Aholini toza ichimlik suv bilan ta’minlash



Yüklə 280,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix18.05.2022
ölçüsü280,87 Kb.
#58399
1   2   3   4   5   6   7
aholini-toza-ichimlik-suv-bilan-ta-minlash (1)

Koli-indeks - 1 litr suvdagi ichak tayoqchalarining soni. 

Koli-titr - 1 litr suvdagi 1 ta ichak tayoqchasiga to’g’ri keladigan toza suv miqdori. 

Umumiy mikroblar soni - 1 ml suvni endo muhitiga ekib, 24 soatga 37

0

 C haroratga 



termostatga qo’yilgach o’sib chiqqan mikrob koloniyalari soni. 

950-2011 raqamli Davlat standarti bo’yicha suvning organoleptik xossalariga ta’sir 

qiluvchi ko’rsatkichlar me’yori 

№ 

Ko’rsatkichlar 



Me’yori (mg/l) 

Vodorod ko’rsatkichi 



6,0-9,0 

Temir (Fe) 



0,3 

Suvning umumiy qattiqligi 



7,0mgekv/l 

Marganets (Mn) 



0,1 

Mis (Cu) 



1,0 

Qoldiq polifosfatlar (PO



3-

4



3,5 

Sulfatlar (SO



4

500,0 



Xloridlar (Cl

-1



350,0 



Quruq qoldiq 

1000,0 

10 


Rux (Zn) 

5,0 


Ichimlik suvining organoleptik xususiyatlari me’yori 

Organoleptik ko’rsatkichlar deb - odam o’z sezgi a’zolari bilan aniqlay oladigan 

ko’rsatkichlarga aytiladi. Odam xech qanday apparat va uskunalarsiz o’z sezgi a’zolari 

yordamida suvning xidini, ta’mini, rangini, loyqaligini aniqlashi mumkin.  

Suvning ta’mi va mazasi 5 balli shkala yordamida aniqlanadi:  

0 ball - sezilmaydi; 

1 ball - iste’molchi tomonidan aniqlanmaydi, lekin tajribali tekshiruvchi aniqlay 

oladi; 


2 ball - kuchiz; iste’molchiga aytilgan holdagina sezilishi mumkin

3 ball - sezilarli; iste’molchi aniqlay oladi va bu unga yoqimsiz bo’ladi; 

4 ball - yaqqol seziluvchi; darhol seziladi va suvni ichishga yaroqsiz qilib qo’yadi; 

5 ball - juda kuchli; suvni umuman ichib bo’lmaydi. 

№ 

Ko’rsatkichlar 



Me’yori 

20



C da suvning xidi 

2 ballgacha 

20



C da suvning mazasi 

2 ballgacha 

Suvning rangi 



20 

0

C gacha 



"Science and Education" Scientific Journal

July 2021 / Volume 2 Issue 7

www.openscience.uz

184



Suvning loyqaligi standart jadval bo’yicha  

1,5 mg/l gacha 

Umuman olganda, 950-2011 raqamli Davlat standarti «Ichimlik suvga gigiyenik 

talablar va suv sifatini nazorat qilish» to’g’risidagi hujjat sog’liqni saqlashning asosiy 

qonunlaridan biridir. 



Suv  havzalarini  ifloslantiruvchi  manbalar.  Suv  havzalarini  ifloslantiruvchi 

manbalar quyidagilar: 

- kanalizasiya suvlari; 

- sanoat korxonalarining chiqindi oqava suvlari; 

- yomg’ir, qor va daryo yaqinida joylashgan turar-joylarning oqava suvlari; 

- neft mahsulotlari tashuvchi kemalarning chiqindi suvlari; 

- daryolardan qum olish uchun uni tozalash; 

-  kanop  va  boshqa  o’simliklarni  ivitish  natijasida  paydo  bo’ladigan  chiqindi 

suvlar; 

- suvda suv o’simliklarini va xayvonlarni o’lishi; 

- yog’ochlarning oqizilishi; 

- shudgorlar va fermalarning oqava suvlari va boshqalar. 

Shuni qayd qilish kerakki, neft mahsulotlari, og’ir metallar, kislota va ishqorlar 

yeng xavfli mahsulotlardir. 

Shahar kanalizatsiya tarmoqlariga tushiriladigan chiqindi suvlarning yeng xavflisi 

sil  kasalliklari  shifoxonalarining  chiqindi  suvlaridir.  Jamoa  hammomlari,  kimyoviy 

tozalash fabrikasining chiqindi suvlari va ba’zi bir kommunal xo’jalik chiqindilarining 

shahar kanalizatsiya tarmoqlariga tushirilishi muhim ahamiyatga ega. Ammo tarkibida 

zaharli moddalari bo’lgan, havo, gaz chiqaruvchi , biologik tozalash inshootlariga zarar 

yetkazuvchi chiqindi suvlar shahar kanalizatsiya tarmoqlariga tashlanmaydi. 



Suv havzalarini o’z-o’zini tozalash jarayoni. Suv havzalari o’ziga xos xususiyatga 

ega bo’lib, unda vaqt-vaqti bilan o’z-o’zini tozalash jarayoni sodir bo’lib turadi. Bunda 

quyosh nuri ta’sirida organik moddalar parchalanib, mikroblar qirilib turadi. O’z-o’zini 

tozalash  jarayonida  bakteriyalar,  bir  hujayrali  xayvonlar,  mog’orlar,  suv  o’simliklar 

faol  qatnashadi.  Bu  jarayonda  ayniqsa  chiqindi  suvlarning  suyultirishi  katta 

ahamiyatga ega. Shuni aytib o’tish kerak-ki, suvning fizik va kimyoviy xususiyatlari, 

bakterial  ifloslanishi  va  boshqalar  ma’lum  vaqtda,  ma’lum  masofada  sekin-asta 

o’zgarib, o’zini-o’zi tozalash imkoniga ega bo’ladi. Agar chiqindi suvlar miqdori daryo 

suvidan  ko’p  bo’lsa,  suvdagi  kimyoviy  moddalar  konsentratsiyasi  normadan  oshib 

ketsa,  organik  moddalar  miqdori  ko’p  bo’lsa,  bakteriyalarning  soni  normadan  oshib 

ketsa, suv o’z-o’zini tozalay olmay qoladi. Suv iqlim sharoitiga qarab 2-6 kunda o’z 

holiga qaytishi mumkin. Ammo keyingi vaqtlarda daryo va kanal suvlarining, ayniqsa 

kichik  ariq  suvlarining  boshdan  oxirigacha  ifloslanishi  kuzatilmoqda.  Masalan, 

Toshkentdagi  Salor  suvi,  Farg’ona  vodiysidagi  Marg’ilonsoy,  Zarafshon  daryosi  va 

boshqalar  haddan  tashqari  ifloslanib  ketgan.  Suv  havzalaridagi  suvga  qo’shimcha 

"Science and Education" Scientific Journal

July 2021 / Volume 2 Issue 7

www.openscience.uz

185



ifloslik  tushmasa  24  soat  ichida  50%  atrofida  bakteriyalardan  o’zini  o’zi  tozalashi 

mumkin. 48 soatdan so’ng esa hammasi bo’lib 0,5% mikrob qoladi. Qish kunlarida esa 

suvning bakteriyalardan tozalanishi 150 soatda ham tugamaydi. Shu sababli chiqindi 

suvlar avval tozalash inshootlaridan o’tkazilib, so’ngra suv havzalariga tashlanadi. 

 


Yüklə 280,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin