«O’ZLITINEFTGAZ» AJ kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish sohasidagi vazifalari quyidagilardan iborat:
- ta'lim ehtiyojlarini aniqlash, o'qitish mablag'lari va byudjetini rejalashtirish, o'qitish samaradorligini tashkil etish va monitoringini o'z ichiga olgan o'quv tizimini ishlab chiqish va joriy etish;
- eng yaxshi xalqaro tajriba, bilim va mehnatni tashkil etishning eng yaxshi usullaridan foydalanish. kadrlarni tayyorlash va rivojlantirish jarayonida;
- xodimlarni ish samaradorligini oshirishga undash.
Xodimlarni o'qitish va rivojlantirish «O’ZLITINEFTGAZ» AJ quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
- tizimli - kasbiy tayyorgarlik va malakasini oshirish tizimining barcha elementlari unga bo'ysunishi kerak. strategik maqsadi;
- dinamizm va moslashuvchanlik - «O’ZLITINEFTGAZ» AJ maqsadlari va vazifalarini har qanday o'zgartirish o'quv maqsadlari, mavzulari, ustuvorliklari, usullari va shakllarining o'zgarishiga olib kelishi kerak;
- muntazamlik va uzluksizlik - ta'lim va rivojlanish tasodifiy emas, balki tizimli va puxta rejalashtirilgan bo'lishi kerak;
- samaradorlik - o'rganish va rivojlanish erishilgan natijalarni baholashning aniq va o'lchanadigan mezonlari bilan birga keladi;
- amaliy yo'nalish - o'qitish va rivojlantirish, birinchi navbatda, kasbiy bilim va ishbilarmonlik ko'nikmalarining o'sishiga yo'naltirilgan bo'lishi kerak;
- birgalikda javobgarlik - o'quv kursini o'tayotgan xodim, murabbiy (o'qituvchi), tegishli tarkibiy bo'linma va bo'lim boshlig'i kadrlar tayyorlash samaradorligi uchun birgalikda javobgardir.
2.2.4 – rasm «O’ZLITINEFTGAZ» AJ xodimlarini malakasini oshirish ko’rsatkichlari.
«O’ZLITINEFTGAZ» AJ kadrlar tayyorlash va ularning rivojlanishiga alohida e'tibor beradi. Korporativ o'qitishni rivojlantirish uchun Tashkilot Davlat boshqaruvi akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi,biznes maktabi hamda davlat ahamiyati darajasidagi o’quv maskanlari resurslaridan foydalanadi va kadrlarni birgalikda rivojlantirish uchun uzoq muddatli sheriklar bilan hamkorlik qiladi. An'anaviy individual mashg'ulotlarda emas, balki yuqorida keltirib o’tilgan o’quv maskanlari xodimlari tomonidan bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishga qaratilgan (6 -rasm). Rasmda ko’rinib turganidek 2019 yilda o’quv kurslari tinglovchilari ko’paygan davr bo’lib, bunga sabab yosh xodimlar ishga qabul qilinish ko’rsatkichi ortishidadir. 2020-2021 yillar hammamizga ma’lum bo’lib, ya’ni dunyoning barcha mamlakatlarida pandemiya e’lon qilingani, krizis va har xil urushlar barcha davlatlarning iqtisodiy hamda siyosiy holatiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Bunday qaltis vaziyatda esa, tashkilotda malaka oshirishda qatnashuvchi, tinglovchilar soni keskin qisqardi. 2019 yilda o’quv kurslariga 25,5 foiz xodimlar, Magstratura yo’nalishlariga 11,2 foiz, Boshqaruv bilimlarini oshirish uchun (rahbarlik lavozimida kamida 3 yil ishlagan, to’liq oliy ma’lumotga ega bo’lganlar uchun) 5,1 foizni tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkichlar 2020 yilga kelib 1,5 barobarga tushib ketgan. Nafaqat o’quv kurslar,balki, tashkilot hududida chet el korxonalari kelib treninglar o’tqazib berishadi. Bunga misol tariqasida, 2019 yilda dunyoga mashxur bo’lgan «SHELL» kompaniyasi tashkilotning ilmiy hodimlariga neftni qayta ishlashdagi chiqindiga chiquvchi qismini yana qayta ishlab mahsulot olishi to’g’risidagi treningi bunga misol bo’la oladi. Ushbu treningda Tashkilotning umumiy xodimlar soniga nisbatan 17,9 foiz (80 ta) kadrlar qatnashib, o’z bilim va ko’nikmalarini yanada oshirishga muvaffaq bo’lishdi. Qisqa muddatli o’qitish va qayta tayyorlash dasturlari 2020 yilda sezilarli darajada qisqargan bo’lsada, butkul to’htatilish bo’lmadi.