(oraga bir lahza jimlik cho`kadi).
(O`quvchilar ohista yurib , safga kelib qo`shiladilar).
1-o`quvchi:
Assalomu –alaykum, hurmatli tadbir ishtirokchilari !Aziz va muhtaram mehmonlar!
9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o`tkazilayotgan tadbirimizga xush kelibsiz!
Xotira o`zlikni anglash , o`tmishni doim yodda tutishga bot-bot da`vat etib turadigan muqaddas tuyg`udir.Inson o`zligini ana shu xotira va qadr tuyg`usi orqali chuqurroq anglaydi.
2- o`quvchi :
Inson,xalq,millat tarixiy xotira bilan tirik, barhayotdir.Ayniqsa, o`tganlarning xayrli ishlarini yodga olmoq, qadrlamoq biz uchun ham farz,ham qarzdir
3- o`quvchi :
9-may ilgarilari Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g`alaba sharafiga “G`laba kuni”sifatida nishonlanar edi.Mustaqillik yillarida bu bayram yurtboshimiz sharofati bilan “Xotira va qadrlash kuni” deb e`lon qilindi.
4- o`quvchi :
Biz millat, Vatan,istiqlol kabi so`zlarni hurmat bilan tilga olamiz.Ana shu tushuncha haqida so`z yuritganda ,fikrimizni beixtiyor xotira tuyg`usi band etadi.Inson xotirasi- muqaddas .Shuning uchun ham biz ajdodlarimizni esga olib, ezgu ishlarini yod etamiz .Agar xotira susaysa yoki yo`qolsa , ajdodlar bilan avlodlar o`rtasida uzilish yuz bersa , millat tanazzulga yuz turar ekan.
5- o`quvchi :
Muqaddas sanalgan tushunchalar aslida xotira bilan tirik .U nafaqat o`tmishni unutmaslik ,balki bugungi kunni va kelajakni yorqin tassavur etish ham demakdir .
Xotira insonni kelajakka teran ko`z bilan qarashga o`rgatadi.
6- o`quvchi :
Qadrlash esa oilamiz ustuni bo`lgan xonadonlarimizga fayz-u baraka bag`ishlab ,ishlarimizga oq fotiha tilab turgan nuroniylarimizning hurmatini joyiga qo`yishdir .Qolaversa,insonlarning bir-birlarini qadrlab yurishlari zamirida ham ulug` hikmat yashirin.
Yigit:
Butun insoniyat la`natlagan urush xotiralari ,tinchlikning naqadar aziz ne`mat ekanligi , uni ko`zqorqchig`iday asrash lozimligini doimo eslatib turadi.
Nafaqat 45-yillar , balki qatag`on yillaridagi vahshiyliklar ham odamlarni tinchlik uchun bong urushga da`vat etadi.
Qiz:
1937-1939-yillar Qatag`onning qora kunlari O`zbekistonda o`sha yillari manbalarda qayd etilishicha,43 mingdan ziyod kishi qamoqqa olindi.Ularning 6 ming 920nafari esa otib tashlandi.37ming nafari esa qamoq va surgunga mahkum etildi.
Dostları ilə paylaş: |