Aholining takror barpo bo’lishida brutto koeffisenti


Demografik o‘tish va uning bosqichlari



Yüklə 296,91 Kb.
səhifə3/3
tarix01.12.2023
ölçüsü296,91 Kb.
#170194
1   2   3
Aholining takror barpo bo’lishida brutto koeffisenti

Demografik o‘tish va uning bosqichlari.

  • Demografik o‘tish va uning bosqichlari.
  • Demografik o‘tish deganda, aholi takror barpo bo‘lishining bir turidan ikkinchi turiga o‘tishi tushuniladi. Masalan, demografik jarayonlarning o‘zgarishi tufayli aholi kengaygan takror barpo bo‘lishdan oddiy yoki toraygan takror barpo bo‘lishga o‘tadi.

    Jamiyatning tarixiy rivojlanishi jarayonida aholining takror barpo bo‘lishida chuqur o‘zgarishlar yuz bergan. Masalan, ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda jamiyatda demografik jarayonlar – tug‘ilish, o‘lim va nikohni boshqarish jarayoni keng tarqalgan. Natijada taraqqiy etgan mamlakatlarda yuz bergani jtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar aholining demografik mayliga bevosita ta’sir etib, aholining farzandlar soniga bo‘lgan munosabati o‘zgardi, ya’ni ko‘p bolalik o‘rnini o‘rtacha bolalik, kam bolalik egallay boshladi.

    Aksariyat mamlakatlarda tug‘ilishning yuqori darajada saqlanib turishi, o‘limning esa keskin kamayishi aholi sonining yuqori sur’atda o‘sishiga olib keldi. Bu jarayon ilmiy adabiyotlarda “demografik portlash” deb nomlangan.Demografik portlash aholi takror barpo bo‘lishining me’yoridan ortishi, ya’ni tug‘ilishning yuqoriligi, o‘limning kamligi tufayli aholi mutloq sonining yuqori sur’atda o‘sish hamda aholining kengaygan takror barpo bo‘lish holatida vujudga keladi. Demografik portlash muammosi qator ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni (oziq-ovqat, ish bilan ta’minlash va h.k.) keltirib chiqaradi. Demografiya fanida aholi mutloq sonining kamayishi “depopulyasiya” deb nomlanadi. Rivojlangan mamlakatlarda yuz bergan bu demografik tanazzulni, eng avvalo, tug‘ilish jarayoni bilan bog‘lash mumkin. Aholi sonining kamayishiga ta’sir etuvchi navbatdagi omil o‘lim (chaqaloqlar, onalar va mehnatga layoqatli yoshdagi aholi, keksalar) darajasining ortishidir. Depopulyasiya jarayoni ishchi kuchi va mehnat salohiyatining qisqarishiga, buning oqibatida ishlab chiqarish va iqtisodiy faollikning kamayishiga hamda aholining keksayishiga olib keladi. Natijada iqtisodiy o‘sishning kamayishi kuzatiladi.


Yüklə 296,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin