiga ishonaman». – «Fidokor», 2000 yil 8 iyun.
3. Karimov I. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. — T.:
O’zbekiston, 1999.
4. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. — T.: O’zbekiston,
2000. - 352 b.
5. «Falsafa» o’quv qo’llanmasi. — T.: «Sharq», 1999.
6. «Osnovi filosofii». — T.: «O’zbekiston», 1998.
Dostları ilə paylaş: |