Gigiyenik nuqtai nazardan toza suv hayot manbai, salomatlik hisoblanadi. Suv
ovqat mahsulotlarini to’qimalarga tarqatishda, teri va nafas yo’llaridan bug’ holatida
chiqishi bilan ishtirok etadi. Suvni yoki chanqovni qondiruvchi ichimliklarni haddan
tashqari ko’p ichish zararli, chunki bunday holat yurak ishini, ajratish a’zolarining
faoliyatini oshirishga olib keladi. Bunda ognazmning teri satxidan ko’p miqdorda
suyuqlik ajraladi, bu bilan bir qatorda, ter bilan organizmdan suvda eriydigan
mobaynida, bolalarda esa 3-5 kun ichida barcha suv molekulalari yangilanib oladi.
Atrofdagi havo harorati baland bo’lib turganida 4-5 litrcha suv ter bilan birga teri orqali
chiqib ketadi, normal haroratda teri orqali 300-400 ml suv ajralib chiqadi. Tashqi muhit
harorati va ichilgan suyuqlik miqdoriga qarab, bir kecha-kunduzda buyrak orqali 0,5 l
dan 2,5 l gacha suv ajralib chiqadi. Yo’qotilgan suv miqdorining ortib borishi bilan
odam o’zini yomon xis qila boshlaydi. Organizm tarkibidagi 10% suvni yo’qotish
yuqori bo’lganda 15-20 % suvning organizmdan chiqib ketishi esa o’limga olib kelishi
mumkin. Dunyodagi barcha suvlar sho’r va chuchuk suvlarga bo’linadi. Sho’r suvlarga
okean, dengiz suvlari kiradi. Chuchuk suvlarga daryo, ko’l, suv ombori, kanal suvlari
kiradi. Suvlar joylashishiga ko’ra: 2 xil bo’ladi.
1. Ochiq suv havzalari- daryo, ko’l, suv ombori, kanal.
2. Yer osti suv havzalari - grunt suvlari, qatlamlararo bosimsiz suvlar,
qatlamlararo bosimli suvlar. Okean va dengiz suvlari sho’r bo’lganligi sababli, ular
ichishga yaroqsizdir. Gigiyenik jihatdan chuchuk suvlar ahamiyatlidir.
Ochiq suv manbalari. Ochiq ya’ni yuza suv havzalari suvi tarkibi jihatdan tez
o’zgaruvchanligi, unda mineral tuzlarning kamligi, ifloslanish darajasini yuqoriligi
bilan yer osti suvlaridan farq qiladi. Suv miqdori faslga qarab va meteorologik
sharoitlar ta’sirida yo ko’payib yoki kamayib turadi. Muz qatlamlarining ko’chishi,
yog’ingarchilik, sel kelishi va boshqa tabiat xodisalari suv ko’rsatkichlariga salbiy
ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ochiq suv havzalari insonning yashash faoliyati davomida
chiqindi suvlar, sanoat chiqindilari, sug’orilayotgan yer maydonlaridan chiqadigan
oqava suvlar va boshqalar bilan ifloslanadi. Keyingi yillarda oqava suvlarning ochiq
suvlarning suv havzalariga tushishi natijasida bir hujayrali suv o’tlari nixoyatda
ko’payib, suv qavatlari o’t bosayotgani guvoximiz. Suv omborlarida saqlanayotgan
suvning gullashi ularning organoleptik hususiyatlarini o’zgartirib yubormoqda.
Yuqorida zikr qilingan omillardan ma’lumki, bunday suvlarni to’g’ridan to’g’ri
iste’mol qilish mumkin yemas. Ularni faqat zararsiz holga keltirib, so’ng iste’mol
qilishga ruxsat yetiladi.
Daryolar yeng asosiy ochiq suv havzalari bo’lib, ular ma’lum darajada
ishlagandan so’ng aholi yextiyoji uchun ishlatiladi. Lekin, daryo suvlari tez
o’zgrganligi sababli ular tarkibida kimyoviy moddalar, mikroblar, gelmint tuxumlari
va boshqa moddalar bo’lishi mumkin. Daryo bo’ylarida kir yuvish, cho’milish, mol
boqish va oqav suvlarning ochiq suv havzalariga tushishi daryo suvining ifloslanishiga
sabab bo’ladi. Bular suvning tabiiy holatini buzib, ularning organoleptik
hususiyatlarini o’zgartirib yuboradi, natijada suvning rangi sariq, kulrang, ko’kimtir va
boshqa tusga kirib qoladi.
Ko’llar maydonining kengligi, katta-kichikligi, suvining xajmi, chuqurligi bilan
bir-biridan farq qiladi. Ko’llarning suvi asosan chuchuk bo’lib, ular daryolarning
quyilishidan paydo bo’ladi. Shuning uchun ularning tarkibi daryo suvlarinikiga
o’xshab ketadi. Ko’llarda suv harakati kam bo’lganligi uchun ular osilma moddalardan
holi bo’ladi. Suvining rangi tiniq, tashqi ko’rinishi ham ancha yaxshi bo’ladi. Ko’l
suvini ichishga tavsiya qilish mumkin, ammo buning uchun ko’lning chuqurligi
kamida 10 metr bo’lmog’i shart. Chuqur ko’llarda, masalan 10 metr chuqurlikdagi
ko’llarda mikroblar soni kam bo’ladi, harorat 10-12
0
C atrofida bo’lib, kimyoviy
"Science and Education" Scientific Journal
July 2021 / Volume 2 Issue 7
www.openscience.uz
179