Aholiga statsionar davolash profilaktika yordamini tashkil etish



Yüklə 29,22 Kb.
səhifə1/2
tarix14.12.2022
ölçüsü29,22 Kb.
#74859
  1   2
Aholiga statsionar davolash profilaktika yordamini tashkil etish


  1. AHOLIGA STATSIONAR DAVOLASH-

PROFILAKTIKA YORDAMINI TASHKIL ETISH
Sogliqni saqlashni hozirgi taraqqiyot bosqichida aholiga statsionar xizmatni tez va sifatli tashkil etish katta ahamiyatga ega. Tibbiy yordamning ushbu yani statsionar turi kasalliklarining xarakteri, turi, bemorning yoshi, kasallikning kechish holatiga qarab (har xil tipdagi kasalxonalarda, klinikalarda, ixtisoslashgan tibbiyot markazlarida, dispanserlar, tugruqxonalar va boshqalar) turli xil tibbiy muassasalarda korsatiladi.
Hozirgi kunda Respublikamizda 665 ta (2013) kasalxona muassasalari bolib, ulardagi orinlar soni 120 784 tani, har 10 000 aholiga 39,9 tani tashkil etmoqda. Ushbu o‘rinlarda 2013-yilda 3703515 ta bemor davolanib chiqdi, bemorlarning o‘rinlarda o‘rtacha bo‘lish kuni

  • 7,9 kunni tashkil etadi.

Tibbiy yordamning statsionar tipi asosan kompleks diagnostik va davolash, murakkab tekshirish usullarini, davolashda tibbiyot texnikasini jarrohlik usulini, doimo intensiv parvarishlash va muntazam shifokor kuzatuvini olib borishni taqozo etuvchi ogir kasalliklarda koTlaniladi.
Statsionar davolash-profilaktika yordami tizimida asosiy va etakchi orinni kop tarmoqli kasalxona tashkil etadi.
Kasalxonalarning turi, profili, joylashishi va kimga buysunishiga qarab faqlanadi.
Ma’muriy-territorial joylaShuvi va boshqarilishiga qarab kasal- xonalar respublika, viloyat, shaxar, tuman shifoxonalariga boTinadi.
Profiliga qarab esa — ko‘p profilli (tarmoqli), bitta profilli, ya’ni ixtisoslashgan kasalxonalarga va dispanserlarga (sil, onkologik, oftalmologik, kardiologik va boshqalar) bo‘linadi.
Tashkiliy sifatlariga qarab ular birlashgan (poliklinika bilan), mustaqil-birlashmagan kasalxonalarga bo‘linadi.
Har qanday tipdagi statsionar o‘zining funksional faoliyati bo‘yicha asosan 4 ta qismdan iborat bo‘ladi: rahbariyat, statsionar, poliklinika va ma’muriy-xo‘jalik bo‘limi. Har bir shifoxonaning guqorida keltirilgan qismlari o‘z navbatida bir necha bo‘limlardan iborat bo‘ladi.
Shahar kasalxonasi — aholiga yuqori malakali ixtisoslashgan statsionar (poliklinika) yordamini ko‘rsatishga mo‘ljallangan tibbiyot muassasasidir.
Shahar kasalxonasi (statsionar) quyidagi tarkibiy qismlarga ega bo‘ladi.

  1. Qabul bo‘limi.

  2. Profillashgan bo‘limlar (terapiya, jarroxlik, nevr ologiya, kardiologiya, pulmonologiya va h.k.).

  3. Yordamchi diognostika-davolash bo‘limlari (rentgen xonasi, laboratoriya, fiziterapiya, funktsional diognostika xonasi, dorixona va xokazo).

  4. Ma’muriy xo‘jalik bo‘limi (rahbariyat, oshxona, hisobxona, statistika xonasi, devonxona).

  5. Patologik anatomiya bo‘limi.

Kasalxonaning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • bemorlarga yuqori malakali ixtisoslshgan yordamni ko‘rsatish;

  • statsionar va poliklinika orasidagi izchillikni ta’minlash;

  • amaliyotga zamonaviy davolash-dignostika usullarini joriy etish;

  • ish faoliyatini tashkiliy shakl va usullarini takomillashtirish;

—profilaktik tadbirlar o‘tkazishda keng ko‘lamda ishtirok etish;

  • aholini dispanserizatsiya qilishda ishtirok etish;

  • aholi, bemorlar orasida sanitariya-maorif ishlarini olib boradi va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish;

  • aholining kasallanish va o‘lim sabablarini chuqur tahlil etadi va ularni kamaytirish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqish;

  • aholiga ko‘rsatilayotgan davolash-profilaktika yordamining sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish. Davolash - diagnostika, salomatlikni tiklash, profilaktik tadbirlarni o‘tkazishdan tashqari, kasalxona tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish bilan ham shyg‘ullanadi.

Agar shifoxona talabalarni o‘qitish uchun baza hisoblansa, u klinika hisoblanadi.
Hozirgi davrda zamonaviy kasalxonaning asosiy vazifasini (funktsiyasini) Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 4 guruhga ajratadi:

  • salomatlikni tiklash (diagnostika, kasalliklarni davolash, salomatlikni qayta tiklash va shoshilinch tibbiy yordam);

  • ko‘proq poliklinikalar bilan birlashgan shifoxonalarga tegishli bo‘lgan, profilaktik foaliyat (davolash-sog‘lomlashtirish faoliyati, yuqumli va surunkali kasalliklar profilaktikasi, nogironlikni oldini olish va h.k.) olib borish;

  • o‘quv tarbiya (tibbiyot xodimlarini tayyorlash, malakasini oshirish) ishlarini tashkil etish;

  • ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish.

Kasalxonalarni ko‘rishda quyidagi asosiy printsiplarga amal qilish kerak:

  • aholining ayrim guruhlarni (bolalar, ayollarning tug‘ruqqa bo‘lgan yordami, etakchi sanoat korxonalar), hamda ayrim kategoriyali (ruhiy, onkologik, sil kasaligiga chalingan va h.k.) bemorlarni to‘liq darajada va ustuvor tarzda shifoxonaga bo‘lgan ehtiyojini qondirish;

  • statsionar, kasalxonadan tashqari tibbiy yordamni rejali va proportsional rivojlantirish;

  • har bir hududning, tuman, shahar va viloyatning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda kasalxonalarni rivojlantirishga yondoshishi.

Shahar kasalxonasi ish faoliyatiga baho beruvchi ko’rsatkichlarga quydagailar kiradi.

  1. Kasalxonada yil davomida band bo’lgan o’rinlarning hisoblash ko’rsatkichi.

  2. Bemorlarni kasalxonada o’rtacha bo’lish muddatini aniqlash ko’rsatkichi.

  3. Kasalxonada o’rin almashinuvi ko’rsatkichini hisoblash.

  4. Letallik ko’rsatkichi.

5. Klinik va patologo-anatamik tashxislarni farqini aniqlash ko’rsatkichi.
Statsionarning asosiy xujjatlari.

  1. Шифохонадаги беморнинг тиббий картаси (Sh 003/h)

  2. Statsionardan chiquvchilar kartasi (Sh 066/h)

  3. Kasalxonaga yotishi yoki inkor qilish jurnali. (Sh 001/h)

  4. Bemorlar harakatini hisobga olish varaqasi (Sh 007/h)

  5. Патологоанатомик тадкикот баёни (Sh 013/h) va h.k.

Kasalxonani bosh vrach boshqaradi. U barcha davolash -
profilaktika, ma’muriy - xo‘jalik va moliyaviy ishlarga javobgar hisoblanadi. Bosh vrach bemorlarni o‘z vaqtida tekshirish, davolash, parvarish qilish, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish, kasallik tarixini to‘g‘ri yuritishni, kasalxonani tegishli tibbiy va xo‘jalik tovarlari bilan ta’minlashini tashkil etadi va nazorat qiladi. U muntazam ravishda kasalxonaning ko‘rsatkichlarini, iqtisodiy moliyaviy faoliyatini tahlil etadi. Dori - darmonlarni to‘g‘ri sarflanayotganligini nazorat qiladi, kasalxonaning sanitariya holatiga javobgar hisoblanadi, xodimlarni tanlash va joy - joyiga qo‘yish bilan shug‘ullanadi va boshqalar.
Bosh vrachning davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari - bosh vrachga birinchi yordamchi hisoblanadi. U kasalxona davolash - profilaktika va sanitariya - epidemiologik ishlarni boshqaradi va tibbiy yordamning sifatiga javob beradi. Tashxislash, davolash va bemorlarni parvarishlashning sifatini nazorat qiladi. Davolash - profilaktik tadbirlarning samaradorligini nazorat qiladi va har - bir o‘limning sababini tahlil etadi. Parhez ovqatlanish va jismoniy tarbiyani to‘g‘ri tashkil etishni ta’minlaydi, bemorlarga konsultativ yordamni tashkil etadi va boshqalar.
Kasalxonaga bemorlar bir necha yo‘llar orqali yotqizilishi mumkin: poliklinika yo‘llanmasi bilan, tez yordam orqali, bemorning bevosita murojaati, boshqa shifoxona yo‘lanmasi bilan.
Kasalxonaning asosiy bo‘limlaridan biri qabul bo‘limi hisoblanadi, qabul bo‘limi tarkibiga:

  1. Ro‘yxatxona

  2. Navbatchi vrach xonasi

  3. Tez va shoshilinch yordam ko‘rsatish xonasi

  4. Bemorlarni ko‘rish xonasi

  5. Sanitariya-gigiena xonasi (sanpropusnik) va boshqalar kiradi. Ko‘pgina yirik shahar shifoxonasi qabul bo‘limida terapevt, jarroh, nevropatolog, lor va boshqa vrachlar hamda ekspress laboratoriya uchun alohida xona ajratilgan bo‘ladi. Qabul bo‘limida tashxisi aniq bo‘lmagan bemorlar uchun ikki-uch o‘rinli xona bo‘lishi kerak.

Qabul bo‘limining asosiy vazifalari:

  1. Kasallarni qabul qilish.

  1. Kasallarni yotqazishni hal qilish.

  1. Tibbiy hujjatlarni to‘ldirish.

  2. Anamnez yig‘ish va birlamchi tashhis qo‘yish.

  3. Bo‘limlar bo‘yicha kasallarni taqsimlash.

  4. Bemorlar salomatligi to‘g‘risida ma’lumot berish.

  5. Kasalxonaga tushayotgan bemorlarni hisobga olish.

  6. Qabul bo‘limida kasallarga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatish va davolash.

  7. Kasallarni sanitariya-gigiena ko‘rigidan o‘tkazish.

  8. Kasalxonaga yotayotgan bemorlarning kiyimlarini va narsalarini sanitar tozalovdan o‘tkazish va ularni saqlash.

Qabul bo‘limining asosiy hujjatlari.

  1. Shifoxonaga qabul qilingan va birlamchi yordam ko‘rsatilib unga va boshqa shifoxonaga yuborilgan bemorlarni ro‘yxatga olish kitobi

  2. Ambulatoriya kasallarni qabul qilish jurnali kitobi.

  3. Statsionar bemorining kartasi.

Qabul bo‘limida bemor kasalxonaning tegishli bo‘limiga yotqiziladi. Kasalxona bo‘limlari - shifoxonaning asosiy strukturaviy qismi bo‘lib, u palatalardan va yordamchi bo‘limlardan (xonalardan) iborat. Palata va bo‘limni jihozlash uning profiliga bog‘liq. Bo‘limdagi shtatlar lavozimi, o‘rinlar soni, turi va shifoxonaning turiga bog‘liq.
Bo‘limni ishlariga bo‘lim mudiri rahbarlik qiladi va u ordinatorlarning ishlarini boshqaradi. Og‘ir kasallarni har bir tushayotgan, bo‘limdan chiqayotgan bemorlarni konsultatsiya qiladi. Kasallik tarixini yuritilishini tekshirish, davolash va xo‘jalik ishlarini olib borilishini nazorat qiladi. Patalogo-anatomik konferensiyalarda qatnashadi. Shu bilan birga bo‘limdagi hisob - kitob ishlarini ham olib boradi.
Qabul qilingan navbatchilik bo‘yicha 1 ta ordinatorga 20-25 ta o‘rin beriladi. Vrachlar va o‘rta tibbiyot xodimlari uchun 6 soatlik, kichik tibbiyot xodimlari uchun esa 7 soatlik ish kuni belgilangan.
O‘rta tibbiyot xodimlarining ish rejimi 2 va 3 smenali bo‘lishi mumkin. Eng qulay bu 3 smenali ish rejimi bo‘lib, ertalabki va kunduzgi paytda bo‘limda doimiy tarzda bitta hamshira bo‘lishini ta’minlaydi. Chunki bu davrda bo‘limda davolash-muolaja ishlari: asosan kasallarni ko‘rish, qabul qilish, ularni kasalxonadan chiqarish, vrach buyurtmalarini bajarish ishlari amalga oshiriladi.
Statsionardagi bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish 2 va 3 bosqichli bo‘lishi mumkin. 3 bosqichli xizmat turida bemorga tibbiy yordamni vrach, hamshira, sanitarka (farrosh) amalga oshiradi. 2 bosqichlida esa bemorga tibbiy yordamni bevosita vrach va hamshira ko‘rsatadi. Hozirgi davrda barcha joylarda 2 bosqichli xizmat ko‘rsatishga o‘tilgan.
Bemorni o‘z vaqtida sog‘lomlashtirishda statsionardagi davolash-muhofaza rejimining roli katta.
Bemorlarni kasalxonada yotib davolanish davrida optimal sharoit yaratish uchun amalga oshiriladigan barcha tadbirlarga davolash- muhofazalash rejimi deyiladi. Uning asosiy elementlari quyidagilardan iborat:

  1. Tashqi muhitning noqulay omillarini bartaraf etish yoki uni iloji boricha kamaytirish (shovqinni kamaytirish, yoqotish, palatalarni yahshi yoruglik bilan taminlash, devorlar sathini bemorlarni tinchlantiradigan boyoqlar bilan boyash, kasalxona territoriyasini kokalamzorlashtirish).

  2. Ogriqqa qarshi kurashbemorlarni operatsiyaga, homilador ayollarni tugishga ruhiy jihatdan tayyorlash.

  3. Fiziologik uyqu davrini chozish: bemorlarni tinchligi, hamda ruxsat etilgan jismoniy faolligi ortasidagi mutanosiblikni taminlash.

  4. Ichki tartibni saqlash va kasallarda sog‘ayib ketish i uchun ishonch ruhini uyg‘otish.

  5. Bemorlar bilan bo‘ladigan suhbatda, xodimlarning o‘zaro suhbatida etik va deontologik qoidalarga amal qilish.

Statsionarlarda amalga oshirilayotgan davolash - profilaktik ishlarning eng asosiy ko‘rsatkichlardan biri bu o‘rinlar sonidan oqilona samarali foydalanishdir. Chunki har bir bo‘sh o‘rin tibbiy yordam hajmini kamaytiribgina qolmay, balki juda katta iqtisodiy zarar ham keltiradi.
Shifoxonalardagi o‘rinlardan to‘liq foydalanish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:

  1. Barcha qabul qilingan bemorlarda yotish uchun to‘la tibbiy asos bo‘lish i kerak.

  2. Poliklinikada qilingan analiz sifatini oshirish va ularning statsionar shariotida takrorlanmasligini ta’minlash.

  3. Bemorlarga uyda yordam ko‘rsatish darajasini takomillashtirish

  4. Qariyalar va nogironlar uyi xizmatidan keng foydalanish.

  5. Qishloq joylardagi statsionarlarda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatning sifatini oshirish va ulardan keng foydalanish, chunki qishloq aholisining ma’lum bir qismi ko‘p hollarda asossiz ravishda shahar shifoxonalarida davolanish uchun yuboriladi.

Kasalxonada har - bir yotqizilgan bemorga “Statsioanar bemorining kartasi” qabul bo‘limida to‘ldirilib bemor bilan birgalikda bo‘limga yuboriladi. Bo‘limda vrach - ordinator uni to‘ldirib boradi. Statsionar bemorining kartasi muhim tibbiy hujjat hisoblanib, u bir necha muhim vazifalarni - funktsiyalarni bajaradi.

  • Karta katta amaliy ahamiyatga ega, u bemor haqidagi asosiy davolash tashhislash axborotlarni o‘zida mujassamlashtiradi, unda kasallikning kechishi dinamikada qayd etib boriladi.

  • Karta pedagogik ahamiyatga ega - talabalar, ordinatorlar, izlanuvchilar, tibbiyot hamshiralarini o‘qitish uchun tegishli bemor va kasallik tarixi haqidagi ma’lumotlarni olish mumkin.

  • Ushbu hujjat katta ilmiy ahamiyatga ega - ko‘pgina klinik - statistik tadqiqotlardagi xulosalar statsionar bemorining kartasidagi ma’lumotlarga asoslanadi.

  • Karta yuridik ahamiyatga ega - sud-tibbiyot ekspertizasi taqozo etilganda ushbu karta vrachni ayblash yoki himoya qilish uchun bosh hujjat bo‘lib xizmat qiladi.

Shuning uchun ham statsionar bemorining kartasidagi ma’lumotlarni jamlagan holda aniq va lo‘nda qilib bayon etish lozim. Bemor statsionardan chiqarilayotganda “Statsionar bemorining kartasi” bilan bo‘lim mudiri, davolash ishlari bo‘yicha bosh vrach o‘rinbosari yoki bosh vrach tanishib chiqqandan so‘ng, uni saqlash uchun muassasaning tibbiyot arxiviga yuboriladi. Bemor statsionardan chiqarilayotganda vrach ordinator - kasallikning kechishi, bemorning statsionardan chiqayotgandagi holatini epikriz - xulosa sifatida yozib, bo‘lim mudirining imzosi bilan bemorga topshiradi. Shu bilan birga har

  • har bir statsionardan chiqayotgan bemor uchun - “Statsionardan chiqayotgan bemor kartasi” to‘ldirilib - tibbiyot statistikasi xonasiga tahlil uchun topshiriladi.


Yüklə 29,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin