Aj «O’zlitineftegaz» korxonasi inson resurslarini boshqarish mexanizmi tahlili tarixi


-rasm - «O’ZLITINEFTGAZ» AJ xodimlar toyifalar bo'yicha taqsimlanishi 2021 yil holatiga



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə5/9
tarix16.09.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#144185
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Узлити

2.2.1-rasm - «O’ZLITINEFTGAZ» AJ xodimlar toyifalar bo'yicha taqsimlanishi 2021 yil holatiga.

Korxonada 447 nafar xodim ish faoliyatini yuritadi va ulardan obyektlarni loyihalash departamentida 38,25 foiz, geologiya va konlarni o'zlashtirish departamentida 19,68 foiz, neft va gazni tayyorlash va ilg'or qayta ishlash departmentida 10,74 foiz, iqtisod va moliya departamentida 6,71 foiz, umumiy masalalar bo'yicha 14,31 foiz va boshqaruv apparatida 10,31 foizni tashkil etadi. Departamentlar o’rtasidagi hodimlar soni hamda bo’limlar ichidagi guruhlar soni 2.2.1-rasm diagrammada keltirilgan. Yuqorida keltirilgan departamentlarda bir nechta bo’limlar va bo’limlar ichidagi guruhlar mavjud. Har bir departamentga o’rtacha 8 ta bo’lim bo’ysunadi. Departament vazifasidan kelib chiqgan holda, bo’limlar vazifalari bo’linadi. Har bir bo’limdagi guruhlar loyiha yo’nalishlari bo’yicha farq qiladi. Masalan, neft va gazni tayyorlash va ilg'or qayta ishlash departmentida asosan ilmiy ishlar bilan shug’ullanadilar. Loyihalardagi yangiliklar, yangi hisoblash uslub va usullar, loyihalarda uchraydigan muammolarga yangicha yechim, loyihalar amalaga oshirishdagi me’yoriy hujjatlar, qo’llanmalar, loyihaviy bashoratlar, tahlillar, standartlar va loyihaning qanchalar haqiqatga to’g’ri kelish kelmasligini ustida ishlaydilar. Ilmiy loyihalar katta muddatlarni o’z ichiga oladi. Sababi, har qanday ilmiy izlanish vaqt talab etadi.
Xodimlarning asosiy qismini 25 yoshdan 49 yoshgacha bo'lganlar xisoblanadi, bu umumiy xodimlarning 74,5 foizi bo’lib, yosh va tajribali kadrlarning optimal muvozanati hisoblanadi. Kompaniya xodimlarining o'rtacha yoshi 34 yoshni tashkil etdi. Chet el ba’zi manbaalarida keltirilgan tajriba natijalariga ko’ra, tashkilot, korxona va firmalarga ko’proq ayollar jamoasi sadoqat bilan xizmat qilishar ekan, erkaklar esa qo’nimsizroq harakatda bo’lishligini keltirib o’tishgan. «O’ZLITINEFTGAZ» AJ ayollar va erkaklar nisbati har xil bo’lib, 2.2.2- rasmda ko’rib turganimizdek, ba’zi departamentlarda nisbat yaqqol ortgani ko’zga tashlanadi.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin