Ahrorov Abdulaziz



Yüklə 0,62 Mb.
tarix03.02.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#82544
Ahrorov Abdulaziz Qishloq Xo\'jaligi Iqtisodiyoti

Ahrorov Abdulaziz

Qishloq xoʻjaligi korxonalarining daromadi va uning oshirishning yoʻllari

  • Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi boʻyicha katta salohiyatga ega. Mazkur soha — mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish, ish oʻrinlari va aholi daromadini koʻpaytirishda katta manbalardan biri hisoblanadi. Shu bois keyingi yillarda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan samarali foydalanish va ekinlardan olinadigan daromadni keskin koʻpaytirishga katta eʼtibor qaratilmoqda.
  • Qishloq va suv xoʻjaligi sohasida joriy yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlab oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida davlatimiz rahbari bu masalaga toʻxtalib, faqat bugunni yoki ertangi kunni oʻylab emas, balki uzoqni koʻzlab sohada amalga oshirilishi lozim boʻlgan dolzarb vazifalarni belgilab berdi. Bu borada ekinlarni har bir tumanning oʻziga xosligi, mahallalarda tarixan shakllangan dehqonchilik koʻnikmalari, suv taʼminotidan kelib chiqib joylashtirish mutlaqo toʻgʻri va nihoyatda oqilona qarordir.
  • Joriy yil 1-martdan boshlab, oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida bogʻ, tok va issiqxona uchun aholiga ajratiladigan kreditlar muddati 3 yildan 7 yilgacha, imtiyozli davri esa 1 yildan 3 yilgacha uzaytirilishi aholi bandligi va daromadini oshirishga tashlangan dadil qadamdir. Chunki lalmi va yaylov yerlarni foydalanishga kiritish orqali doimiy va mavsumiy ish oʻrinlari yaratilishi mumkin.
  • Yoshlar bandligi hal qilib boʻlmaydigan muammo emas. Ularga doimiy ish oʻrni yaratish, tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash, biznes bilan shugʻullanishga faol jalb qilish orqali bu muammoni bartaraf etsa boʻladi. Bunda ishsiz yigit-qizlarga 10 sotixdan 50 sotixgacha yer berilayotgani, yerlarni aholiga yaqin joydan ajratib, urugʻ, oʻgʻit va texnika taʼminotida koʻmaklashilayotgani allaqachon samara berayotganini koʻrib turibmiz.
  • Aytish mumkinki, bu tashabbusning respublika boʻylab keng quloch yoyayotgani yaqin orada kutilgan natija berishi aniq. Sababi bugun yer olgan yoshlarimiz ekin-tekin qilib, bozor uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish harakatida, belni mahkam bogʻlab mehnat qilmoqda. Asosiysi, yerning har bir qarichidan samarali foydalanib, yerga qadagan urugʻini mehr bilan parvarish qilyapti.
  • Videoselektor yigʻilishida joriy yilda qishloq xoʻjaligi korxonalarini 702 ming tonna urugʻ va 105 million tup koʻchat bilan taʼminlash zarurligi qayd etildi. Lekin, bu borada tizim yoʻlga qoʻyilmagani aholiga ham, eksportchilarga ham qiyinchilik tugʻdirmoqda. Navlarning sifati, mahsulotlarning yetilish muddati tashqi bozorlarda yetakchi oʻrinlarga chiqish imkonini bermayapti.
  • Endilikda Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti hamda uning ilmiy-tajriba stansiyalarida davlat-xususiy sheriklik asosida yuqori hosilli, eksportbop meva va uzum koʻchatlari yetishtirish yoʻlga qoʻyilayotgani mavjud muammolarga barham berishi muqarrar.
  • Har bir viloyatda kamida 100 gektar maydonda hududlarning tuproq-iqlim sharoitlariga mos intensiv koʻchatchilik xoʻjaliklari tashkil etilishi, mahalliy urugʻchilik xoʻjaliklaridan urugʻ va koʻchat sotib olinganda, bunga ketgan mablagʻning 20 foizigacha qismi toʻlab berilishi ham ayni muddao boʻldi.
  • Davlatimiz rahbari har doim vazifa qoʻyar ekan, avvalo, uning mablagʻini hal etib beradi. Bu gal ham xuddi shunday boʻldi. Agrar tarmoqni barqaror moliyaviy resurslar bilan taʼminlash uchun bu yil Qishloq xoʻjaligi jamgʻarmasiga 24 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltirilmoqda. Bunda, birinchi marta, sabzavot yetishtirishga Markaziy bankning asosiy stavkasida kreditlar berish uchun 300 milliard soʻm qoʻshimcha mablagʻ ajratish nazarda tutilyapti.
  • Hammamiz guvohmiz, bugungi murakkab va qaltis davr dunyo miqyosida agrar sohaning hal qiluvchi oʻrni va ahamiyatini yana bir bor yaqqol koʻrsatib bermoqda. Mavjud resurs va imkoniyatlardan oqilona foydalanib, aholini qishloq xoʻjalik mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlash, sohada yangi ish oʻrinlari yaratish, manfaatdorlikni yana-da oshirish, ilgʻor yondashuvlarni joriy etish eng muhim masalaga aylanmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish, fermer, klaster va kooperatsiyalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash masalasiga har doimgidan ham koʻproq ahamiyat berilayotir.
  • Qishloq xoʻjaligini faqat intensiv yoʻllar bilan, ilm-fan yutuqlarini keng joriy etish orqali rivojlantirish mumkinligini yaxshi bilamiz. Bu jarayonda olimlar, tajribali mutaxassislar bilan hamkorlik qilish yaxshi samara berishi aniq. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi oʻz saylovoldi platformasida qishloq xoʻjaligini ilm-fan yutuqlari asosida innovatsion rivojlantirishni muhim vazifalardan biri sifatida belgilab olgan. Biz bu yoʻlda olimlar, tadbirkorlar, fermerlar, klasterlarni qoʻllab quvvatlaymiz.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin